6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizim tipi Tabaqalashtirish asosi Farqlarni belgilash usuli
- Ijtimoiy tabaqalashtirish
Ijtimoiy stratifikatsiya – iyerarxiyaviy darajalashtirilgan ijtimoiy tengsizlik, shuningdek
individlar va guruhlarni ijtimoiy belgilarga ko’ra o’zaro teng bo’lmagan guruhlarga ajratish jarayoni va natijasi. (Ijtimoiy stratifikatsiya – jamiyatning tabaqalanishi). Stratifikatsiya tizimi ijtimoiy tabaqalanish xususiyati va uni qaror toptirish usulini nazarda tutadi. Tizim tipi Tabaqalashtirish asosi Farqlarni belgilash usuli Fizik-genetik Tabiiy belgilar: jins, yosh, jismoniy ko’rsatkichlar Jismoniy majburlov, odat Quldorlik Mulkdorlik va fuqarolik huquqlari Harbiy majburlov Tabaqalar tizimi Diniy va etnik mehnat taqsimoti Diniy rasm-rusumlar Qatlamlar tizimi Davlat oldidagi majburiyatlar Huquq Etakratik (davlat hokimiyati) Hokimiyat iyerarxiyasidagi darajalar Harbiy-siyosiy hukmronlik Mulk (ishlab chiqarish vositalari) Sinfiy hajmlari Bozorga oid ayirboshlash Ijtimoiy-kasbiy Kasb-kor va malaka Ta’lim sertifikatlari Madaniy-normativ Yashash uslubi Axloqiy tartibga solish va taqlid Madaniy-simvolik Sakral (diniy) bilimga egalik Manipulyatsiya qilish (diniy, texnokratik, mafkuraviy) 3.1 jadval Har bir jamiyat turli xil stratifikatsiya tizimlari va ularning bir-biriga o’tuvchi ko’rinishlarining murakkab birikmasi hisoblanadi. Jamiyatni qatlamlarga ajratish mezonlari ob’yektiv va sub’yektiv bo’ladi, shu bois ijtimoiy stratifikatsiyani ob’yektiv va sub’yektiv omillar – ob’yektiv ijtimoiy tabaqalashtirish va sub’yektiv ijtimoiy baholash yordamida tushuntirish mumkin. Ijtimoiy tabaqalashtirish – jamiyatni elementlarga ajratish, ijtimoiy organizmning tarkibiy qismlarini belgilash va ularning ixtisoslashuvi, yangi strukturalar, maqomlar va rollarning paydo bo’lishi. Bu atamani birinchi bo’lib G.Spenser funksional-ixtisoslashgan institutlar va mehnat taqsimotining paydo bo’lish jarayonini tavsiflash uchun kiritgan. E.Dyurkgeym ijtimoiy tabaqalashtirishni aholi zichligining o’sishi, shaxslararo va guruhlararo aloqalarning kuchayishi bilan bog’lagan. Ijtimoiy tabaqalashtirishga tarixiy misollar sifatida chorvachilikning dehqonchilikdan ajratilishini, keyinchalik esa – ulardan hunarmandchilik va savdo, so’ngra – fan, ta’lim, boshqaruvning ajralib chiqishini keltirish mumkin. Bugungi kunda tabaqalanish jamiyatni axborotlashtirish bilan uzviy bog’liq. Mazkur jarayon natijasida jamiyatda yangi ixtisosliklar paydo bo’lmoqda, eski kasb-korlar, faoliyat turlari mazmuni yangilanmoqda. Bu jarayonlar jamiyat ijtimoiy strukturasida, turli ijtimoiy guruhlarning maqomlari, manfaatlari, qadriyatlari, normalari, rollari, turmush tarzi va ko’nikmalarida ham o’zgarish yasamoqda. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling