6-Mavzu: Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Reja
Faraz asoslanganidan va uning hayotiyligi isbotlangandan so‘ng nazariyaga aylanadi
Download 42.3 Kb.
|
Ma\'ruza
Faraz asoslanganidan va uning hayotiyligi isbotlangandan so‘ng nazariyaga aylanadi. Tadqiqotchi o‘zi tanlab olgan farazga befarq bo‘lmaydi, albatta. Uni har tomonlama o‘rganadi, sinovdan o‘tkazadi, takomillashtiradi, kelajakda mehnati natijasiz ketmasligiga harakat qiladi. Shu sababli farazning dialektik jihatlariga e’tibomi qaratadi. Mantiqiy, ichki, tashqi holatlarini tahlil qiladi. Qarama-qarshi va o'zaro tafovutlarini aniqlaydi. Farazda mantiqiy ziddiyatlar bo‘Isa, bu faraz natijasiz bo‘lib, u rivojlanish qonuniyatlariga ega emas taqqoslanadigan ilmiy qarashlarga olib keladi. Eksperimental faktlar gipotetik bilimni falsifikatsiya qilish, uni inkor etishga qodir. Farazni о’rtaga qo‘yish, tajribaviy dalillarni tushuntirish imkonini beradi. Farazdan alohida xulosalar keltirib chiqariladi. Bu xulosalar esa tajriba natijalariga solishtiriladi. Ilmiy bilishning ushbu uslubi gipotetik-deduktiv usul deb ataladi. Gipotetik-deduktiv mushohada yuritish bilishning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. K.Poppeming fikricha, gipotetik bilim deduksiya normalari bilan tartibga solinadi. Deduksiya ilmiy yondashishga olib keladi va bu dalillar tajriba dalillariga solishtiriladi. Tajriba esa farazni va unga asoslangan gipotetik bilimni soxtalashtirishga, undan foydalanishning asosli ekanligini inkor etish yoki aksincha bo‘lishini tasdiqlashga qodir. Bilish jarayoni (epistemologiya)da gipotetik-deduktiv usul farazga, qonunlar, tamoyillar, nazariyalami aniqlashga olib boruvchi tushuntiruvchi takliflami asoslash uchun xizmat ham qiladi. Gipotetik- deduktiv uslub dalillash usuli sifatida ta’lim nazariyasi, evristika, dialektika, fikriy, eksperimental analiz, bo‘lg‘usi harakatlami bashorat qilish va shu kabilarda keng qoTlaniladi. Bilish jarayonining bunday holatlarida (ilmiy ijodda) tadqiqotchilar boshlang‘ich farazlardan iloji boricha ko‘proq deduktiv xulosalar chiqarishga harakat qiladilar va o‘zlarining keyingi harakatlarida shunga qarab tuzatish kiritadilar. Gipotetik-deduktiv usul tabiatshunoslikda ko‘pgina nazariyalaming tuzilishini o‘rganish uchun, ayniqsa samaralidir. Galiley, Nyutonlar klassik mexanikasining deyarli barcha metodologik asoslari gipotetik-deduktiv mushohadalar asosida qurilgan.
Download 42.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling