6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi. Reja: Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri


Download 148 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi148 Kb.
#1471447
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 мавзу Бош хисоби лотин


6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi.
Reja:
1. Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri.
2. Tashkiliy faoliyatning boshqaruv hisobida foydalanadigan baholash va nazorat ma’lumotlari.
3. Korxonalarda xarajat markazlari javobgarligi va samaradorligini shakllantirish.
4. Tashkiliy faoliyat harajatlari tarkibi va taqsimlanishi.


1.Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri.
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarishre-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng ma’qul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarishsohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ishlab chikarish grafiginit buzilishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarishestetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va boshqa holatlarda namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etish iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, ishlab chiqarishning o’sishi xarajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-texnik darajasini ta’minlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni modernizasiyalash jarayoni, ishlab chiqarish bo’g’inlarini boshqarish va nazorat ishlari ham ishlab chiqarishni tashkil etishga kiradi. U mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim xarakterini oladi, pirovardida jamiyat iste’molining maksimal qoniqishlarini, ya’ni yetarli ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chiqarish bo’g’inlarining mutanosibligi va mahsulot ishlab chiqarishning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib, vaqtni minimal sarflash hisobiga ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining to’xtovsiz o’tishida aks etadi. Mutanosiblik ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish imkoniyatni beruvchi uchastkalarning o’zaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etishdir. Ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim ko’rinishlari ixtisoslashtirish, konsentrasiyalash va kombinasiyalashdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning tarkibiy tuzilishiga ko’ra, funksional (konsentrasiya, ixtisoslashtirish, kooperasiyalash va ishlab chiqarishni kombinasiyalash orqali yangi ishlab chiqarish tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, ishlab chiqarish uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy ishlab chiqarish majmualari darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish) va vaqtga ko’ra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo’lgan texnologik jarayonlarini o’z ichiga olgan) ko’rinishlari bor.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatiga ko’ra, potokli (ishlab chiqarishning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish o’rni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot ko’plab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon bo’ladi) va partiyalab, to’p-to’p qilib ishlab chiqarish(potokli va yakka tartibda mahsulot ishlab chiqarishni ham o’zida mujassam etadi) ko’rinishlari bor. Ishlab chiqarishni tashkil etishda ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jihatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda fan-texnika yutuqlaridan, investisiya va innovasion texnologiyalardan unumli foydalanish ishlab chiqarishning muhim vazifasiga aylangan.
Boshqaruv hisobini tashkil etilishiga ishlab chiqarishning tashqiliy shakllari: mulk shakli, xo’jalik yuritish shakli va boshqa tashkiliy shakllari ham ta’sir qiladi. Shu ta’sir qiladigan omillar hisobga olinib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi tashkil etiladi va yuritiladi.



Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling