6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja
Aleksandr Fedorovich Ostrogradskiy (1853-1907)
Download 83.47 Kb.
|
6-mavzu Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fle-fayllar.org
Aleksandr Fedorovich Ostrogradskiy (1853-1907) Rossiyada XIX asrning 2-yarmida boshlangan karlarni o‘qitish tashkiliy-metodik tizimidagi o‘zgarishlarni nihoyasiga yetkazdi. O‘sha davrda o‘qituvchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligi bilan nom qozongan Aleksandrovskiy kadet korpusida ish boshlagan A.F. Ostrogradskiy 1885 yilda Peterburg karlar bilim yurtiga ishga o‘tdi. O‘sha davrda bilim yurti direktori V.D.Sipovskiy (1844-1895) bo‘lib, u A.F. Ostrogradskiy timsolida tashabbuskor va iste’dodli pedagogni ko‘ra bildi va uni bilim yurtining o‘quv bo‘limiga rahbarlikka o‘zining yordamchisi bo‘lishini istadi.
A.F. Ostrogradskiy karlarni rus tiliga, jumladan og‘zaki nutqqa o‘qitishning butun ahamiyatini juda tez tushunib yetdi. Biroq karlar bilan mashg‘ulotlar olib borish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagani sababli o‘sha davr an’anasiga ko‘ra karlarni tovush metodi yordamida o‘qitish bilan keng miqyosda tanishish uchun xorijga yuborildi. Vataniga qaytib kelgach, 1887 yilda A.F. Ostrogradskiy bilim yurtining tashkiliy-metodik ishlarini qayta qurish va o‘qituvchilarni tovushlarni qo‘yish metodikasiga o‘rgatishga kirishdi. V.D.Sipovskiyning talabiga ko‘ra A.F.Ostrogradskiy o‘qituvchilar uchun og‘zaki nutqqa o‘rgatish metodikasini - «Rukovodstvo k pervonachalnomu obucheniyu gluxonemix detey po zvukovomu sposobu» (Kar bolalarni tovushli usul bo‘yicha dastlabki o‘qitish bo‘yicha yo‘riqnoma, 1889) yaratdi. Tovushlarni bu metodda ishlash uchun bir turdagi talaffuz harakatlarini guruhlash maqsadida u rus tili tovushlarini jarangsiz va jarangli tovushlarga ajratdi, shuningdek, ularni talaffuz xususiyatlari va o‘rniga ko‘ra farqladi: old ustanovka (bunda lablar asosiy rol o‘ynaydi), o‘rta (til uchi, tishlar, tanglay) va orqa (tilning bir qismi va tanglay). Rus nutq tovushlarini o‘rganish «old ustanovkv», ya’ni bola ko‘radigan va his qiladigan tovushlardan boshlangan. Faqat «old» va «o‘rta» ustanovkalar, jarangsiz va jarangli tovushlarni o‘zlashtirgandan keyin A.F. Ostrogradskiy talaffuziga ko‘ra eng qiyin sanalgan «orqa ustanovka» tovushlarini o‘rgatishga o‘tardi. Bunda bolaning qo‘llari va ko‘zgudan yordamchi vosita sifatida foydalanilardi. Bu bilan bolada tovush holatini ko‘rib idrok qilish, nutq tovushlarini vibratsiyali va kinestetik his qilish tarbiyalanardi. Tovushlarni qo‘yish bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlashdan avval A.F. Ostrogradskiy nutq a’zolarini u yoki bu tovushni qo‘yishga tayyorlar, kinestetik hislarni va taqlidni karlarda tovush nutqini hosil qilishning zarur xususitlari sifatida rivojlantirar edi. Bu bosqichni u nutq tovushlarini o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichi deb nomladi. Tayyorgarlik davrida to tovushlarni qo‘yishning oxirigacha A.F. Ostrogradskiy "bu (qo‘yilayotgan) tovushda nima his qilinadi, bu tovushni chifarishda nima ko‘rinadi" degan didaktik qoidadan foydalanishni taklif qilgan. Bolalarni A.F. Ostrogradskiy metodikasi bo‘yicha o‘qitish. odatda, "old ustanovka", ya’ni ko‘rinadigan va yaxshi his qilinadigan tovushlar guruhidan boshlangan. Karlarda nutq tovushlarini tug‘ri talaffuz qilishni shakllantiish uchun zarur bo‘lgan umumiy didaktik qoidalar sirasiga A.F. Ostrogradskiy o‘qituvchi tomonidan tovushlar va so‘zlar talaffuzining tabiiyligini kiritgan. O‘quvchi yozilgan so‘zni uning tovush tarkibini kinestetik o‘zlashtirmasdan va uni labdan o‘qishni o‘rganmasdan oldin ko‘rmasligi lozim edi. Pantomimaga yaqin imo-ishoralardan foydalanishga A.F. Ostrogradskiy faqat dastlabki o‘qitishning ikki yilida yo‘l qo‘yardi. Nutqqa o‘rgatishning ikkinchi-uchinchi yilida, imo-ishora o‘rnida so‘z paydo bo‘lishi bilan, imo-ishoradan foydalanish ta’lim jarayonidan chiqarilardi. O‘qituvchi boladan, o‘zi maxsus o‘qitish jarayonida egallagan, og‘zaki nutqni qo‘llashni talab qilardi. Bu vaqtga kelib, bolalar atrofdagilar bilan muloqot qilish uchun yetarli lug‘atga ega bo‘lib ulgurardi. Tovush mimikasiga (u yoki bu tovushlarni ifodalash uchun belgilarga) keladigan bo‘lsak, A.F. Ostrogradskiy ulardan foydalanishga e’tiroz bildirardi, chunki u talaffuzning tabiiyligini buzar, bu uzilish tufayli bolada (karlar va bilim yurti o‘qituvchilaridan boshqalar uchun) anchagina tushunarsiz "tovush jargoni" yuzaga kelardi. Bu endi "sof og‘zaki metod" bo‘lib, u og‘zaki nutqqa keyinroq savod va yozuvga o‘rgatishni kiritish bilan o‘qitishning analitik tovush metodi bilan belgilangan. Bu metod o‘sha vaqtda Rossiyada va G‘arbiy Yevropa davlatlarida eshitadigan bolalarni savodga o‘rgatishning mavjud metodlariga juda o‘xshab ketardi. Biroq bu karlarni o‘qitishning dastlabki davridagi mashg‘ulotlarning, bir qarashda, qat’iy tizimi nutq tovushlarini o‘zlashtirishning fonetik ketma-ketligi va ulardan so‘z hosil qilishga talablarning qat’iyligi bilan belgilangan o‘z kamchiliklariga ega edi. O‘qitishning bu kabi usulida kar o‘quvchi rus tilining lug‘at tarkibi va uning grammatik qurilishi asoslarini o‘zlashtirishda sun’iy raishda to‘xtalib qolardi. A.F. Ostrogradskiy bu ziddiyatni ko‘ra bilmadi. Uning fikricha, o‘quvchi o‘z ongida tovushni mustahkamlab, qismdan butunga - tovushdan so‘zga, so‘zlardan gapga tomon borardi. A.F. Ostrogradskiy labdan o‘qishni mustaqil bo‘lim sifatida ajratmagan. Labdan o‘qishga o‘rgatish talaffuzga o‘rgatish bilan parallel ravishda olib borilgan. Talaffuzga va labdan o‘qishga o‘rgatish yo‘llari bir xil bo‘lib, bu nutqni idrok qilishning psixologik va fiziologik qonuniyatlariga mos kelmaydi. Shu sababli labdan o‘qish o‘qitishning bu davrida karlarni aqliy rivojlantirishning samarali vositasi sifatida xizmat qila olmasdi. Bu holatda A.F. Ostrogradskiy kar bolaning tovushli nutqni o‘qitishning dastlabki bosqichida alohida tovushlarni batafsil ishlamasdan oldin tushuna olish qobiliyatiga yetrlicha baho bermagan, xuddi yozma nutqning rus tili lug‘at tarkibini o‘zlashtirishdagi ahamiyatiga yetarlicha baho bera olmagani kabi. «Kar bolalarni tovushli usul bo‘yicha o‘qitish bo‘yicha yo‘riqnoma» dan keyin A.F. Ostrogradskiyning «Kniga po gramote» (Savodxonlik bo‘yicha kitob, 1901) asari chop qilindi, unda grammatik qoidalar va rus tilidan mantiqiy topshiriqlarni o‘zlashtirish muammosi bayon qilingan. «Savodxonlik bo‘yicha kitob»ning tarkibiy qismi anchagina keng, o‘quvchi turli lug‘aviy materialda grammatik oidalarni o‘zlashtirishiga oid bir turlagi mashqlarni bajarishi uchun mo‘ljallangan, lug‘atdan iborat edi. O‘quvchi u yoki bu grammatik qoidani o‘zlashtirganidan keyin u o‘qituvchidan o‘qish uchun materialni olardi. Savollardan va ular bo‘yicha javoblar tuzishdan keng foydalanish o‘quvchini "so‘z bilan o‘ylashga va sodda yoyiq gap strukturasini egallashga o‘rgatishi lozim edi. Bu o‘rinda taklif qilingan grammatika o‘itish metodi o‘zining ijobiy tomonlari bilan birga xatoliklarga ham ega edi. "Savodxonlik bo‘yicha kitob" eshitadigan bolalar uchun "O‘qish kitobi"dan murakkabroq edi. Unda xatto o‘quvchi faol lug‘at shakllantirishda foydalanishi uchun illyustratsiyalar ham yo‘q. Hammasi grammatik qoidalarni o‘zlashtirish va ularni og‘zaki nutqni rivojlantirish va o‘qish darslarida qo‘llash olish darajasiga bog‘liq bo‘lib qolgan. Illyustratsiyalar ovozli nutqda grammatik shakllarni qo‘llashga oid mashqlarning ayrim turlarini bajarishda ko‘rgazmali qurol sifatida xizmat qilgan. A.F. Ostrogradskiy Peterburg karlar bilim yurtida karlarni "sof og‘zaki metod" bo‘yicha o‘qitish borasidagi butun o‘quv-tarbiya ishining faol tashkilotchisi edi. gluxix po sisteme «chistiy ustniy metod». Mimik bo‘lim bilim yurtida tamomila tugatilgan edi. Bu bo‘limda o‘qigan o‘quvchilar Murzinkadagi kar-soqovlar vasiyligining maktab-ustaxonasiga o‘tkazilgan. A.F. Ostrogradskiy o‘quv ishlarini tashkil qilish va karlarni o‘qitish mazmunini 1872 yildagi Nizomga muvofiq eshitadigan bolalar uchun shahar bilim yurtlaridagi o‘qitish mazmuniga yaqinlashtirishga harakat qilgan. Uning rahbarligi ostida bilim yurtining 1900 yilda tasdiqlangan Ngi Ustavi ishlab chiqildi. Bu Ustavda belgilanishicha, bilim yurtida ta’lim oluvchilar faqat og‘zaki usul bo‘yicha o‘qitiladi. Qabul qilingan Ustavga muvofiq har bir (erkaklar va ayollar) bo‘limi uchtadan tayyorlov (6 yoshdan 9 yoshgacha) va oltitadan umumta’lim sinflaridan iborat bo‘lgan. Maxsus tayyorlov sinflarida uch yillik o‘qish kar bolaga bilim yurtining asosiy sinflariga o‘tish va ularda shahar bilim yurtlari dasturi bo‘yicha ta’lim olish imkonini bergan. Tayyorlov sinflarida kar o‘quvchilar nutq tovushlarini o‘rgangan, tovushli og‘zaki nutq texnikasini mustahkamlagan, lug‘at to‘palagan, rus tilining asosiy grammatik shakllarini amaliy o‘zlashtirgan, savod va xat, shuningdek sanoqni o‘rgangan. O‘sha dar maktabgacha muassasalarida qo‘llangan Frebel tizimi bo‘yicha o‘yinli mashg‘ulotlardan kar bolalar uchun tayyorlov sinflarida keng foydalanilgan. Bu sinflarda mashg‘ulotlarning dars tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Sinfdan tashqari vaqtda tayyorlov sinfi o‘quvchilari haftasiga o‘n soatgacha qo‘l mehnati bilan shug‘ullangan. Peterburg bilim yurtida o‘quv ishlarining bu kabi tashkil qilinishi tipik "sof og‘zaki metod" emas edi. Kar bolani umumiy va nutqiy rivojlantirish uchun A.F. Ostrogradskiy faqat uch yil ajratar, keyin esa, yuqorida aytilganidek, o‘quvchilar umumta’lim sinflariga o‘tkazilar, u yerda o‘qitish olti yillik shahar bilim yurtlari dasturlari bo‘yicha amalga oshirilardi. "Sof og‘zaki metod" belgilari o‘qitish vositasi sifatida og‘zaki nutqni shakllantirishga oid ishlar tizimigina edi. Asosiy sinflarda kar bolaning og‘zaki nutqi umumta’lim fanlari va rus tili tizimini chuqurlashtirib o‘rgatish hisobiga takomillashtirilgan a boyitilgan. Bunday tashqari A.F. Ostrogradskiy kar bolaning umumiy va nutqiy rivojlanishida o‘quvchilarning zavod, fabrika va turli ustaxonalarda bo‘lishi, uzoq muddatli ekskursiyalarni tashkil qilishga katta e’tibor qaratgan. A.F. Ostrogradskiy rus tilidan kitoblar bilan bir qatorda kar o‘quvchilar uchun «Rasskazi iz russkoy istorii so statyami o jizni pervobitnix lyudey» (Ibtidoiy odamlar hayotidan maqolalar bilan rus tarixidan hikoyalar) kitobini yaratganki, bu karlar uchun rus tarixidan birinchi maxsus darslik edi. A.F. Ostrogradskiy karlar uchun o‘qituvchilar tayyorlash masalalariga ham katta e’tibor bilan qaragan. Shu maqsadda 1897 yilda uning tomonidan Peterburg bilim yurti qoshida surdopedagoglar tayyorlash kurslari tashkil qilingan. Bu kurslar keng o‘quv rejasiga ega edi, biroq ularni tamomlagach, o‘qituvchilar hech qanday yuridik huquqqa ega bo‘lmasdi. Kurslarni tamomlagan murdopedagoglarning kam qismigina karlar uchun bilim yurtlaridan ish topishga muvaffaq bo‘lardi. Ko‘pchilik bitiruvchilar esa kar bolalar uchun uyda o‘qituvchi bo‘lib qolardi. A.F. Ostrogradskiyning faoliyati darsliklar nashr qilish, bilim yurti ichida va kurslarda pedagoglar tayyorlash bilan cheklanib qolmadi. U Rossiyada kar bolalarni o‘qitishning yagona tizimini o‘rnatish uchun surdopedagoglarni birlashtirishga harakat qildi. Shu maqsadda A.F. Ostrogradskiy 1898 yilda «Listok po obucheniyu gluxonemix po zvukovomu sposobu» (Kar-soqovlarni tovush usulida o‘rgatish bo‘yicha varaqa) jurnalini chop ettirdi. Jurnalning maqsadi karlarni o‘sha davr uchun yangi sanalgan tovushli metod asosida o‘qitishni targ‘ib qilish va surdopedagogikaning boshqa muammolari bilan tanishtirishdan iborat edi. Ammo jurnal atigi ikki yil faoliyat ko‘rsatdi xolos. 1900 yilda u kar-soqovlarga vasiylik Kengashi yurituvchiga o‘tkazildi va 1915 yilgacha «Vestnik Popechitelstva o gluxonemix» (Kar-soqovlarga vasiylik xabarnomasi) nomi bilan nashr qilinib keldi. A.F. Ostrogradskiy Rossiyada karlarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Uning kitoblari bo‘yicha karlarni nafaqat Peterburg bilim yurti, balki Rossiyaning boshqa bilim yurtlarida ham o‘qitishdi. Tovushli metod bo‘yicha karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish ularning keyinchalik rus tilini va boshqa umumta’lim fanlarini o‘rganishini osonlashtirardi. Og‘zaki nutq karlar bilim yurtida ta’limning asosiy vositasiga aylanib bordi. A.F. Ostrogradskiy ko‘rsatmalarining tarqalishi tufayli o‘qitishning dastlabki (boshlang‘ich) davrida tovushli metoddan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirib borildi. Keyingi tajribalarda A.F. Ostrogradskiyning dastlabkt o‘qitish metodik tizimining og‘zaki nutqqa o‘rgatishni labdan o‘qish va savod o‘rgatishdan ajratmalikdan iborat bo‘lgan asosiy kamchiligi ko‘zga tashlanib qoldi. U mazkur bo‘limlar o‘rtasidakar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga ko‘maklashadigan optimal nisbat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lmadi. A.F. Ostrogradskiy kar bolaning labdan o‘qish asosida o‘zi talaffuz qilishga o‘rganmagan nutqiy materialni qabul (idrok) qilish qobiliyatini to‘g‘ri baholay bilmadi. O‘qitishni savodxonlikka, tovushlarni qo‘yishga bo‘ysundirish karlarni o‘qitishning dastlabki bosqichida bilimlar doirasining cheklanishiga olib kelardi. Karlarni o‘qitish jarayoni sekin kechar, tabiiyki, ularning umumiy aqliy rivojlanishida kechikish kuzatilardi. Bu kechikish natijasida og‘zaki tovush nutqiga o‘rgana olmaydigan ayrim o‘quvchilar bilim yurtidan chetlatilardi ham. Bundan tashqari, tovushli nutqqa o‘rgatish bo‘yicha o‘z metodikasini yaratishda A.F. Ostrogradskiy, garchi Peterburg bilim yurtida o‘sha vaqtlarda qoldiqli eshitishni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilgan bo‘lsa ham, karlarda mavjud qoldiqli eshitishga yetarlicha e’tibor qaratmadi. Demak, karlarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaiyotining rivoji Rossiya pedagogikasi, maktabi va xalq ta’limida o‘sha davrda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan uzviy aloqadorlida kechdi. Xalq ta’limi umumiy tizimidagi o‘zgarishlar kar bolalarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazardi. Peterburg bilim yurtida 1865 yilda yangi Ustav (Nizom) qabul qilindi va ayrim tashkiliy hamda metodik o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Biroq bu va boshqa bilim yurtlarining faoliyat ko‘rsatishi asoslari xususiy-filantropik xarakterini saqlab qolaverdi. Karlar uchun yangi bilim yurtlarini tashkil qilish hamon shaxsiy tashabbus va ijtimoiy xomiylikka bog‘liq bo‘lib qolaverdi. Bu bilim yurtlarining ayrimlari Moskva va Peterburg karlar bilim yurtlari bitiruvchilarining tashabbusi bilan ochildi. Boshqa bilim yurtlari esa kar bolalarning qarindoshlari va yaqinlarining tashabbusi bilan tashkil qilinardi. XIXasrning 2-yarmida Rossiyada karlar uchun yangi bilim yurtlari ochildi. Shu bilan birga kar bolalarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishda davom etdi. Bu davrda I.Y. Seleznevva A.F. Ostrogradskiy tomonidan karlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha asarlar yaratildi. Ko‘zga ko‘ringan bu metodistlar karlarni dastlabki o‘qitish davrini karlar tomonidan rus tilini uning og‘zaki va yozma shakllarida o‘zlashtirilishiga bag‘ishlashni tavsiya qildi. bili sozdani trudi po metodike obucheniya gluxix. Rus tili va umumta’lim fanlariga o‘qitish hali-hamon, ayniqsa Moskva va Varshava bilim yurtida, shuningdek, kar o‘qituvchilar tomonidan tashkil qilingan bilim yurtlarida keng qo‘llanib kelgan “mimik metod” tizimi to‘liq barham topmagani bois sekinlik bilan kechardi. Biroq yangi metodika va tajribalar ta’sirida u tobora ikkinchi planga chekinib bordi. I.Y. Seleznev 70-yillarda imo-ishora nutqining karlarni o‘qitishdagi yordamchi vosita sifatidagi rolini qabul qilgan bo‘lsa, XIX asr oxirlarida Peterburg bilim yurtida ishlay boshlagan A.F. Ostrogradskiy undan faqat kar bola og‘zaki so‘zdan foydalanish ko‘nikma va malakasini egallaguniga qadar foydalanish mumkin, deb hisobladi. XIX asr oxiriga kelib, rus bilim yurtlarining ko‘pchiligida “sof og‘zaki metod” tizimi joriy qilingan edi. Biroq rossiyalik o‘qituvchilar undan faqat kar bolalarni o‘qitishning dastlabki bosqichida foydalanish mumkin, degan fikrda edilar. XIX asr oxirida karlarni ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlash maqsadini ko‘zlagan mehnat ta’limi o‘qitish-tarbiyalash jarayonining uzviy qismiga aylandi. Download 83.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling