6-mavzu. Sterilizatsiya va dizinfekatsiya. Aerob miroorganizmlarning sof kulturasini ajratish uslubiy ko’rsatma Mavzuning dolzarbligi


Download 54.16 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2020
Hajmi54.16 Kb.
#113098
1   2
Bog'liq
3-Mashg'ulot (2)


Oziq moddalarning tashulishi

Bakterya oziqlanishiining asosiy mexanizmlari;

  1. Passiv diffuziya

  2. Yengilashtirilgan diffuziya

  3. Aktiv transport

  4. Kimyoviy guruhlarning tranlokatsiya

  5. Ion transport

Passiv diffuziyada moddalarning konsentratsiyasi ko’p joydan past joyda o’tishidir. Bunda moddalar bakterya hujayrasining ichiga yoki tashqarisiga tashilishi mumkin va energi sarfanmaydi.

Yengilashtirilgan diffuzya sitoplazmatik membranada joylashgan o’ziga xos oqsil-permana yordamida amalga oshadi,bunda ham energiya talab qilinmaydi. Ammo ko’p oziq moddalar metabolizm ionlar hujayrasiga aktiv transport orqali o’tadi. Bunda ham oqsil-permeara ishtirok etadi va yuqori darajada maxsulikka ega bo’lib faqat ma’lum bir substratlarni olib o’tadi, energiya talab qiladi.

Kimyoviy guruhlarning translokatsiyasida moddalarning kimyoviy guruhlari shaklida o’tadi. Alohida Noorganik ionlarning hujayra ichiga va tashqarisiga ion transport deb ataladi.

Oziq moddalarning tashilishi

Oziq moddalarning hujayraga singishi murakab jatayondir. Oddiy bir hujayralilar uchun golozoy oziqlanish tipi xos bo’lib, qattiq oziq zarachalarni eritib shimish orqali amalda oshiriladi, zamburug’lar o’simliklar uchun golofit oziqlanish tipi xos; Ular oziq moddalarni erigan holda shimish orali amalga oshiriladi Ammo bu farq unchalik ahamyatli emas, chunki ko’p soda organizmlar hujayralari o’simliklar singari oziq substratlarni erigan holatda yoki hujayra shirasi shaklida oladi. Ekzofermentlar yordamida tashqi muhida oziq modular eritib oladi va shimiladi. Diffuzya jarayonida erigan moddalar yuqori konsentratsali joydan bakterya hujayrasi ishidagi konsentratsiyasiga teng bo’lguncha aralashadi. Eritmalarning bakterya sitoplazmatik membranasi orqali konsentratsiyasi past joydan konsentatsiyasi baland joyga o’tish osmos natijasida amalga oshadi. Sitoplazmatik membrananing ichki va tashqi tomonidagi konsentrasiyaning siljishi vaosmotik kuchi ikki tomonga tasir etishi xilma-xil bo’lib hujayradagi va oziq moddalar miqdorining o’zgarishiga bog’liq. Oziqdagi erigan moddalarning hujayraga o’tishi sitoplazmatik membranadagi teshik (pora) orqali ham o’tadi. Sitoplazmatik membrana lipidlar va oqsilarning ma’lum darajada ketma-ket joylashishi natijasida hosil bo’lgan membranani zararlanuvchi qismlari membrananing yuzasida joylashgan.

Zararlangan qismlarida oqsil qavat so’rilib membrananing ichki va tashqi qismlarini bir-biriga oqsil zanjiri bilan ulaydi. Hujayra yuzasida joylashgan fermentlar yordamida bakterya hujayrasi modalarni bir-biridan farqlay oladi. Bu fermentlar tufayli sitoplazmatik membranada erimaydigan moddalar eriydigan holatda o’tadi. Bakteriya merabolizimida sitoplazmatik membrana muhimrol uynaydi. U har-xil moddalarni o’tishi uchun o’zining o’tkazuvchilik xususyatini tezda o’zgartirishi va hujayraga kiritishi parchalanishini, reaksiyalar borishiga tasir etishi kerak, bakteryalar oziqlanish jarayonida har-xil modda va ionlarda faol va sust o’tishi orqali farq qilinadi.

Moddalarning sust (passiv) o’tishi moddalar oqimi elektrokimyoviy notinsialar yoki konsentratsiyaga bo’liq holda harakatlanadi.

Moddalarning faol o’tishi hujayrada sodir bo’ladigan biologik nasos lipidagi energiya natijasida ro’y beradi. Birinchi novbatda, bialogik jarayonlarning boshqarishda unversial siklik nukliotidlar kaliy natriy kalsiy, magniy ionlarining har-xil zaryadi natijasida yuz berdi. Bazi mikroorganizmlar sitoplazmatik membranasidan oqsil ajratadi. Bu oqsilar amino kislotalar, shakar, glyukozalarni tashilishiga qatnashadi.

Pigmentlar

Ko’p mikroorganizmlarda o’z hayoti faolyati jaroyonida rangi, kimyoviy tarkibi eruvchanligi bilan farq qiluvchi piqmentlar sintez qiladi. Sarsinalar, sil mikrobakteriyalari, bazi aktinomisetlar yog’da eruvchi, karotinoitli pigmentlar hosil qiladi.

Bu pigmentlar ultra binafsha nurlardan himoya qiladi. Qat’iy anaerob bakterik niger va boshqalar suvda qora yoki jigar rang – melaninni sintez qiladi. Ba’zi serasiyalar prodigiozinga oid qizil rangli pirrol pigmentlar hosil qiladi.

Ko’k yiring hosil qiluvchi (psendomonas aeruginosa) bakteryasi suvda eruvchi fenozin pigmenti masalan piosianni sintez qiladi. Bunda oziq muhit neytral yoki ishqoriy PH bilan ko’k-yashil ranga bo’yaladi. Pigment rangiga qarab pigment hosil qiluvchi bakteryalarning idintifikatsiya qilishda foydalanadi.

Mikroorganizmlarning nur tarqatishi

Bakteryalarning nur tarqatishi oksidlanish jarayonida o’ziga xos energiya hosil bo’lishidir. Agar bakteryaga mo’lroq kislorod berilsa, uning nur tarqatishi ham nurliroq bo’ladi.

Nur tarqatuvchi bakteryalar chig’anoqlar tanasi mushkul orasida kiradi, ular kechasi qirg’oq bo’yida nur tarqatib turishi ham shundan. Bunda bakteryalar nur manbai bo’lib hisoblanadi. Ayrim baliqlarda nur tarqatuvchi bakteryalarni sinibiont sifatida ushlab oluvchi azolar paydo bo’gan. Eski to’nka va daraxt ildizida yashovchi zamburug’lar ham nur tarqatadi, shuning uchun kechasi yaltirab turadi.

Nur tarqatuvchi bakteryalar fotobakteryalar deb ataladi. Bularga fiziologik xususyatlariga ko’ra o’xshash,ammo morfologiyasi bilan farq qiladigan bir guruh gramonfiy bakteryalar;Kok,tayoqcha, bibrionlarvaspora hosil qilmaydigan aeroblar kiradi. Nur tarqatuvchi baktertalarning ko’pgina turi dengiz suvidan ajralib olingan bakteryalar baliqli gushtli va odiy muhitlarda yaxshi ko’paysa ham, dengiz faunalarini chiritmaydi va ularga yiring hosil qilmaydi.

Ko’pgina bakteryalar 15-18 C da yaxshi o’sadi va nur taratadi ayrimlari 30-37 C 3% li natriy xlorid ishtirokida ham nur taratadi. Faqat tirik organizmlar nur tarqatish xususyatiga ega.

Fnbobakterizim phoreum fotogen mikroblarning vakili bo’lib harakatsiz koksimon shakliga ega, jelatinni suyultiradi, 28 C haroratda ko’payadi 30 C yuqori temperaturada esa o’sishdan to’xtaydi. Odamlar kasalik o’zg’atuvchi patotgen bakteryalar orasida fotogen turlari aniqlanmagan.



Ho’shbo’y hid tarqatuvchi bakteryalar

Mikroorganizmlarning ayrimlari hayot faolyati davomida hiddi moddalar (sirka, etil, sirkaanil, efir va h. k) ni ajratadi. Vino, sut mahsulotlar, tuproq, xashaklar o’ziga xos hidga, bu esa ma’lum turdagi mikroblarning hayot faolyati bilan bog’liq hushbo’y hid taratuvchi bakteryalarga leuconostoc cremoris kiradi. Bakteriyaning bu turi sut sanoatida ishlatiladi sut mahsulotlari, jumladan saryog’ keferlarlarga hushbo’y hid beradi.

Mikroorganizmlarda xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’laniladi. Masalan ulardan energiya manbayi sifatida foydalaniladi. Achitqining maxsus turi seliksiya qilinib undan energiya sanoatda etil spirit olina boshlaydi. Mikroblar yordamida go’ng, o’simlik qoldiqlari, ruzg’or chiqindilari bijg’itib, ulardan metan gazi olish yo’lga quyilgan. Ko’p davlatlarda ushbu gazni oladigan maxsus uskunalar o’rnatilib, xonodonlarni isitish uchun foydalaniladi.

Maxsus suv o’ti va bakteryalarni chatishtirib olingan gidrid stomlardan okyan suvlaridagi ularni o’zlashtirib, to’plashi mumkin.

Mikroorganizmlarning ayrim turlaridan vitaminlar, fermentlar amilaza, laktoza, penisillinaza, proteza va boshqalar, amino kislotalar olinadi, shuningdek, sanoat korxonalarida hayvon va qushlar uchun oqsili ozuqalar ishlab chiqaradi. Patogen bakteryalar esa odam va hayvonlar uchun zararli bo’lgan toksinlarni ham ajratadi.

Bakteryalarning o’sihi va ko’payishi

Ko’payish- bakteryalar so’nining ma’lum hajmda ortib ketishi o’sish esa hujayra materiyalarining sintez qilinishi natijasida bakterya massasining kattalashishidir. Turli sinfdagi mikroblar har xil usul bilan ko’payadi. Masalan bakteryalar odiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi, buni vegitatif ko’payish ham deb ataladi. Bakteriyalarning bo’linishi turli tekislikda va har xil ko’rinishda (masalan, uzum shingili, zanjir, juft-juft, toq alohida va boshqalar sodir bo’ladi. Ular kurtaklanib bo’g’inchalaridan ipchalar uzilib va spora hosil qilib (mas, aktinomislar) ko’payadi.

Bakteryalarning ikkiga bo’linib ko’payish jarayonida DNK ham ikkiga bo’linadi, bunda vodorod bog’lari uzuladi va DNK ning ikkita ipi sintez qilinadi. Keyinchalik bir ipli DNK vodorod bog’I bilan birikadi va qaytadan ikki ipli DNK hosil bo’ladi, bu o’z navbatda bakteryaning irsiy axborotni salaydi. Yangi hosil bo’lgan ikki ipli DNK da bir ipi eski ikkinchisi esa yangi komplementlar in hisoblanadi.

DNK replikatsiyasining tezligi oziq muhitning nazoratiga bog’liq. Masalan, E soli DNK sining replikatsiya 37 C li oddiy muhitda 40 minutdan sodir bo’lsa, maxsus muhitda 20 minutda hujayra ikkiga bo’lingani bakteriya uch xil bo’linadi.

Hujayraning bo’linishi uning ajralishidan teaz bo’ladi; hujayralar sinxrom bo’linadi, bunda nukleotitning bo’linishi va ajralishi natijasida bir hujayrali organizm hosil bo’ladi; nu;leptid bo’linishi hujayralarning bo’linishidan oldin bo’lib, ko’p nukleotidli bakteryalar hosil bo’ladi.

Populyatsiyada bakteryalarning ko’payish tezlig’i har xil. U bakteryalarning turi kulturaning yoshi, oziq muhit, harorat, Co2 konsentratsiyasi va ko’pgina boshqa omilarga bog’liq. Bakterya hujayralari bo’lingandan so’ng hujayralararo bog’ saqlanib qolsa zanjir hosil bo’ladi. Sharsimon yoki tayoqchasimon bakteryalardan tashkil topgan zanjirga steptobakteryalar kiradi.

Ko’pchilik aktinomesetlar ipsimon hujayralarni fragmentlarga bo’lish, sharsimon tayoqchasimon shakli hujayralarni hosil qiladi.

Qati’y hujayra ichi parazitlari Rikketsiyalar va Xlamidiyalar bir xil yul bilan ko’paymaydi. Retetsiyalar bakteriyalar singari binary yo’li bilan ko’payadi. Xlamidiyalarda ma’lum bir rivojlanish sikli orqali bo’linadi. Elementlar tanachalar sezuvchi hujayra vakuol hujayrasiga o’tib vegitatif shakl – inisiya yoki regulyar tangachalar hosil qiladi. Bu tangachalar bo’linish xususyatiga ega. Bir necha bo’linishdan so’ng ular orali shaklar hosil qiladi, bulardan yangi avlod elementlar tanachalar hosil qiladi.

Vakuola devorining yoki xo’jayin hujayraning buzilishi natijasida elementar tanachalar tahsqariga chiqadi va barcha sikllar bashqa hujayrada takrorlanadi. Sikning davom etishi 40-48 soat.

Mikoplazmalarda kupayuvchi elementlar tanachalar sferik yoki tuxumsimon shaklda bo’lib kattaligi 130-220 nm. Bu tanachalar kurtaklanib yoki fragmentlarga bo’linib ko’payadi. Bazi mikoplazmalarda nisbatdan yirik sharsimon tanachalar hosil qiladi. So’ngra bu tanachalar kurtaklanib qiz hujayralarga aylanadi: mikoplazmalar ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ham ko’payishi mumkin.

Bakteryalarning suyuq va qattiq (zich) oziq muhitda ko’payishi. Bakterya populyatsiyasining rivojlanish fazalari.

Bakteriyalar boshqa prokariotlarga nisbatdan tez bo’linishi bilan tasvirlanadi. Bo’linish tezligi, ularning tur tarkibi oziq muhitning tarkibi, pH, harorat aerasiy va boshqa omilarga bog’liq. Bakteryalar qattiq oziq muhitda hujayralar yig’ilib to’plam hosil qiladi bunda to’plamni koloniya deb ataladi. Koloniyalarning tashqi tuzulishi o’ziga xos bo’lib, bu defferensiyal belgiga qarab bakteryalarning identifikatsiya (turini aniqlash) qilishda foydalanadi.

Har xil bakterya koloniyalari yuzasi o’lchamlari rangi, tiniqligi bilan farq qiladi. Lekin bu begilar kulturar sharoitda qarab o’zgarishi mumkin. Bakteryalar suyuq oziq muhitlarda oziq muhitning yuzasida bir tekis loyqalanib yoki cho’kma hosil qiluvchi parda hosil qiladi. Bakteryalarning ko’payishi vaqt generatsiyasi bilan yoki hujayralarning bo’linish davri bilan nelgilanadi. Generatsiyaning davom etishi bakteryaning turi, yoshi, populyatsiyasi, oziq muhitning tarkibi, harorat va boshqa omilarga bog’liq. Bakterya hujayrasining bo’linishiga ketgan vaqt ularning turiga qaqab har xil bo’ladi. Masalan ichak tayoqchasi 20 minutdan 14 soatgacha sil mikobakteryasi 18-24 soatda yoki 3-5 haftada koloniy hosil qialdi

Bakteryalarning suyuq oziq muhitlarda o’stirilishi ko’payishi muayan qonunyatlarda asoslangan (bosqichma-bosqich,to’xtovsiz va sinxron)

Ularning suyuq oziq muhitda o’stirilgandda populyatsiyaning o’sishi va asosida sodir bo’ladi. Bosqichma –bosqich ko’payishi asosiy 8 bosqichi rim raqami bilan belgilanadi. (Bakterya populyatsiyasi rivojlanish dinamikasi rasmda keltirilgan)



  1. Boshlqng’ich turg’un bosqich –bakteryani ekkan vaqtdan o’sishgacha bo’lgan muddat (1-2 soat davom etadi) Bunda bakteryalar soni deyarli o’zgarmaydi, qisman kamayishi mumkin.

  2. Ko’payishing to’xtab turgan bosqichi bu bosqichda kattalashish (o’sish) tezligi oshadi, lekin ko’payish tezligi past bo’ladi. 1 va 2 bosqichlari lag faza deb ataladi. Bu bosqich 2 soat davom etadi.

  3. Eksponensial logorifmik bosqich, bunda bakterya hujayrasining soni lagarifmik ravishda oshib boradi. Hujayralar juda yuqori tezlikda yani geometrik ravishda oshib boradi. Bu bosqichda bakteryalar biokimyoviy va bialogik jihatdan faol bo’ladi va 5-6 soat davom etadi.

  4. Bakteriyalar ko’payishining sekinlashish bosqichi, bunda bakteryalarning ko’payish tezligi hamda bo’linuvchi hujayralar soni kamayadi. Bu holatoziq muhit tarkibining o’zgarishi metabolizm mahsukotlarining ko’payishi va kislorodning kamayishi natijasida sodir bo’ladi. Bosqich 2 soat davom etadi.

  5. Maksimal turg’un bosqich, bunda yangi hosil bo’lgan bakteryalar soni o’lgan bakteryalar soniga teng bo’ladi. Bosqich 2 soat davom etadi.

  6. Bakteryalarning nobudbo’lish bosqichi, bunda bakteriya hujayrasining nobud bo’lishi tezlashadi. Bosqich 3 soat davom etadi.

  7. Logarifnink nobud bo’lish bosqichi-bakteriya hujayralari muayyan tezlikda nobud bo’ladi. Bosqich 5 soat davom etadi.

  8. Nobud bo’lish tezligining sekinlashish bosqichi, bunda hujayralarning nobud bo’lishi kamayadi,tirik qolgan bakteriya hujayralari tinch holatga o’tadi.

Mikrob populyatsiyasining suyuq oziq muhitda o’sish bosqich (faza) lari.

Shartli ravishda 4 fazaga ajratiladi.




1

2

3

4

1. Bosqich (lag) -1,

2. Eksponesial (abologarifmik) -2

3. Stasionar-3 (turg’un)

4. Otmiraniya-4 (o’lim)



Bakteriyalarning o’stirishning asosiy prinsiplari.

Mikroorganizmlar (hujayra ichi parazidlaridan – rukketsiylar, xlamidiylar, viruslar va sodda hayvonlardan tashqari ) sun’iy oziq muhitlarda o’sa oladi. U yoki bu turning o’ziga bo’lgan talabiga qarab oziq muhiti plastik va energetik metabolizm talabini qondira oladigan barcha kerakli moddalarni tutishi kerak. Mikroorganizmlarning har xil materiallardan ajratib olish o’stirishdan laboratoriya amalyotida mikrobiologik diagnostihada, ilmiy tadqiqot ishlariga, mikrobiologik vaksina antibiotklar ishlab chiqarishda va boshqa biologik moddalar ishlab chiqarishda foydalanib kelinmoqda.

Mikroorganizmlarning kulturasini, olish ularning hususyatlaridan kelib chiqan holda amalga oshirikadi. Ko’pchilik patogen mikroorganizmlar oziq muhitlarda 37 C haroratda 1-2 sutka davomida o’stiriladi. Ammo ba’zi birlari uzoqroq vaqtni talab qialdi. Masalan, ko’kyutal 2-3 sutkani, sil mikobakteryasi esa 3-4 haftada rivojlanadi. Aerob mikroblarning o’sish va rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida chuqur metoddan foydalaniladi. Bu metodda havo to’xtatmasdan almashtirib turiladi vaoziq muhit aralashtirib turiladi. Bu metoddan biotexnologiyada keng qo’llaniladi.

Anaeroblarni o’stirish uchun o’ziga xos metoddan foydalaniladi. Bu metodning mohiyati shundaki, havo so’rib olinadi yoki inert gazlar bilan almashtiriladigan semetik termostat – analrostatdan foydalaniladi. Anaeroblarning oziq muhitlarda o’stirishda oksidlanish-

Qaytarilish potensialini pasaytiruvchi moddalardan foydalaniladi (glyukoza, chumoli kislotasi, natriy va b. )

Miroorganizmlarning o’stirish

Oziq muhitlar shunday bo’lishi kerakki, ular oson o’zlashtirilishi, malum tarkibli atomli moddalar, uglevodlar, vitaminlar kerakli miqdorda tur, izotopik steril, bufer xossasiga ega bo’lishi, ontimal yopishqoqlikka va oksidanish-qaytarikish potensiyaliga ega bo’lishi kerak. Turning yuqori konsentratsiyasini talab qiluvchi mikroorganizmlar galofillar deb ataladi. Ular dengizlarda, okeanlarda, sho’r ko’larda taarqalgan. Bulardan bazilari odamlarga kasalik qo’zg’atadi (vibrio parahaemolyt cus va b. ) Mikrobiologiya tarixi davomida oziq muhitlar takomilashib bordi. Pastergacha bo’lgan davrda mikroorganizmlarning o’stirish uchun faqat damlama va qaynatmalardan foydalanilgan. L. Paster va K. Negeli amalyotda mikroblarni o’stirish uchun oqsilsiz muhitdan foydalanishni taqbiq qildilar. R. Kox va F. Leffler baketyalarning o’stirish uchun go’shtli suv pepton va natriy xloriddan foydalandi. Bu muhit 1-2% agar qo’shilgan peptonli agar (GPA) dan tayorlangan go’sh peptonli bulyoni (GPB) o’z ichiga oladi.

Agar- ba’zi suvo’tlaridan olingan qattiq tolasimon material hisoblanadi. U suvli eritmalarda quyuq gel (studen) hosil qiladi.

U 70-75 % polisaxarid, 2-3% oqsil va boshqa azotli moddalardan, 2-4% kuldan iborat. Agar qizdirilganda suvda yaxshi eriydi, uy sharoitida qotadi. Agar tarkibidagi yuqori molekulali moddaagorozo va asosan rangsiz kukun (poroshok) shaklida chiqariladi. Agar –agar oziq moddalarning qotirish bilan birga mikroorganizmlar fermentlari tasiriga chidamlilik hususyatiga ega. Shu sababli u yarim suyuq, qattiq va quruq oziq muhitlarni tayorlashda keng qo’laniladi. Hozir tabiiy agar yetishmaganligi uchun qattiq oziq muhitlarni tayorlash maqsadida sun’iy polimerdan foydalanilmoqda.

Oziq muhitda qo’yilgan talablar. Bakteriyalarning labarotoriya sharoitida o’stirish, ularning har xil hususyatlarini o’rganish uzoq muddat saqlash uchun oziq muhitlardan foydalaniladi. Ular mikroorganizmlar hayot faolyati, ko’payishi, rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratishi kerek. Birinchi novbatda mikroorganizmlar o’zlarining osilarini sintez qilishi uchun azot, uglerod, vodorodlarga ehtiyoj sezadilar. Vodorod va kislorod hujayra uchun suv yetkazib beradi.

Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar mol go’shti, baliq, go’sht-suyakli un roslin) shuningdek, oqsil gidrolizatlar, peptidlar peptonlar azot manbai bo’ladi va yana go’shtli o’rnini bosuvchi yo’ldosh, quyultilgan qon, achitqilardan ham foydalanish mumkin. Shunday qilib, muhit tarkibida oziq moddalar manbai va suv, osish omillari (B vitaminlari, fermentlar) bo’lishishart. Hayvon va o’simliklardan olinadigan oqsil ekstradlar, oqsil gidrolizatlar universial manba bo’lib xizmat qiladi. Murakab oziq muhitlarni talab qiluvchi mikroblar uchun oziq muhit tarkibiga – qon, zardob, asitik suyuqlik, tuxum sarig’i, jigar bo’lakchasi, buyrak, miya to’qimasi va boshqalar qo’shiladi. Muhit o’z tarkibiga temir mis, marganez, rux, kalsiy, natriy, kaliy ionlari noorganik fosfatlarni ham tutishi kerak.

Bakteriyalarning hayot faoliyatida oziq muhitning pH muhim ahamiyatga ega. Mikroorganizmlar har bir turi evolyutsiya jarayonida pH ma’lum chegarasida o’sishga moslashgan. pH fermentlarning faolligiga tasir etadi. Saprofitlar pH 2 dan 8,5 gacha, patogen bakteryalarning turlari pH 6-8 b’lgan sharoitda yaxshi o’sadi.

Oziq muhit ma’lum yopishqoqlik, zichlik, namlikka (20% gacha) ega bo’lishi kerak. Shuningdek, oziq muhit izotonik, tiniq va albatda stril bo’lishi kerak.

Oziq muhit qo’uilgan asosiy talablar.


  1. Tiniq bo’lishi

  2. Steril bo’lishi

  3. Yengil o’zlashtirishi

  4. Ma’lum tarkibli azotli, uglevodli, vitamonli moddalarga ega bo’lishi

  5. Izotonik

  6. Ma’lum yopishqoqlik va oksidlanish qaytarilishi balansiga ega bo’lishi kerak.

Asosiy oziq muhitlar

Mikroorganizmlarning ko’psonli talablardan kelib chiqan holda oziq muhitlar ham turli tuman bo’ladi, ma’lum bakterya turlar uchun maxsus muhitlar mavjud. Ularning bir qismini labarotoriya sharoitida ekishdan oldin tayorlanadi. Har yili yangi-yangi quruq oziq muhitlar zavodlarda tayorlanmoqda.

Bular mikrobiologiyaning eng kerakli talabini qoldirib kelmoqda. Bu oziq muhitlar uzoq muddat saqlanadi, standart tarkibiga ega.

Oziq muhitlar tabiiy va sun’iy muhitga bo’linadi. Tabiiy oziq muhit sifatida ivitilgan zardob, sut, tuxum, muskul to’qimasidan foydalaniladi.

Sun’iy oziq muhitlar har xil substratlarning aralashtirib hosil qilinadi, bu mikroorganizmlarning u yoki bu talabini qondiradi. Bundan asosan bakteriya, metabolizmining ba’zi jihatlarini o’rganish uchun ishlatiladi. Oziq muhitlar o’zining zichligiga ko’ra suyuq , yarim suyuq va qattiq muhitlarga bo’linadi. Yarimsuyuq va qattiq muhitlar 0,3-0,7 %, ko’pincha 1,5-2,0% agar qo’shib tayyorlanadi. Agar tolasimon bo’lib dengiz suv o’tlaridan olinadi. Tarkibi (70-75%) polisaxaridlar, ( 2-3%) oqsillarga asosiy qismi yuqori molekulali agoroza va agaropeptindan tashkil topgan. Qizdirilganda suvda eriydi , uy sharoitida qotadi. Bakteriya ishlab chiqariladigan fermentlarga chidamli. Bunday xususiyatlari uchun mikrobiologik amaliyotga keng qo’llaniladi. Qattiq oziq muhitlarni tayyorlash uchun jelatin (10-15%li), ivitilgan qon zardobidan ham foydalaniladi.

Bakteriologlarning ehtiyoj va talablariga ko’ra oziq muhitlar beshta asosiy guruhlarga bo’linadi:



Birinchi guruh- universal (oddiy) muhitlar.

Bularga go’sht peptonli bulyon (GPB) va go’sht peptonli agar (GPA) kiradi. O’zining oziq tarkibi bilan ko’pgina bakteriya turlarining ekish uchun yaroqli hisoblanadi.



Ikkinchi guruh-maxsus oziq muhitlar.

Bu muhitlar bakteriyalaroddiy oziq muhitlarda o’smaganda qo’llaniladi. Bularga qonli, zardobli agar, zardobli bulyon, assitik bulyon,assitik agar va boshqalar kiradi.



Uchinchi guruh- elektiv muhit.

Mikroorganizmlar ba’zi turlari bu muhitda boshqa turlarga nisbatan tezroq o’sadi va yetiladi. Masalan, 1% li ishqoriy peptonli suv muhitida vabo vibirionlari uchun, Ru va Leffler muhitlari difteriy(bo’g’ma) qo’zg’atuvchisi uchu elektiv bo’ladi.



To’rtinchi guruh- Selektiv muhit.

Ma’lum komponentlar ( safro o’t), bo’yoqlar, antibiotiklar va boshqalar) qo’shilganda faqat ba’zi mikroorganizm turlari rivojlanadi boshqa turlarga ta’sir qilmaydi. Myuller muhiti tif- paratif bakteriyalar uchun , furazolit- tiqinli agar korina bakteriyalar va mikrokoklar uchun selektiv hisoblanadi. Muhit tarkibiga antibiotiklar qo’shilganda zamburug’lar uchun selektiv bo’ladi ( Masalan, saburo muhiti va b).



Beshinchi guruh- differensial-diagnostik muhit.

Bu katta guruh bo’lib, mikroorganizmlarning biokimyoviy xususiyatlarini aniqlab differensatsiya qilishda foydalaniladi. Ular proteolotik (oqsil), peptolitik ( pipton), saxarolitik( shakar), gemolitik ( qon), lipolitik( yog’), reduksiya uchragan xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladi.

( Endo, Levin, Plaskirev, Gissa muhitlari)
Oziq muhitlarning klassifikatsiyasi

Oddiy Murakkab

Suyuq:peptonli suv(PS), Go’sht peptonli, Bulyon(GPB)

Qattiq: Go’sht peptonli safro (GPS), Go’sht peptonli agar (GPA) Maxsus: Shakar, GPA( 1rasm) GPB, zardobli,GPA, qonli GPA (2 rasm)assetir GPA boyitilgan, to’yintirilgan: selenitli GPB, Myuller, Kauffman, Kitt Tarossi muhitlari.

Elektiv: Ru, 1% ishqoriy P,S(peptonli suv)

Differensial-diagnostik: 1) Saxarolitik (shakarli) xususiyatini aniqlash uchun. Giss (5 rasm), Endo(2 rasm), Levin ( 4 rasm) Ploskirev(3 rasm).

2. Proteolitik(oqsil) xossasini aniqlash (ivitilgan zardob GPS( go’sht peptoli safro) ( 8-rasm), Muskul bo’lakchasi, tovuq tuxumi oqi)

3. Peptolitik xossasini aniqlash uchun (( GPB, PS( peptonli suv))

4. Gemolitik xossasini aniqlash uchun (qon. GPA)

5. Reduksiyaga uchragan xossasini aniqlash uchun ( Har xil bo’yoqlar qo’shilgan muhitlar)

GPA

Endo muhiti



Ploskirev muhiti

Levin muhiti

Gissa muhiti

Tuxum sarig’ining turli agari

Qonli GPA

Jelatinning suyultirilishi indolning namoyon bo’lishi testi chapda-kuzatilmagan harorat ( manfiy test); o’ngda- manfiy natija, Markazda-musbat test

Turli tuman differensial-diagnostik muhitlar tayyorlash asosida. mikroorganizmlarning biokimyoviy identifikatsiya qilish uchun mikrobiologik labaratoriyalarda tijorat maqsadida test-sistemalar topilib keng tadbiq qilinmoqda.

Bulardan birini bajarish uchun ular maxsus polistriol yoki planshetga qo’yiladi va suvi quritiladi. Bularga stafilokokklar, korinobakteriyalar, enterobakteriyalar, enterotest1va 2 , anaerob-mikroblarni identifikatsiya qilishda APE-20 tizimidan foydalaniladi.

PBD ( Biokimyoviy differensial plastina) deb ataluvchi Rossiya sistemasi enterobakteriyalarning identifikatsiya qilishda ishlatiladi. Ruche va boshqa test sistemalari ham yaxshi taassurot qoldirgan.

Bakteriyalarning biokimyoviy identifikatsiya qilishda foydalanilgan test-sistema.

Boshqa variantlarda xuddi shunday test-sistemalardan differensiatsiyalanuvchi substratlar qog’oz yoki polimerlarga so’rilishini (agsurbsiya) maqsad qilinadi.

Bulardan Auxtob, Minitek, Morlok, MICRO-2D sistemalar keng tarqalgan.

Bunday sistemalar foydalanishga qulay bo’lib, bir vaqtning o’zida mikrob belgilarining keng doirada tadbiq qiladi.

Har qanday mikrobiologik labaratoriyalarda doim tayyor holda bo’ladi.

Ular oddiy va qulay, ko’p bo’lmagan hajmda ekish materiyalini talab qiladi. Shuning uchun, labaratoriya idishlari kam sarflanadi. Olingan natijalarni kompyuter yordamida qo’gatuvchini turini tezda aniqlab beradi.

Oziq muhitlarni tayorlash har qanday oziq muhit tarkibida ko’pincha tabiiy hayvon yoki o’simlik mahsulotlari va kononetlari kitadi. Bularga go’sht, baliq, un, tuxum, sut, qon, achitqi, ekstrati, kartoshka va shunga o’xshagan maxsulotlar kiradi. Bulardan maxsus yarimtayor ekstrat damlama shakldagi mahsulot tayyorlanadi. Shuningdek fermentli va kislotali gidrolizatlar (go’shtli suv, achiqili ekstrat, tipik xottinger gidrolizati, pepton va b. ) ham tayorlanadi.

Bulardan tasgqari oziq muhitlarga noorganik tur (mikrob hujayrasining talabiga ko’ra) ham qo’shiladi. Odatda, natriy xlorid tuzi 5,0 g/l, kH2po4-0,2-05 g/l, MgSO4 7H2O boshqa turlar 0,001 g/l qo’shiladi, kerakli paytda oziq tarkibiga uglevodlar (shakar, ko’p atomli spirtlar) amino kislotalar 0,5-1,0% miqdorda yana vitaminlar (0,001 mg (ml gacha) qo’shiladi. Oziq muhitning qattiqligini taminlash maqsadida suv o’tlaridan agar-agar qo’shiladi. Ular qulay bo’lib bakteryalar uchun oziq bo’lib hisoblanmaydi va oziq muhitni qatiqligini taminlaydi. Jelatinning manbai kologenga boy substradlar hisoblanadi, ular orasida togay, pay, suyak, va boshqalar. Jelatinni ishlatib olingan gel 32-34 C eriydi va 28 C da qotadi. Ammo ko’p sonly mikroorganizmlar jelatinni eritish hususyatiga ega, shuning uchun bu oziq muhiti to’la qonli hisoblanmaydi. Ko’pincha bunday jenatinli muhitdan bakteriyalarning proteolitik hususiyatlarini aniqlashda foydalanadi.

Oziq muhitni tayorlash murakab dinamik jarayon bo’lib, bakteriologlarning diqatini jalb qiladi. Dastlab distirlangan suvga kerakli miqdorda quruq muhitida solinadi diqqat bilan yaxshilab aralashtiriladi ,qizdirib eritiladi. Albatda oziq muhitning pH ni belgilah kerak. Bu ionametr yoki indicator qoziq yordamida aniqlanadi, Bunda sterilizasiya qilinganda muhit reaksiyasi 0,20 ga pasayishini etiborga olish kerak, qaysiki agar paxtali dokali filtrdan issiq paytida o’tkazish kerak. Agar zarurat bo’lsa tovuq tuxumining oqi yoki zardob yordamida muhitni tindirish kerak.

Oziq muhit maxsus idishga, kolba, flakonlarga quyiladi og’zi paxta-doka probka (tiqin) li qog’oz qolpoqcha bilan berkitiladi. Oziq muhitning tarkibiga qarabhar xil tarkibiga stilizasiya qilinadi. Odatda, tarkibiga uglevidlar, jelatin tutuvchi muhitlar 112 C haroratda 15 minut yoki bo’g oqimida 100 C da sterizatsiya qilinadi.

Uglevodsiz muhitlarni abtoklovda 115-120 C da 20 minut davomida sterizatsiya qilish mumkin. Agar oziq muhit tarbiya haroratda chidamsiz tabiiy oziq, zardob, mochevina kabi komponomentlar bo’lsa ular bakterya filtirdan o’tkazib yoki tayyor stril muhit qo’shilganholatda sterilisatsiya qilinadi.

Muhitning sterillanganligini nazorat qilish uchun ularni 37 C da termastatda bir necha kun shamolatish kerek. Bazi oddiy oziq muhitlarni tayorlashni misol qilib keltiramiz. Go’shtli suv, go’shtli-peptonli agar (GPA) qonli, zardobli, astsitik suyuqlik qo’shilgan muhit Xottinger bo’yicha tipik qaynatma go’shtli suv. Tayorlash uchun yangi mol go’shtli ishlatiladi. Oldin go’shtni yog’ fasiya, pay va boshqadan tozalashtiradi, mayda qilib kesiladi, go’sh maydalagichdan o’tkaziladi. Olingan farsh 1:2 nisbatda suvga solinadi, aralashtirib salqin joyda bir kun saqlanadi. Olingan damlama 30-60 minut qaynatiladi. Qaynatish davomida ko’pigi olinib turiladi, kiyin esa damlab quyiladi. Suyuqlik farshdan ajratiladi filtr qog’oz yoki qalin matodan o’tkaziladi birlami hazmga yetguncha bodoprod suvi 1 atmosfera (120 C haroratda ) 30 minut davomida sterilizatsiya qilinadi.

Setil gushtli suv tiniq, sariqroq, flakon devoir va tubida ivigan oqsilli cho’kma hosil bo’ladi. Shuning uchun muhit ishlatishdan oldin yana filtirlanadi.

Muhitning faol reaksiyasi -6,2.

Go’sht peptonli bulyon(GPB)

GPB ni tayyorkash uchun go’shtli suvga 1% li pepton va 0,5 % li natriy xlorid, kerakli pH 20%li NaOH yordamida to’g’irlab doimiy ravishda aralashtirib 30-40 minut qaynatiladi.

Bulyon qog’oz yoki qalin filtrdan o’tkaziladi. , flakonlar, probirkalarga quyiladi, muhitning faol reaksiyasi tekshiriladi va 120* C haroratda 20minut davomida sterilizatsiya qilinadi.

Go’sht peptoli agar (GPB). Go’sht peptonli bulyonga mayda kesilgan(2-2,5%li ) agar-agar qo’shiladi.

Hosil bo’lgan aralashma eritilgan agar-agar qaynatiladi,filtrlnadi, kerakli pH belgilanadi va flakonlarga quyiladi. Sterilizatsiya 20minut davomida 120 *C haroratda qaynatiladi.

Qonli, zardobli va astsitir muhitlar

Odatda, bu muhitlar uzoq vaqt saqlanmaydi ularni ishlatishdan oldin tayyorlanadi. Eritilgan va 45-50 *C gacha eritilgan oziqli agarga steril sharooitda 5-10% fibrinsizlantirilgan qon yoki shuncha miqdorda qon zardobi yoki 25 % li astsit suyuqlik qo’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va tezda Petri kosachasiga, probirka yoki boshqa labaratoriya idishga quyiladi. Suyuq muhit tayyorlash uchun oziqli bulyonga yuqorida ko’rsatilgan miqdorda zardob yoki astsit suyuqlik qo’shiladi. (Zaroblida-5-10%li zardob yoki astsit agarda , 25% astsit suyuqlik qo’shiladi.



Xottinger bo’yicha tipik qaynatma

Bunday tayyorlangan bulyon boshqa go’shtli peptonli muhitlarga nisbatan tejamli bo’lib, bir marta tayyorlash uchun olingan go’shtdan bir necha marta ko’p bulyon olish mumkin. Bu muhitda ko’p miqdorda aminokislotalar saqlaydi, binobarin bu ularning buferligini oshiradi va faol reaksiya muhitining barqarorligini na’minlaydi. Qaynatma tayyorlash uchun 1kg paysiz, yog’siz go’shtni mayda bo’laklarga bo’linadi(1-2 sm) kastryulda solinib 2 hajm suv quyiladi, qaynatiladi. Go’sht tarkibidagi oqsil qaynab ezilib koadulyatsiyaga uchraydi. Uni suyuqliklardan ajratib olib go’sht maydalagichdan o’tkaziladi. Qolgan suyuqlikni pHi8,0qilib belgilanadi. Unga Farsh solinadi. 40*C gacha sovitiladi, keyin 10% li( suyuqlik hajmida) oshqozon osti bezi solinadi.

Oshqozon ostibezi quyidagicha nayyorlanadi. Oshqozon osti bezi no’qima va yog’dan tozalanadi, ikki marta go’sht maydalagichdan o’tkaziladi.

Oshqozon osti bezi o’rniga pankratinning quruq preparatini(0,5%) ham ishlatish mumkin. Hosil bo’lgan aralashmani yaxshilab aralashtiribpHini 7,8-80ga yetkazish kerak. 30 minutdan so’ng yana pH tekshirib ko’riladi. Agar muhitning faol reaksiyasi kislotali tomonga o’zgarmasa bu ularning fermentinisifatsiz ekanligini bildiradi.

Agar muhitning pH barqarorlashsa aralashma katta shisha idishni 1/3 holatda to’ldiriladi,3% xloroform solinadi,rezina probka(tiqin) bilan berkitilib suyuqlik tez-tez aralashtiriladi. Xloroformning bug’ining yig’ilganini chiqarib yuboriladi.

1-2yildan so’ng muhitning pHi yana tekshirilib 7,4-7,6 ga yetkaziladi, olingan aralashma xona haroratida 16 kun qoldiriladi. Dastlabki 3-4kun har kuni muhitni pHi tekshiriladi, flakonlar kamida 3 marta siltab aralashtirib turiladi.

Keyinchalikbu jarayonning takrorlamasa ham bo’ladi. Sikl tugashidan 1-2 kun oldin muhitni tebratib aralashtirishni to’xtatiladi. Agar sifatli mahsulot olinsa, suyuqlik tiniq somon rangli sariq holatdabo’ladi. Suyuqlik oson filtrlanadi, unda triptofanal mavjudligini bromli suv yordamida ( 3-4 ml filtrlangan suyuqlikka 3-4tomchi brom suviqo’shiladi) tekshiriladi. Triptofan ( 2,0-3,0 g/l gacha ) bo’lsa suyuqlik rangi pushti-binafsha rangga kiradi. Shuningdek, umumiy azot ( me’yorda11,0-12,0 g/l) naminli azot( 7,0-9,0 g/l) nam tekshiriladi. Gidrolizat qog’oz yoki matoli filtrdan o’tkaziladi, shisha idishlarga ( butilka) solinadi, 120*C haroratda 30 minut abtoklabda qo’yiladi. Bu holatdau uzoq muddatda saqlanadi.

Buni Xottinger bulyonini tayyorlash uchun ishlatiladi. Buning uchun 100-200 ml gidrolizatga 800-900 ml distillangan suv qo’shiladi, 0,5% natriy xlorid va 0,2% fosfornokislota natriy )qo’shiladi.

Muhit pH 7,4-7,6 ga yetkaziladi, flakonlarga solib 120*C haroratda 20 minut sterillanadi.

Xottinger gidrolizat asosida go’sht-peptonli agar tayyorlash odatdagi GPA tayyorlash kabi amalga oshiriladi.

Bugungi kunlardabakteriologlar sanoatda ishlab chiqarilgan standart quruq oziq muhitlardan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Bu muhitlar mikrobiologik tadqiqon natijalarini yaxshilab, standart holatga keltirmoqda.

Bakteriyalarning kulturasini olishda oqsilsiz muhitlardan foydalanilmoqda. Bu muhitlarda orhanotrof va ko’pgina pathogen bakteriyalar yaxshi o’sadi. Bu holatda ko’pgina komponentlar bo’ladi. Bakteriyalarning sintetik( sun’iy) oziq muhitlarda o’stirish orqali nishonlangan atomlar metodidan foydalanganda biosintez xususiyatlarini farqlab batafsil o’rganishga imkon beradi.

Prototrof va auksotrof bakteriyalarni farqlashuchun selektiv muhitlardan keng foydalaniladi.

Prototroflar faqat uglevod va mineral tur saqlanadi chunki ular kerakli metabolitlarni o’zlari sintez qila oladi. Auksotroflar esa muhitda kerakli aminokislotalar, vitaminlar va boshqamoddalarga ehtiyoj sezadilar.



Quyuq zich oziq muhitlarda bakteriyalarning har xil shaklli va o’lchamli koloniyasi-Mikroorganizmlarning bitta turiga mansubbir yoki bir necha hujayralarning ko’payishi natijasida hosil bo’lgan yig’indisini ko’rish mumkin.

Tayyorladi: Boltaev K. S.



Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling