6-mavzu. Valikli va zarbli harakatlanuvchi maydalagichlar
–rasm. Valikli maydalagich chizmasi
Download 1.27 Mb.
|
2–rasm. Valikli maydalagich chizmasi.
Qo‘zg‘almaydigan valik (7) podshipniklari maydalagich korpusiga (6), boshqasining podshipniklari sharnirli (4) korpus bilan biriktirilgan qo‘zg‘aluvchan ramaga (3) mahkamlanadi. Korpus va ramaning yuqori qismi biri–biriga tortishish kuchi va prujinadan, maydalanmaydigan narsalarni tushishida ularning nariga ketishini ta’minlovchi valiklar o‘rtasidagi oraliqni boshqarishga imkon beruvchi saqlaydigan qurilma (1) bilan o‘zaro bog‘langan. Bu holatda valik qo‘zg‘aluvchan rama bilan birgalikda va unga o‘rnatilgan elektrodvigatel (2) sharnir atrofida buriladi va yuk tushirish tirqishi eni kattalashadi. Maydalanmaydigan narsalarni o‘tishidan keyin valik boshlang‘ich holatiga qaytadi. Material maydalanishi uchun dastlab prujina qisilishida zarur kuchlanish ta’minlanadi. Har bir valik pona tasmali uzatma orqali elektrodvigateldan mustaqil ravishda aylanishiga keltiriladi. Valdagi mavjud har bir valik shkivi (5) ularning teng me’yorda qo‘shimcha silkinish lahzasi xabari hisobidan ko‘proq aylanishida ko‘maklashadi. Valiklar alohida sektorlardan tashkil topgan bandajlar bilan futerlangan (o‘tga chidamli material), bu esa ularni almashtirish jarayonini tezlashtiradi va yaxshilaydi. Bandaj marganesli po‘latdan tayyorlanadi. Valikli maydalagichlarning valik diametri D=200....1500 mm va uzunligi L=0,4....1,0 diametrga (oxirgi yillarda maydalagichlarning uzunligi diametridan katta L>D ishlab chiqarilmoqda) ega. Boshlang‘ich materialning yirikligi silliq valiklarda 1/17....1/20, rifelli yoki tishli valiklarda 1/2....1/6 valik diametridan tashkil topgan. Valikli maydalagichlarning afzalliklari konstruksiyasining oddiyligi va ishonchli ishlashi, elektr energiyasining past solishtirma sarflanishi, tayyor mahsulotga qayta maydalangan materialning uncha katta bo‘lmagan tarkibi hisoblanadi. Kamchiliklariga past ishlab chiqarish samaradorligi, uncha yuqori bo‘lmagan darajada maydalanishi, tayyor mahsulot sifati pastligi (tarkibi katta foizli donador), material maydalanishining mustahkamligi chegaralanganligi, maydalanish jarayonida yuqori dinamikligi, bu esa poydevorda va korpusda yuklarni oshirishi kiradi. Hozirgi vaqtda valikli maydalagichlar ko‘pincha yopishishga moyil yoki qo‘shilishi yopishqoq tarkibli materiallarni maydalanishi uchun qo‘llanilmoqda. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling