6-mavzu: Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish
Download 36.56 Kb.
|
SanSAT Dizayn 6 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar va iboralar
- Pikselli model
6-mavzu: Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish. Tasvirlarning va hajmli ob’ektlarning axborot modellari Ma’ruza rejasi: 1. Pikseli model. 2. Vektorli model. 3. To`rli model. Tayanch so`zlar va iboralar: Pikseli model, vektorli model, to`rli model, rastr, modelning badiiy imkoniyatlari, semantik yuklangan ob’ektlar, to`rli modelning asosiy tarkibiy birligi, to`rli modelning perspektiva illyuziyalari, rakurs, piksellar yo`qotilishi, sahna rakurslari, badiiy kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasida 3-ta asosiy axborot modellari ishlatiladi: pikselli (nuqtali) tasvirni ifodalash modeli, vektorli (ob’ektli) tasvirni ifodalash modeli va uch o`lchamli ob’ektning to`r modeli. Pikselli model Pikselli modelda tasvir rastr sifatida – butun tasvirni yopuvchi regulyar to`r – sifatida qaraladi. Rastr yacheykalari uchburchakli, 6 burchakli, ammo odatda to`rtburchakli kvadrat shakldagi yacheykalar ishlatiladi. Rastrning har bir yacheykasiga mos kelgan tasvir qismi piksel (kartina elementi) deb ataladi. Sodda variantda nuqtali model hamma tasvirlar piksellarini tasvirlashdan iborat bo`ladi. Pikselli modelning afzalliklari: Mavjud tasvirning yoki sohaning pikseli modelini ularni skanerlash yoki fotos’yomka qilish orqali osongina olish mumkin. Pikselli modelni istalgan bosqichda tahrirlash mumkin. Pikselli modelni tasvirga aylantirish (monitor ekraniga chiqarish, chop qilish) juda oson, chunki monitor va kompyuter qurilmalari shu modellarga moslashtirilgan. Pikselli modelning kamchiliklari: Har bir rastrdagi piksellar soni qat’iy cheklangan. Shu sababli tasvir o`lchami kattalashtirilganda har bir pikselni ham kattalashtirish lozim. Ancha kattalashtirilganda esa tasvir sifati buzila boshlaydi. Ancha sezilarli pikselli tasvirlar kichiklashtirilganda va piksellar soni saqlanganda ifodalovchi qurilmalar kichik piksellarni ekranga ifodalay olishmaydi. Natijada piksellar yo`qotilishi yuz beradi, bu esa tasvirning buzilishiga olib keladi. Pikselli modelda tasvirlangan ob’ektlar tarkibiga mos keluvchi ichki tarkib mavjud emas. Masalan, insonga tushunarli ob’ektlar (olma, shaftoli, ...) nuqtali modelga o`tkazilganda, u rangli piksellar to`plamiga aylanishadi. Juda aniq va ranglar sifatli shaklida tasvirni saqlash katta hajmdagi xotira joyini talab qiladi. Ammo shunga qaramasdan pikseli modellar badiiy kompyuter grafikasida eng ko`p ishlatiladi. Download 36.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling