6-Mavzu: Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Reja


Faraz - bilish uchun ob’yekt va sub’yektning holati, rivojlanishi, voqelikdagi о‘mi haqida u yoki bu fikrning taxmin qilinishidir


Download 42.3 Kb.
bet3/4
Sana19.01.2023
Hajmi42.3 Kb.
#1100934
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza

Faraz - bilish uchun ob’yekt va sub’yektning holati, rivojlanishi, voqelikdagi о‘mi haqida u yoki bu fikrning taxmin qilinishidir. Faraz bilish jarayonida turlicha xususiyatlarini namoyish qiladi. Chunki, biror-bir narsa yoki hodisa haqida har xil fikrlami bildirish mumkin. Sababi, uning barcha holatlarini bir paytning o‘zida zamonda ham, makonda ham qamrab olish qiyin. Uning bo‘laklari haqida alohida-alohida fikr yuritish talab qilinadi. Binobarin, faraz ana shu alohida-alohidalikdan kelib chiqib turli holatlar haqida paydo bo‘ladi. Narsa yoki hodisalaming xususiyatiga qarab bir necha farazlar paydo bo‘ladi.
Faraz qilinishi umumiy bilim va dalillarga, narsa va hodisalaming rivojlanish qommiyatlariga zid kelmasligi lozim. Farazlar oddiy yoki murakkab jarayonlami qamrab olishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ko‘proq ob’yektiga nisbatan yaqinroq, uning ichki va tashqi xususiyatlaridan uzoqlashmasligi talab etiladi. Ushbu xususiyatlar hisobga olinganda narsa va hodisani tadqiq etishda farazning o‘mi ahamiyatli bo‘ladi. Shu jarayonda farazning hayotiyligi uchun zarur bo‘lgan holatlami hisobga olish kerak. Jumladan, faraz ma’lum ob’yektga mos tushadigan mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan holda fikr qilinishi; tadqiq qilinayotgan narsa yoki hodisaning ma’lum bir qismiga nisbatan farazlanishi; ilmiy, umuman bilish jarayoniga zid kelmasligi (haqiqatga); tekshirish yoki tafakkurlash jarayonida murakkab holatlardan xoli bo‘lishi; faraz qiluvchi ilmiy ijoddan xabardorligi, bashorat qilish, o‘z fikrlarini asoslash qobiliyatiga ega bo‘lishi kabilar.
Faraz taraqqiyotida ushbu ko‘rsatilgan xislatlar hisobga olinganda ijodiy faoliyat samarali bo‘ladi. O'z navbatida, mazkur ko‘rsatilgan jarayonlami hisobga olmaslik ilmiy ijod jarayonida chalkashlikka olib keladi. Tadqiqotuchun zararli bo‘lishi mumkin. Aniq faraz qilish uchun ob’yektivlik va sub’yektivlikning birlashishi yanada muvaffaqiyat keltiradi. Ular tavsifi mos tushgan holatda natija ko‘ngildagidek chiqishi mumkin. Barcha jarayonlarda bolgani singari farazda ham oddiylikdan murakkablikka, bilmaslikdan bilishlikka qarab borish, pastdan yuqoriga chiqish talab etiladi. Bu faraz uchun ham umumiy qoidadir.
Farazda asosiy xususiyat shundan iboratki, unda noma’lumdan ma’lumga, ehtimol tutilgan bilimdan haqiqiy bilimga, nisbiylikdan mutlaqlikka borish yo‘li hisobga olinadi. Ilmiy jarayonda faraz, ba’zida, tasawurga sig‘maydigan holatlami hisobga olib amalga oshirilmasa fan ham taraqqiy qilmaydi. Yangilik yaratilmaydi. Turg‘unlik yuz beradi. Farazda taxminiylik, ehtimollik, tasodifiylik, intuitsiya xususiyatlari mujassamlashsa, u yaxshi natija beradi. Tadqiq qilinayotgan narsa va hodisa haqida faqat bitta yoki ikkita faraz kifoya qilmaydi. Qachonki, shu narsa yoki hodisa haqida bir nechta faraz bo‘Isa, o‘zaro ziddiyatli fikrlar mavjud bo‘lsa, qarama- qarshiliklar paydo bo‘Isa, o‘shanda haqiqiy ijodiy muhit pay do bo‘ladi. Ilmiy bilish uchun sharoit yaratiladi. Bilimlar chegarasi kengayadi. 0‘zaro zid bo‘lgan ilmiy farazlami ijodiy tahlildan o‘tkazish, o‘xshashligini aniqlash, haqiqiyligini tekshirish aynan shu tadqiq ob’yektiga nisbatan muhim metodologik xulosani chiqarishga yordam beradi. 0‘z navbatida metodologik xulosa inson bilimini ob’yektiv ekanligini tasdiqlashga yordam beradi. Hodisalar, narsalar rivojlanishi haqida ob’yektiv bilim olishga ko‘maklashadi. Ma’lumki, olim yoki tadqiqotchining maqsadi farazning haqiqiyligini tekshirib berishdir. Tadqiqotchi buning uchun ma’lum malakaga, dalillarga, fikrlash xislatlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu xislatlarga ega bo‘lgandagina taqqoslash, g‘oyalami tushunib ilgari surish osonroq kechadi. Natijada yangi ijodiy imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Farazlar to‘xtab qolmaydi. Eskisi o‘miga yangisi paydo bo‘ladi. Shu tariqa fanning rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratiladi.
Farazlar ilmiy bilishda turlicha xususiyatlami bajarar ekan, ular bir- biridan farq qiladi. Farazlar ham falsafiy xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, har bir fanda xususiylik, umumiylik, eng umumiylik xislatlarini namoyonqiladi. Demak, fanda: a) xususiy farazlar, b) umumiy farazlar, v) falsafly farazlar bo‘lishi mumkin.
Farazlar qilish namoyon bo‘ladigan narsa va hodisalardagi o‘zining hajmi va tizimi, holatiga qarab ham farqlanadi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan faraz ob’yektlari, yirik ob’yektlar farazlari, o‘ta yirik faraz ob’yektlari, metagallaktika haqidagi farazlar va boshqalar. Bu ob’yektlar haqida tadqiqotchi faraz qilishi uchun, avvalo, u ma’lum tasawurga, bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, daladagi dehqondan metagallaktika haqida farazni talab qilish yoki bog‘cha bolasidan atom zarrasi haqida faraz qilishni talab qilish o‘rinsizdir. Xalqimizda «chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin» degan hikmat bejiz aytilmagan. Aks holda, aytilgan faraz mevasiz daraxtdir.
Farazlami faqat qanday makonda tutgan o‘miga qarab emas, balki vaqt nuqtai nazaridan ham yondashib o‘rtaga tashlash mumkin.
Ya’ni, tarixiy hodisalami o‘tmishga boglab faraz qilish; ma’lumotlarga ega bo‘lmagan holatlarda zamonaviy jarayonlarni hisobga olgan holda farazlar qilish; kelajak narsa va hodisalari haqida farazlar qilish va boshqalar.
Farazning ilmiy bilish va ilmiy ijoddagi turlicha xususiyatlari yana shunda ko'rinadiki, narsa va hodisalaming tuzilishi, amaliyotda o‘zini namoyon qilishi, qaysi tizimga mos kelishi jihatlarini ham qamrab oladi. Jumladan, narsa va hodisaning tuzilishi haqida; narsa va hodisalaming maqsad va vazifalari haqida; narsa va hodisalaming bo‘lak va xususiyatlari haqida; narsa va hodisalaming umumiy bog‘lanish va aloqadorliklari, munosabatlari haqidagi farazlar.
Shu bilan bir qatorda, narsa va hodisalaming mazmun va mohiyatini ochish maqsadida ham farazlar qilinadi: tavsifiy farazlar, tushuntiruvchi va tushuntiriluvchi farazlar, tizimli farazlar. Narsa va hodisalami bayon etish usuliga qarab ham, farazlar qilinadi: mazmun va mohiyatiga qarab; rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan, umuman rasmiylashtirilmagan; modelli farazlar; farazning yana bir xususiyati bu ilmiy ijodning o‘rniga qarab ham farqlanadi: badiiylikni rivojlantiradigan farazlar, texnikaviy sohalarni aks ettiradigan farazlar, ijtimoiy taraqqiyot farazlari va boshqalar. Demak, farazni evristik yoki turlicha xususiyatlarini hisobga olish insonning, ayniqsa, fanning ilmiylik darajasini oshiradi, olingan bilimlami mustahkamlaydi.
Farazlar nazariyalar tuzishda deduktiv va induktiv xususiyatlari bilan ko‘maklashadi. Inson olamdagi sir-asrorlami o‘rganar ekan, u bu jarayonda osonroq va qisqa yo‘l bilan borishni afzal ko‘radi. Shu sababli faraz orqali bilim ham hodisa yoki narsaga shunday yondashishni ma’qul ko‘radi. Natijada bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan farazlardan aniqroq, soddaroq, murakkab bo‘lmagan, kam xarajat qiladigan, zabt etishni yaqinroq qiladigan farazni tanlab oladi.
Download 42.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling