6-mavzu. To’qimachilik materiallarning sifatini nazorat qilish muammolari Reja


Isikava diagrammasi yordamida tizimli tahlil


Download 90 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi90 Kb.
#1486073
1   2
Bog'liq
6-маруза

Isikava diagrammasi yordamida tizimli tahlil
Isikava sxemasi yordamida tizimli tahlil uslubi ham mahsulot sifatini boshqarish va ta’minlash bo’yicha xorijiy davlatlarda qo’llaniladi.
Isikava sxemasini qurish mohiyati turli omillarni qo’shish bilan tugaydi hamda qandaydir muammoli yakuniy natijaning yechimiga ta’sir qilib, belgilangan ketma-ketlikda ularni tizimlashtiradi. Bu sxemalar o’rganilayotgan xususiyatlarning juda murakkab bog’liqligini grafik ko’rinishida tahlil etish, unga ta’sir etuvchi omillar, shu bilan birgalikda to’g’ri rejalashtirish va ishni tizimli kompleks o’tkazish imkoniyatini yaratib beradi hamda o’rganilayotgan xususiyatlarning o’zgarishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Isikava sxemalari mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi savollarni yechishda ishlatiladi: nuqsonlar va reklamatsiya sonini qisqartirish, mahsulot sifatini yaxshilash, standartlarni yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, Isikava uskunalarining samaradorligini oshirish.
Isikava tizimi ko’pincha quyidagicha ajratiladi:
1) xususiyatlari-masalan, buyumning ko’rsatkichlari, mahsulotning sifat ko’rsatkichi, iqtisodiy sarfi, ishlab chiqarish hajmi va boshqalar;
2) asosiy omillar-xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar.
Barcha omillar bir-biriga bog’liq ravishda vektorlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Sxemalar quyidagi ketma-ketlikda tuziladi: muammolar ajratiladi, ya’ni xususiyatlari aniqlanadi va kompleks ishlar rejalashtirilishi shart, keyin omillar keltiriladi, xususiyatlarga to’g’ri yoki qiyosiy ta’sirlar, bosqichlar bo’yicha ular tezlashtiriladi, ularning ahamiyatliligi va tarkibi aniqlanadi. Ahamiyatli omillar korrelyatsiyali, dispersiyali tahlil yordami bilan hamda uni tahlil etish omili yoki Pareto diagrammasi bo’yicha aniqlanadi. Xususiyatlari va omillarining o’zi korxonadagi barcha mutaxassislar yordamida muhokama qilish yo’li bilan tanlanadi.

Bunday muhokamada quyidagi savollarga e’tibor bilan qarash ko’zda tutiladi:


-xom-ashyo va qo’shimcha materiallar-xom-ashyoning qanday sifat ko’rsatkichlari xususiyatlariga ta’sir etadi, sifat ko’rsatkichlarning turg’unligi, ta’minlashdagi bir me’yorligi, saqlanish sharoiti, xom-ashyoning sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish usullari va boshqalar;
-texnologik uskunalar-mashinalarni sozlash va ko’zdan kechirish, kapital sozlash, uskunalarningholati va qismlarning tozaligi, uskunalarni qayta ta’mirlash yoki takomillashtirish va boshqalar;
-texnologik jarayon-texnik va texnologik hujjatlarni to’g’ri yaratish, texnologik ko’rsatkichlarni nazorat qilish, belgilangan texnologik rejimga rioya qilish, texnologik jarayonni operativ boshqarish va boshqarish;
-amalga oshiruvchining ishi-amalga oshiruvchining malaka tajribasi, joylanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish uslublari, amalga oshiruvchining ish sifatini nazorat qilish va boshqalar;
-xususiyatlarni nazorat qilish va o’lchash-ishning sifati, metrologik xizmat, laborantlarning malaka uslublari va hokazo;
-me’yoriy-texnik tizimlar-xom-ashyoga texnik sharoit yoki tsandartlarda xatolar yo’qligi, qo’shimcha materiallar, tajriba uslublari, to’g’ri joylashtirish, tsandartlarning buzilish holatida to’g’ri chora tadbirlar ko’rish va boshqalar.

Isikava sxemasi qurishdan keyin omillar ta’sirini e’tiborga olgan holda xususiyatlarining o’zgarish yo’nalishi bo’yicha ish rejalashtiriladi. Buning uchun har bir omil batafsil tahlil etiladi:


- omillar va uning o’lchash uslublari nazorat qilinadi;
- omillarning nazorat uslublari (tanlangan, butunlay, nazorat diagrammasi yordami bilan);
- tartibga keltirish omillari kuzatiladi;
- omil o’lchamlari va xususiyatlarining o’zaro bog’liqligi;
- omillar darajasi me’yorini standartlashtirish va ularni standartlashtirish imkoniyatlari.
Bu tahlilning negizida, asosan, kompleks ishlar o’tkaziladi va xususiyatlarining kerakli darajasini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.
Mahsulot sifatini nazorat qilish-bu tekshirishga bog’liq bo’lgan mahsulot sifat ko’rsatkichlari talablarida belgilanadi.
Sinov-ob’ektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo’yicha eksperimental aniqlash demakdir.
Sinov uslubi-ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish uchun belgilangan printsiplarning qo’llanilishidagi jami qoidalari.

Mahsulot sifati boshlang’ich qiymatga ega bo’ladi. SHu sababli mahsulot sifatini baholash yoki o’lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim:


-to’la-to’kis ishonchli baholash usullari mahsulot xossalarining me’yoriy shartlariga bog’liqligi bo’lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi;
-sifat ko’rsatkichlarini tanlash, mahsulotning ishlatilishga to’la-to’kis yaroqliligini ko’rsatadi;
-ta’minlovchi imkoniyatlarini hisobga olgan holda me’yoriy shartlarning ratsional darajasi.
Mahsulot sifat ko’rsatkichini ifoda etgan birligiga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
-miqdoriy birliklarda aks etgan;
-miqdoriy bo’lmagan birliklarda aks etgan;
-asosga binoan sinash yo’li bilan olingan;
-birgina xossasini ifoda etuvchi;
-butun bir necha xossasini ifoda etuvchi.
Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to’g’ri va haqiqatga yaqin bo’lishi ham katta ahamiyatga egadir.

Masalan, boshlang’ich ko’rsatkichlarini belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich ko’rsatkichlar o’z navbatida to’g’ri yoki noto’g’ri, ahamiyatli yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Tekshirish orqali aniqlangan o’lchashlar mahsulot sifat darajasini mujassamlashtirgan negizli ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. SHuning natijasida, bu daraja yo o’zgaradi, yo o’zgarmaydi, yoki umuman doimiy qolishi mumkin.



Nazorat savollari:
1.Mahsulot sifatini nazorat qilish va uning muammolari to’g’risida ma’lumot bering?
2.Sabab-oqibat diagrammasi to’g’risida izoh bering?
3.Pareto diagrammasi yordamida tizimli tahlil qanday amalga oshiriladi?
4.Isikava diagrammasi yordamida tizimli tahlilni tushuntiring?
Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling