6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi. Reja: Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri


Korxonalarda xarajat markazlari javobgarligi va samaradorligini shakllantirish


Download 148 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi148 Kb.
#1471447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 мавзу Бош хисоби лотин

3. Korxonalarda xarajat markazlari javobgarligi va samaradorligini shakllantirish.
Javobgarlik markazi korxona boshqaruv tizimining uzviy tarkibiy qismlaridan biri sanalib, har qanday tizim kabi, uning kirishi va chiqishi mavjud bo’ladi. Bu o’rinda kirish – bu xomashyo, materiallar, mehnat va turli xizmatlar uchun ketgan xarajatlardan iborat bo’ladi. Javobgarlik markazida chiqish – bu ishlab chiqilgan mahsulot, shu jumladan ko’rsatilgan xizmatlar hamda bajarilgan ishlar bo’lib, keyinchalik u boshqa javobgarlik markazlariga yo’naltiriladi, yoki korxonadan tashqariga chiqariladi (realizasiya qilinadi). Xuddi mana shu faoliyat olib borish shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda har bir javobgarlik markazining faoliyati uning samaradorligi nuqtai nazaridan baholanishi mumkin bo’ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiy ilmiy adabiyotlarda xarajatlarning yuzaga kelish nuqtalari borasidagi ilk ma’lumotlar o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab o’rganila boshlangan. Jumladan, P.S.Bezrukix ta’kidlashiga ko’ra, “... ishlab chiqarishga sarf qilingan xarajatlarni ular vujudga kelgan asosiy nuqtalar, ya’ni sexlar va boshqa turdagi tashkiliy tuzilmalar negizida, keyinchalik esa ularning ro’yxatga olish obyektlari, ya’ni fazalar, qayta taqsimlash jarayonlari va bosqichlar bo’yicha, shuningdek, kalkulyasiya obyektlari, ya’ni tovar, mahsulot tannarxi yoki olibsotish bahosini hisoblab chiqish jarayonlari bo’yicha belgilash maqsadga muvofiqdir”
V.B. Ivashkevich esa xarajatlarning vujudga kelish joylariga ishlab chiqarish sexlari, uchastkalar, bo’limlarni kiritadi, xarajat markazlariga esa – asbob-uskunalar guruhlari, mashinalar, ish joylarini kiritadi. Uning fikriga ko’ra, “ishlab chiqarish xarajatlari nuqtalarini mana shu xarajatlar vujudga keladigan ilk nuqtalar majmui sifatida baholash darkor”
S.A. Stukov ta’kidlashiga ko’ra, “xarajatlarni, ular vujudga keladigan nuqtalar, yoki xarajat markazlari negizida inobatga olish, shu bilan birga javobgarlik markazlari deb ham nomlanadi”
A.D.Trusovning ta’kidlashicha, “xarajatlarning vujudga kelish nuqtalari - ularning tashkil bo’lishi belgisi va hisobga olinishi hisoblanadi. Ularni alohida ajratib olish uchun ma’muriy-boshqaruv, texnologik va shartli xarajatlarni o’z o’rnida, ya’ni ular joylashuvi asosida, shuningdek ular turlari va yo’nalishlari belgilash asosida hisobga olinadi. Bu holat aniq tanlab olingan bo’linmaning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy moslashtirilgan tarzda amalga oshiriladi”. Olimning fikriga ko’ra, “ishlab chiqarish xarajatlarini ular joylashuvi, ya’ni o’rni asosida inobatga olish aslida amaliy holatda, birinchidan, mazkur mahsulotni ishlab chiqarish tarixi, ya’ni uning o’tmishiga ketgan xarajatlarini, ikkinchidan esa, umumlashtirilgan xarajatlar va bugungi kundagi real hayot vaziyatdagi uni ishlab chiqarish va uning realizasiyasiga ketgan mehnat darajasidan iborat bo’ladi”
“Xarajatlarning vujudga kelish nuqtalari, - deydi V.F. Paliy, - bu korxonaning tashkiliy tuzilmalaridir. Ular asosida ishlab chiqarish jarayonini chuqurlashtirish maqsadida zaxiralarni nazorat qilish va boshqarish uchun ishlab chiqarishni rejalashtirish, ma’lum normalarga olib kelish va sarf-xarajatlarni inobatga olish amalga oshiriladi. Xarajatlarning kelib chiqish nuqtalari ularning iqtisodiy elementlari va ular tannarxi moddalari asosidagi analitik hisoblash obyektlari sanaladi. Korxonaning tashkiliy bo’linmalari ichida ma’lum bir o’zaro bir-biriga bo’ysunish tartibi mavjud bo’ladi, masalan, sex – uchastka – brigada, shu bois, xarajatlarning vujudga kelishi bo’yicha analitik xulosalar ham ma’lum bir iyerarxiya tizimiga bo’ysunishi lozim. Xarajatlarning vujudga kelish nuqtalarini ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shartli tuzilmalardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga sex, uchastka, brigadalar kiritiladi; xizmat ko’rsatishga – boshqaruv bo’linmalari va xizmatlari, ombor va saroylar, laboratoriyalar kiritiladi; shartli bo’linmalarga - aniq bir bo’lim bilan aloqador bo’lmagan xarajatlar, ya’ni ma’lum mustaqil tarzdagi analitik hisoblarga ajratiladigan hamda iqtisodiy va hisob-texnik manfaatlarini ko’zlagan xarajatlar kiritiladi. Masalan, umumiy tarzda olinganda ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, yoki ularning ma’lum qismi, aytish mumkinki, sexlarning aniq belgilangan boshqaruv xizmatlariga aloqador bo’lmagan xarajatlari mana shular jumlasiga kiritiladi”.

Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling