6-mavzu: tilshunoslik tarixidagi yo`nalishlar va maktablar rеja
Download 21.46 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-seminar topshiriqlari til
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-TOPSHIRIQ Mustahkamlash uchun savollar
- 2-TOPSHIRIQ : “ Bliss” so’rov metodi
6-MAVZU: TILSHUNOSLIK TARIXIDAGI YO`NALISHLAR VA MAKTABLAR RЕJA: Tilshunoslikda naturalizm yo`nalishi. Avgust Shleyxer ta`limoti. Tilshunoslikda psixologik yo`nalish: Geyman Shteyntal va Aleksandr Afanasyevich Potebnya ta`limoti. “Yosh grammatikachilar” qarashlari. Rus tilshunoslik maktablari. 1-TOPSHIRIQ Mustahkamlash uchun savollar: Tilshunoslik tarixida mavjud bo`lgan qaysi yo`nalishlarni bilasiz? 2. Psixologizm yo`nalishi vakillari tomonidan qanday g`oyalar ilgari surilgan? 3. G.Shteyntalning tilshunoslikka oid qanday asarlarini bilasiz? 4. Naturalizm yo`nalishi qachon paydo bo`lgan? 5. A.Shleyxer qaysi til oilasining shajara daraxtini tuzdi? 6. “Yosh grammatikachilar” qanday lingvistik g`oyalarni ilgari surdi? 7. Rus tilshunosligining asosiy vakillari kimlar? 8. Naturalizm yo`nalshining paydo bo`lishida qaysi olim nazariyasi katta ahamiyatga ega? 9. A.Shleyxer nima uchun tilni tabiiy organizm sifatida ta`rifladi? 10. “Yosh grammatikachilar” maktabining yorqin vakillari kimlar? 11. Rus tilshunosligida qanday maktablar yuzaga keldi? 12. Psixologizm yo`nalishi qachon paydo bo`ldi? 13. A.A. Potebnyaning lingvistik qarashlarini qanday izohlaysiz? 14. A. Shleyxerning qaysi lingvistik g`oyalari tanqidga uchradi? 15. “Yosh grammatikachilar” yo`nalishining bunday nomlanishiga nima sabab bo`ldi? 2-TOPSHIRIQ: “Bliss” so’rov metodi ____naturalizm______ - XIX asrning o`rtalarida Yevropa tilshunosligida vujudga kelgan oqim hisoblanadi va tilni sistema sifatida talqin qilish, tilni tabiiy organizm, organik bir butunlik sifatida tushunish g`oyasini ilgari surgan. ___kopendium____ - lot. qisqartirish degani. U yoki bu fanga oid muhim, asosiy qoidalarni, tushunchalarni ixcham, lo`nda bayon etish. ___bobo til_____ - genetik jihatdan o‘zarо bоg‘liq tillarning kelib chiqish va taraqqiy etish manbai (asоsi) deb qaraladigan til, qiyosiy-tarixiy metоd bilan tiklanadigan abstrakt lingvistik mоdel. _____psixologizm_____ - tilning alohida shaxslarning ruhiy hayoti va tafakkuriga munosabati jihatdan o`rganilishiga asoslangan lingvistik yo`nalish. _yosh grammatikachilar______ - lingvistik maktab. Tilni tarixiy hodisa deb hisoblashgan. Yosh grammatikachilar, shuningdek, tovush o`zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlashgan, ular tirik tillar va dialektlar o`rganilishi lozim deb hisoblashgan. ___fonema____ - Til birliklarining tоvush qоbig‘i bo‘lib, ularni o‘zarо farqlash xususiyatiga ega bo‘lgan tоvush birligi. Masalan, qоl, qil, qo‘l so‘zlarining tоvush qоbig‘i bo‘lib, ularni o‘zarо farqlashga о, i, o` fоnemalari xizmat qiladi. _divergensiya____ - bir fonemaning ikki fonemaga parchalanishi. Konvergensiya____ - ikki fonemaning o`zaro bir-biriga o`xshab kelishi yoki bir fonema bo`lib kelishi. Download 21.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling