6-mavzu. Sun’iy va sintetik charmlar ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari texnologik jarayonining asosiy ko‘rsatkichlari va ularni boshqarish


Download 38.53 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi38.53 Kb.
#1200450
Bog'liq
6-ma\'ruza 2022 2


6-MAVZU. SUN’IY VA SINTETIK CHARMLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI ASOSLARI TEXNOLOGIK JARAYONINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI VA ULARNI BOSHQARISH
REJA:
1. Sun’iy va sintetik charmlarni olish usullari.
2. Sun’iy va sintetik charmning turlari.
3. Sun’iy va sintetik charmlar asosiy sifat ko‘rsatkichlari

Sun’iy charm gazlama, noto‘qima materialtrikataj va sun’iy mo‘inaga polimer yoki gyulimerlar kompozitsiyasi qoplash yuli bilan olinadi. Sun’iy charm olishning uch xil: bevosita, ko‘chirma va kolondrlash usullari mavjud


Bevosita usulda- asosga dispersiya yoki polimer eritmasi qoplanadi. Bu usul eng oddiy bo‘lib, keng qo‘llaniladi.
Ko‘chirma usulda- polimer qatlami avval xarakatlanib turadigan maxsus taglikka qoplanadi. keyin asosga biriktiriladi. Silliq bo‘rtma yoki bosma taglikdan foydalanib yuzasi har xilbo‘lgan sun’iy charm olish mumkin,
Kandarlash- usulda polimer asosga maxsus kolander yordamida ishqalash yoki dubleniya qilish yo‘li bilan qoplanadi.
Sun’iy charmlarni nomlashda pardozlash uchun foydalanilgan polimer nomining qisqartirmalardan foidalaniladi ya’ni charmning turigako‘ra poliinnilxloridli charmni -vinil. Kauchukli charmni- elasta. nitrotselilozali charmni- nitro poliamidli charmni -amil poliefiruretanli charmni- uretan va x.k. Asosiga ko‘ra sun’iy charmlar
1.T- chitli
2.TR-trikotaj
3.NT- noto‘qima matolarga bo‘linadi.
Ishlanishi va boshqa xususiyatlari esa ya’ni poyafzal. Astarlik. kiyimlik. lakli, sovuqqa chidamlilik va x.k., ko‘rsatkichtlri aloxida ko’rsatiladi. Gohida standart atamaga maxsus yozuvlar "Yuftin". "Moldova. "Nistru" va h.k. nomlari ham keltiriladi. Masalan viniliskoja-Tpoyafza uchun g‘ovvakli monolit, amidiskoja-NT astarlik nitroiskoja-T okontovka uchun.Viniliskoja-TR kiyimlik "Voljanka" va h.k. Sun’iy charmlar ko‘pincha kup qavvtli material ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Uning asosi yoki qoplamasi xam kup kavvatli bo‘lishi mumkin.
Sun’iy charm asosi materialning mexanik xossalarini xarakterlaydi yani poyabzal ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini bajarish (chuzilish. shaklanishi va h.k.) va istemollik xususiyatlarini (bikirlik (gibnost uzoqqa chidamlilik. shaklni ushlab turish na h.k.) ta’minlaydi.
Sun’iy charm asosi uchun ishlatiladigan materiallarning asosiy kamchiligi ularniig anizatropligidir ya’ni cho‘ziluvchanligi va asos bo‘yicha uzayishi 10- 40 % ni tashkil qiladi. Bu esa charmga nisbatan bir necha barobar kamdir. Bu shu sun’iy charmlardan bichilgan detallarning shakillatirilishini qiyinlashtiradi hamda ko‘p marta bukilishlarga chidamliligini pasaytiradi Sun’iy charmlarping asosi sifatida trikotaj matolar ham qo‘llaniladi. Trikotaj asosli suniy charmlar yaxshi shakillanadi lekin bikirligi yuqori bo‘lganligi uchun berilgan shaklni ushlab turish xususiyati yaxshi emas. Bunday charmlardan qo‘lqop, sumka, kamar va etikning qo‘nji uchun ishlatiladi.
Oxirigi yillarda sanoatda sun’iy charm asosi sifatida noto‘qima materiallar keng qo‘llanida boshladi. Ular chitlarga nisbatan cho‘ziluvchanligi yaxshi narxi arzon va turlari xilma- xilligi bilan ajralib turadi Bular ishlab chiqarishda turli xil tabiiy, sintetik va suniy tolalar aralashmalaridan foydalanish mumkin. Bu esa materiallarning fizik-mexanik va gigienik xususiyatlarini uzgartirish imkoniyatini beradi. Sun’iy charm asosi sifatida elimlash, tikma-to‘quv va igna sanchish usullarila tayyorlashan noto‘qima materiallar qo’llaniladi. Ularning ichida eng afzali igna sanchish usulida tayyorlangan noto‘qima materiallar hisoblanadi. Elimlash usulla tayyorlangan noto‘qima materiallarnint gitienik xususiyatlari yaxshi emasligi uchun u asosida olingan sun’iy charmlar astarlik, hamda charm-attorlik buyumlari uchun ishlatiladi.
Tikma-to‘qima usulda tayyorlangan noto‘qima matollar esa usti tikilganligi natijasida qoplanganda charm yuzasida chokning izlari tushib qoladi, bu izlarni yo‘qotish uchun bir necha bor qoplashga to‘g‘ri keladi. Bu esa koplamaning sarfini oshirib yuboradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan asoslar ya’ni chit, trikotaj va noto‘qima matolarga charmga o‘xshash xususiyatlar berish uchun xar xil qoplamalar bilan ishlov beriladi. Bu qoplamalar materialning mustaxkamligini, plastikligini, ko‘p marta bukilishlarga chidamliligini oshiradi. Qoplama sifatida polimerlar ( tabiiy, sintetik kauchuk, polivinilxlorid, poliamd va h.k.) eritmasining suvli dispersiyasi va pastalari ishlatiladi. Bundan tashqari termoplastik polimerlarni issiqlik ta’sirda bosim ostida eritib asos yuzasini qoplash mumkin. Qoplama yuqori gigienik xususiyatga ega bo‘lishi, tashqi ko‘rinishi chiroyli, ko‘p marta bukilishlarga chidamli, suvga bardoshli, tikilishlarga chidamli bo‘lishi kerak.
Sun’iy charmlarni ishlab chiqish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.
1. Tolasimon asosni bo‘ktiruvchi va bezovchi kompozitsiyasiii tayyorlash
2. Asosni bo‘ktirish
3. Yuza qoplamasini qoplash va bezash.
Oldin sun’iy charmning turiga qarab bo‘ktiruvchi va qoplamaning aralashmasi tayyorlanadi. Kauchuklarni benzin va etilatsetat aralashmasida, poliamid suv va etil spirti aralashmasida plastifikator qo‘shib ishtiladi. Lateksli aralashmalar aralashtirgichlarda tayyorlanadi.
Sun’iy charm asosi tozalanib bo‘lingandan keyin maxsus suyuqlikka bo‘ktirilib qoplama rangiga bo‘yaladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi.
1. lyuk, bo‘ktiruvchi aralashma qo‘shish uchun
2- material
3- pichoq, materialdagi ortiqcha aralashmani olib tashlash uchun
4- yo‘naltiruvchi vallar
Bo‘ktirilgan material valiklarda siqilib quritiladi. Bu usulda materiallarning aralashmaga qanchalik bo‘kkanlik xususiyati. uning quyuqligi. konsentratsiyasi, temperaturasiga va vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Asos yuzasiga eritma -dispersiya yoki pasta xolatida pichoqli yoki valikli ramkalar yordamida suritiladi. Asosnish xususiyati yani, suyuqligi va quyuqligiga qarab xarakatlantiruvchi moslama sifatida rezilli lenta, metall plita va vallar ishlatiladi.
Sun’iy charm assortimenti turli tuman bo‘lib, fan texnika va kims sanoatining rivojlanishi natijasida tobora kengayib bormoqda
Poyabzal kirzasi. Bu uch qavatli material bo‘lib lateks qorishmasi yoki kauchuk suyukligi bilan shimdirilgan bo‘lib, etikni yuqori qismiga yarim etik.
xamda botinkalar uchun muljallangan. Kirzani kamchiliklarida nam ugkazuvchanlik, ko‘p marta bukilish va egilishlarga chidamliligi pastligidir. Uning o‘rtacha ishlatilish muddati 6-8 oy. Abzalligi esa tabiiy charmo‘rniga foylalanish natijasida charmlarning sarfini kamaytiradi, suv o‘gkazmayditurli xil mikroorganizmlar ta’siriga bardoshli, sovuqga chidamligi (-25°S) bilan ajralib turali.
SHargolin. 2 yoki 3 qavvatli kirzalarni yuzasini polivinilxlorid qorishmasi bilan qoplanadi va tisneniy qilish bilan pardozlanadi. SHargolin qora rangga ega bo‘lib. uning qalinligi kamida 1,1 mm bo‘ladi. ogirligi esa 1m2 i 900 gr ga teng. U yuqori chidamliligi. cho‘ziluvchanligi va yumshokligi bilan xarakaterlanadi. SHargolin bulg‘ori charmli etiklarning kunjiuchun ishlatiladi. SHargolindan tayyorlangan etiklarning o‘rtacha kiyish muddati 7-8 oy.
Vinilischarm T (yuftin)-maxsus mavut asosidagi sun’iy charm bo‘lib o‘ng tomonini pastasimon polivinil smolasi bilan qoplanib va tisnenie qilish orqali pardozlanadi. Bu charmlar qishgi bulgori poyabzali (etik qo‘nji) uchun ishlatiladi. Yuftin shargolin va poyafzal kirzasidan og‘irroq. Og‘irligi 1m2 ga 1400gr, qalinligi esa 2,4-3,0 mm ni tashkil qiladi. Material yuqori nam o’tkazmaslik xususiyatiga ega. G‘ovak poliefiruretan qoplamli sun’iy charm. (uretanli sun’iy charm) turli trikotaj yoki tukli gazlama (odatda velveton) asosli qilib ishlab chiqariladi. Bunday material ishlab chiqarish jarayonida polietilen plyonka qoplangan metall plitaga avval polimer massa qoplanadi, so‘ngra uning ustiga turli tomoni bilan asos (gazlama yoki trikotaj) qo‘yilgandan keyin katta bosimda va yuqori temperaturada presslab poliefiruretan qoplama bevosita asos ustida qotadi. Pardozlash jarayonida material o‘ngiga pardoz laklari sepiladi. Uretandi g‘ovvak sun’iy charm- engil, mayin. qayishqoq, gigenik xossalari ancha yuqori. tabini charm xossalariga yaqin material bo‘lib u bugni o‘tkazadi, suvni o’tkazmaydi sovuqqa-(40° S) gacha chidamli, lekin qoplamasi to‘zishga uncha chidamli emas 1m2 charmning og‘irligi 370-400 gr tashkil etib undan pal’to, kurtka, bosh kiyimni tikish uchun ishlatladi. Eng keng tarqalgan sun’iy uretanli charm bu-lakstrin bo‘lib o‘ngiga har xil pardoz berilgan velvetan asosli qilib ishlab chiqariladi.
Elaston - noto‘qima dublirin asosida ishlab chiqarib u govvakli polivinilxlorid yoki penopoliuretan bilan qoilangan bo‘ladi. Elastoning qalinligi 2,8-3.4 mm gl teng. U yuqori fizik-mexanik xususiyatlari bilan qayishqoqligi mustaxkamligi va oson shaklga kirishishi bilan farklanadi. Kamchiliklarga esa yuqori bo‘lmagan bug va suv o‘tkazishi, yuqori nam o‘tkazuvchanligi, issiq o‘gkazuvchanlik koeffinentining pastligi bilan ifodalanadi. SHuning uchun xam asosan qishki poyabzallari uchun ishlatiladi. Keyingi yillarda bizning vatanimizda hamda chet-elda "sintetik charmlar" ishlab chiqarish jarayoni yo’lga qo‘yilgan. Ularni noto‘qma material asosida sintetik tolalar bilan birga ishlab chiqariladi. Ba’zan asosni yupqa gazlama bilan kuchaytiriladi. Sintetik charmlarning tashqi ko‘rinishi va tuzilishi xuddi tabiiy charmlarga o‘xshash. Xuddi charmdek, uni o‘ngi silliq yuzasi hamda "o‘ng" qismi bo‘lib ishlab chiqariladi. Sintetik charmning gigienik xossalari xam tabiiy charmnikiga yaqin, ishqalanishga va ko‘p marotaba egilishga, sovuqqa chidamliligi yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Uni botinkalar, yarim botinkalarni yuqori qismi uchun ishlatiladi. Taxminan yuqori qismi uchun sintetik charmdan bo‘lgan poyabzalni ishlatish muddagi 4-5 oy.
Korfam-poliefir tolalardan iborat bo‘lgan noto‘qima asosli ko‘p qavatli material. Korfam silliq yuzali va pardoz berilgan "o‘ngi" zamshaga yoki velyurga o‘xshash qilib ishlab chiqariladi. Materialning ayrim turlarining yuzasi lak bilan qoplanadi. Korfam xuddi tabiiy charmga o‘xshab xavo va par o‘gkazadi. Namlikni astar tomonidan adsorbsiya qilib tashqariga chiqaradi. Shu bilan birga yuza qismidan ichki tomoniga suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Korfam ishqalanishga chidamli, tabiiy charmdan yengil va qalinligi maydoni bo‘yicha bir xilligi bilan ajralib turadi. Korfam ayollar poyafzali uchun 8 turda 70 xil rangda erkaklar poyafzali uchun 7 turda 15 xil rangda ishlab chiqariladi.
Klarino- sun’iy charimini Yaponiyaning "Kurashaki" kimyovi konserni tomonidan yaratilgan. Klorino noto‘qima asos va usti qoplamali qavvatdan iborat. Notukima mato turli yo‘nalishlarda bir biri bilan boglanib ketgan sintetik tolalardan tashkil topgan bo‘lib voylokga (kigiz) o‘xshaydi va u poliuretan ko‘pigi bilan mustaxkamlangan. Ustki qavvati g‘ovvakli poliuretap plenkasi bilan qonlangan.
Klorino juda ko‘p xususiyatlari tabiiy charmga o‘xshab ketadi.
Masalan: cho‘shlishi, issiqlik o‘tkazishi, ko‘p marta bukilishlarga chidamligi, elastikligi, xavo va bug‘ o‘tkazuvchanligi. Shu bilan birga klorino 30-50% ga engil, emirilish va edirilishlarga chidamliligi ikki marotaba kam. Klorino texnologik material, u ishlab chiqarish jarayonlari-tikish, chetlarini yupqalash, bukish, elimlash va x.k. larni bajarish mumkin.
Klorinoning asosiy kamchiligi qolipga tortishda cho‘zilish mustaxkamlik chegarasining kamligidir. Shuning uchun uni qolipga tortayotganda 80- 90°S temperaturada ishlov beriladi. Undan tanshari bu materialning qoplamasi issiklikka tasiri katta ya’ni uni 100° S temperaturada ushlab tursak yuza qatlami erib ketishi mumkin. Shuning uchun issiklik bilan ishlov berayottanda texnologik ko’rsatkichlarga e’tibor berish kerak.
Patara- klorinodan farqi tolasimon asos bilan yuza qoplamasi orasida mustaxkamlovchi to‘r joylashtirilgan. SHuning uchun materialning mustaxkamligi oshgan, nisbiy cho‘ziluvchanligi kamaytirilgan.
Astarli elastoischarm T- bu sun’iy charm ip-gazlama asosli bo’lib ikkala tomoniga sintetik, lateks yoki rezina aralashmasi bilan shimdiriladi. Sun’iy charmning gigienik xususiyatlari pastligi uchun arzon kundalik poyabzal uchun ishlatiladi.
Astarli vinilischarm T- tukli och rangdagi mato asosiga govvakli polivinilxlorid bilan qoplanadi. Uning o‘nggi maxsus moslamalarda pardozlanib charmga o’xshash ko‘rinish beriladi.
Astarli vinilischarm- yuqori gigroskopikligi (10%)va nam o’tkazuvchanligi (9%) va poyafzalning gigienik xususiyatlarni yaxshiligi bilan boshqa sun’iy charmlardan farq qiladi. U tabiiy charmga nisbatan ishqalanishga chidamliligi yuqori. Bu charmdan yozgi poyabzal tayyorlanadi.
Sintetik charm SK-4- bu sin’tetik charm noto‘qima mayu asosiga nitrilokrilli kauchuk va polivinilxlorid aralashmasiga shimdirib ishlab chiqariladi. Material g‘ovvakli tuzilishga ega, xamda bug o‘tkazuvchanlgii va cho’zilishga chidamliligi yuqori.
Download 38.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling