6-mavzu. To’qimachilik materiallarning sifatini nazorat qilish muammolari Reja
Download 90 Kb.
|
6-маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
- Mahsulot sifatini nazorat qilish va uning muammolari. Sabab-oqibat diagrammasi va Pareto diagrammasi yordamida tizimli tahlil.
6-mavzu. To’qimachilik materiallarning sifatini nazorat qilish muammolari Reja: Mahsulot sifatini nazorat qilish va uning muammolari. Sabab-oqibat diagrammasi va Pareto diagrammasi yordamida tizimli tahlil. Isikava diagrammasi yordamida tizimli tahlil Tayanch so`z va iboralar: Sabab-oqibat diagrammasi, egri chiziq ehtimolligi va nuqsonlarni chiqishdagi o’rtacha darajasining ehtimollik chizig’i, spektrial, tizimli tahlil, korrelogramma uslublari, ma’noli yoki ahamiyatga molik sifatli tahlil. To’qimachilik materiallarning sifatini nazorat qilish hozigi kunda ishlab chiqarish korxonalarining vazifasi hisoblanadi. Mahsulotlarninig sifatini aniqlashda ularning sifatsiz chiqishi va sifatning buzilish oqibatlari o`rganish muhim hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida mahsulot sifatini nazorat qilish va uning muammolarini Sabab-oqibat diagrammasi va Pareto diagrammasi yordamida tizimli tahlil qilinadi hamda olingan natijalar orqali korxonani boshqariladi. Bunday tahlillar orqali korxonada to`g`ri boshqaruv hamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga erishiladi. Mahsulot sifatini nazorat qilish va uning muammolari. Sabab-oqibat diagrammasi va Pareto diagrammasi yordamida tizimli tahlil. Mahsulotlar sifatini yaxshilash avvalambor turli sanoat korxonalarining ishini muvofiqlashtirish bilan, shu jumladan, mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish, loyihasini ishlab chiqarish, takomillashtirish va ishlatishning barcha bosqichlarida ko’pgina ilmiy-tekshirish, sinov-konstruktorlik ishlarini olib borish, hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liqdir. Mahsulot sifatini nazorat qilish barcha hayotiy bosqichlarda, ya’ni tadqiqot va loyihalash, tayyorlash, iste’mol yoki ishlatilishida amalga oshiriladi. Mahsulot sifatini oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonida sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi barcha omillar diqqat bilan o’rganib chiqilishi va ularning ta’sir darajasi tahlil etilishi zarur. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni atroflicha tahlil qilish va sifatning pasayishiga sabab bo’ladigan omillarni aniqlashning bir qancha usullari mavjud bo’lib, ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Biror muommani, masalan mahsulot sifatini oshirishning barcha mumkin bo’lgan sabablarini tahlil qilish va aks ettirishda sabab-oqibat diagrammasidan foydalaniladi. Bu diagramma o’rganilayotgan muammoga ta’sir etuvchi sharoitlar va omillarni aniqlash hamda ularni guruhlash imkonini beradi. Sabab-oqibat diagrammasini tuzishning quyidagi tartibi tavsiya etiladi: yechiladigan muammo belgilanadi, muammoga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillar va sharoitlar belgilanadi (birinchi darajali sabablar), muhim omillar va sharoitlarga ta’sir ko’rsatuvchi sabablar majmuasi belgilanadi (ikkinchi, uchinchi va hokazo darajali sabablar), diagramma tahlil etiladi: omillar va sharoitlar muhimlik darajasi bo’yicha saralanadi va tezda bartaraf etib bo’ladigan sabablar aniqlanadi, va keyingi bajariladigan ishlar rejasi tuziladi. Mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilishda turli uslublar ishlatiladi, ularning asosiylariga: qabul qilishdagi tanlash nazorati bo’lib, u bir, ikki va ko’p pog’onaliga bo’linadi, mahsulot sifatini uzluksiz tanlashdagi nazorat, belgilangan yo’nalishda ularni boshqarish uchun texnologik jarayon ko’rsatkichlari yoki boshqa obektlar, qabul qilishdagi egri chiziq ehtimolligi va nuqsonlarni chiqishidagi o’rtacha darajasining ehtimollik chizig’i kabi egri chiziqlari bo’yicha tezkor nazorat qilish, nazorat diagrammasi bo’yicha sifatni boshqarish va uzluksiz nazorat qilishdir. Uning uchun qancha bosqichli shakllantirishda mahsulot sifat ko’rsatkichlarining pasayishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar va sabablarni tahlil qilish katta ahamiyatga egadir. SHu sababli notekislikning tahlil xarakteri, spektrial, tizimli tahlil, korrelogramma uslublari qo’llaniladi. Sanoat korxonalarida Pareto diagrammasi va Isikava sxemasi yordamida tizimni tahlil etish keng yo’lga qo’yilgan. Pareto diagrammasi bo’yicha tizimli tahlil uslubi ko’pincha ma’noli yoki ahamiyatga molik sifatli tahlil deyiladi. Kerakli qator omillar darajasi bo’yicha ajratish va solishtirish Pareto diagrammasi bo’yicha samaradorligini ta’minlaydi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining pasayishi kuzatiladi. Undan tashqari, mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilish bo’yicha ishdagi muammoli savollarni ajratishda ular ishlatiladi. Masalan, turi va nuqsonli sarfi, yig’indisi bo’yicha tasodifiy sonlarni reklamatsiya (sifatga e’tiroz bildirish) turli ko’rinishdagi mahsulotlarga bo’lgan talab Pareto diagrammasi bo’yicha tahlil etiladi. Absissa o’qi bo’yicha reklamatsiya sabablari, ordinata o’qi bo’yicha esa reklamatsiya soni yoki foizi qo’yiladi. Nuqson turlari bo’yicha sabablari o’suvchi ko’rsatkichlarga, asosan Pareto diagrammasi quriladi. Mahsulot sifatini yaxshilash Pareto diagrammasi yordamida tahlil qilinadi. Ular asosiy muammolarni yechish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlarning samaradorligini baholash uchun ishlatiladi. Davomiylikning o’tish davrida Pareto diagrammasining o’zgarish dinamikasi yordamida mahsulot sifatini tartibga keltirish mumkin. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling