6-Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo`llaniladigan texnik vositalar


AVTOMATLASHTIRISH TEXNIK VOSITALARI


Download 32.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi32.46 Kb.
#1768176
1   2   3
AVTOMATLASHTIRISH TEXNIK VOSITALARI 
Нozirgi davrda xalq xo‘jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000 
dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kerak
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan 
kattaliklar va ko‘rsatkichlar asosan besh guruxga bo‘linadi: teploenergetik
ko‘rsatkichlar; elektroenergetik ko‘rsatkichlar; mexanik ko‘rsatkichlar; kimyoviy 
tarkibi va fizikaviy tuzilishi.
Teploenergetik ko‘rsatkichlarga: xarorat, bosim, satx va sarf kabi kattaliklar,
elektroenergetik ko‘rsatkichlarga: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok va kuchlanish,
aktiv reaktiv va to‘la quvvat, quvvat koeffitsiyenti, chastota, izolatsiya qarshilig,
mexanik ko‘rsatkichlar: burchak tezlanish, deformatsiya, kuch, aylanish 
momentlari, detallar soni, materiallar qattiqligi, tebranish, massa, kimyoviy 
ko‘rsatkichlar:konsentratsiya, kimyoviy tuzilishi va tarkibi va fizikaviy kattaliklar: 
namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik, yumshoqlik, yoritilganlik va kabilar kiradi.


Bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish 
mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish, avtomatik 
rostlash.
Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik 
o‘lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig‘ishga ajratiladi.
Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon ko‘rsatkichlari 
chegaraviy ko‘rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik 
o‘lchash texnologik jarayonni asosiy ko‘rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib 
berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og‘irlik o‘lchamlari, rangi 
va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi. 
Avtomatik axborotni yig‘ish texnologik jarayon o‘tishi, maxsulotni sifati, soni va 
boshqa ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot yig‘ishda xizmat qiladi.
Avtomatik ximoya normal va xalokat xolatlarida qo‘llaniladi. Bu holda 
himoya vositalari jarayonni to‘xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni 
chetlashtirishga xizmat qiladi. 

Download 32.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling