6-Mavzu: Tafakkur va til birinchi qismi
Download 10.86 Kb.
|
psychology 6
6-Mavzu: Tafakkur va til birinchi qismi Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T. atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). T. til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson T.i orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega. T. koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biol.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada T. voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham T. yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat T. sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan uzviy aloqadadir.Флекостил Tafakkur jarayonlari va turlari. Tafakkur jarayonlari (fikrlash) o‘ziga xos xususiyatlarga, qoidalarga bo‘ysunadi. Tafakkur ja-rayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o‘rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir. Analiz – ob’ektning muayyan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o‘rganilayotgan ob’ektni fikran bo‘laklarga, qismlarga, elementlarga bo‘lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu narsaning g‘oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayyan xususiyatlari ajratib olinadi. Sintez. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponetlarni birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o‘zaro bog‘liqdir. Takkoslash-narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko‘rish va ular orasidagi o‘xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintaz qilmasdan turib ular orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni topib bo‘lmaydi. Taqqoslash davosida narsalarni umumlashtirish amalga oshiriladi. Umumlashtirish o‘xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik buyicha kit baliq hisoblaanadi (yuzaki belgi) ikkinchi umumiylik asosida esa kit sutemizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida). Tafakkur turlari. Pisxologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifikatsiyasi tarqalgandir: 1)ko‘rgazmali harakat; 2) ko‘rgazmali obrazli; 3) mavxum (nazariy) taffakkur. Ko‘gazmali va obrazli - harakat tafakkurlari. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o‘z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar; keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Dastlab yerni qadamlab o‘lchaganlar, keyinchalik uning asosida geometriya fani shakllangan. Bu shuni anglatadiki, sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o‘zi birlamchidir. Bog‘chagacha yosh davrida bolada asosan ko‘rgazmali harakat tafakkuri ustun bo‘ladi. Hamma ish, «o‘ylash», bilish jarayoni harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Ko‘rgazmali – obrazli tafakkur. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur sod-da shaklda asosan bog‘cha yoshidagi bolalarda namoyon bo‘ladi. Ularda tafakkurning harakatli shakllari saqlanib qolsa ham, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzaga chiqmaydi. Endi bola narsa va hodisalarning bevosita idrok qilinmayotganligidagi obraziga suyanib fikr yuritadi. 150-guruh Xomidova Munisa Download 10.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling