6-Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati
Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash
Download 183.51 Kb.
|
sifat menejmenti 6b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
6.7. Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash
Olingan ishlab chiqarish va moliyaviy natijalar ko’p jihatdan ularning texnik iqtisodiy asoslash bosqichida qanchalik to’g’ri bashorat etilganligiga, ya’ni innovatsion loyihaning samaradorlik ko’rsatkichlari qanchalik haqiqatga yaqin ekanligiga bog’liq. Iqtisodiy samaradorlik hisobi, odatda, innovatsion loyihalar samaradorligining quyidagi turlari bo’yicha amalga oshiriladi: uning bevosita ishtirokchilari uchun loyixani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini inobatga oluvchi moliyaviy samaradorlik; loyihani amalga oshirilishining regional, mahalliy byudjetga moliyaviy ta’sirini hisobga oluvchi byudjet samaradorligi; loyihani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy harajatlarni va natijalarni hisobga oluvchi umumiqtisodiy samaradorlik. Dastur bo’yicha ishlarni amalga oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichni amalga oshirishga esa ma’lum vaqt hamda harajatlar talab qilinadi. Dastur samaradorligini hisoblashning murakkabligi, odatda, integral samara olish imkonini bermaydi, shuning uchun ham taxminiy hisob sifatida yillik samarani aniqlash bilan cheklanish mumkin. Tashkiliy sistemalar bo’yicha standartlashtirish dasturlarida to’xtaladigan bo’lsak, bunda ularni ishlab chiqish, so’ngra ishlatishda sistemalar samaradorligi bilan cheklanish 95 kerak. Misol uchun korxonada mahsulot sifatini boshqarishning kompleks sistemasi joriy etilayotgan bo’lsin. U holda ushbu maqsadlarga sarflanayotgan harajatlarning samaradorligini aniqlanish muammosi paydo bo’ladi. Uni joriy etish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin, u bir necha yillar davomida takomillashtirish, tuzatishlar kiritish bilan qo’llaniladi. Bunday holatda mana shu sistemaning ishlashidan olinayotgan samarani aniqlash masalasi yuzaga keladi. Xuddi shunday yondoshuv boshqa sistemalar, masalan, texnologik, konstruktorlik, ishlab chiqarishni tayyorlash, mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichlari uchun ham tegishlidir. Umumiqtisodiy samara bilan bir qatorda moliyaviy samara olish ham muhim element hisoblanadi. Korxonada bu sistemalar bevosita samarasiz harajatlarning qisqarishi, foydaning ko’payishi hisobiga samaradorligini oshirish manbasi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy samaraning ishonarli qiymatini olishning muhim sharti samaralarni variantlar bo’yicha taqqoslashdir. Buni amalga oshirish quyidagi parametrlar bo’yicha ta’minlanadi. - yanada sifatliroq mahsulot ishlab chiqarish orqali qondirilgan ehtiyojning hajmi bo’yicha; - qondirilgan ehtiyojning sohasi va diapazoni bo’yicha, shuningdek mahsulotni ishlatish sharoitlari bo’yicha; - vaqt omili bo’yicha; - mahsulotni ishlab chiqarish va iste’molning ijtimoiy oqibatlari bo’yicha; - mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatishda atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatiщ darajasi bo’yicha. Eng muhim holatlardan biri sifat bo’yicha qabul qilingan bazis hamda qabul qilingan variantlarni taqqoslashdir. Variantlarni sifat bo’yicha taqqoslash mumkinligi – u yoki bu variant foydasiga qaror qabul qilishning umumiy bahosidir. U qabul qilingan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi. Sifat darajasini belgilash baholanayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis mahsulotning sifat ko’rsatkichlari bilan taqqoslashga asoslangan. Nazorat uchun savollar 1.ISO 9004-87 Sifat sistemasining elementlari o’z ichiga nimalarni oladi? 2.Sifatni ta’minlash modeli deganda nimani tushunasiz? 3.Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirishning o’rni? 4.Ishlab chiqarishda iqtisod qilishni oshirishda standartlashtirishning ahamiyati? 5.Standartlashtirishning samaradorligi qanday baholanadi? 6.Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash va standartlarning o’zaro bog’liqlik printsipi nimani bildiradi? 7.Iqtisodiy samaraning aniq qiymatini olishning muhim sharti nimadan iborat? Download 183.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling