6-mavzu: Yuksak ma’naviyatli pedagog kadrlarni shakllantirish: muammo va yechimlar Reja


Pedagogik amaliyot tahlili o‘qituvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan quyidagi xarakterdagi kommunikativ muammolar mavjudligini ko‘rsatdi


Download 115 Kb.
bet3/10
Sana08.05.2023
Hajmi115 Kb.
#1442544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 - mavzu Tarbiya

Pedagogik amaliyot tahlili o‘qituvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan quyidagi xarakterdagi kommunikativ muammolar mavjudligini ko‘rsatdi:
■ ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy yunalishdagi tadbirlarni tashkil etishda o‘quvchilarda o‘zaro xamkorlikda ishlash maqsad, yo‘l-yo‘riqlarini shakllantirishning qiyinligi;
■ ijtimoiy-perseptiv malaka va ko‘nikmalarning yetarli darajada tarkib topmaganligi;
■ pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan turli vaziyatlarga zudlik bilan moslasha olish qobiliyatining rivojlanmaganligi;
■ shaxsda o‘z kommunikativ xulk-atvorini nazorat qilishi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi;
■ nizoli vaziyatlarda muammoni to‘g‘ri xal qilish kompetensiyalarining yetishmasligi;
■ o‘quvchi xolatini xis qilishda kognitiv malakalarning yetishmasligi.
Pedagogik faoliyatda kasbiy psixologik kompetentlik umumiy to‘zilmasining muxim tarkibiy qismlaridan yana biri - bu, ijtimoiy kompetentlikdir, zero zamonaviy o‘kituvchi nafakat o‘quvchiga bilim beradi, ma’lumot, axborot yetkazadi, balki rivojlanayotgan shaxs va jamiyat o‘rtasida vositachi rolini xam bajaradi. «Bola-jamiyat» munosabatlari, o‘zaro alokasining maksadga muvofiq bo‘lishi o‘qituvchining qanchalik ijtimoiy xayotda kompetentli, omilkor ekanligiga ham bog‘liqdir.
Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funksiyalari sirasiga moslashish, ijtimoiy yunalganlik, shaxsiy va umumijtimoiy tajribalarning uyg‘unlashuvi kabi tushunchalarni kiritish mumkin. Shaxs ijtimoiy kompetentligining qay darajada ekanligi o‘zaro muloqot, faoliyatni yo‘lga qo‘yish jarayonida muxim axamiyat kasb etadi. Shu bilan birga psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, fuqarolarning yangi ijtimoiy, globallashuv shart-sharoitlariga moslashuvi jarayonida insonlardagi ijtimoiy kompetentlik darajasining shakllanganligi aloxida o‘rin tutadi. Ekologik, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy o‘zgarishlar nafaqat ijtimoiy tafakkur rivojini belgilaydi, balki insonlarning o‘zini o‘zi anglashi, xayotiy qadriyatlari, shaxsiy muammolariga xam ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa psixologiya fani oldiga insonning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy moslashuvi bilan bog‘liq muammolarni xal qilish borasida uning kompetentlik darajasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan dasturlar yaratish vazifasini qo‘yadi. Nazarimizda, mazkur vazifa nafaqat o‘zi, balki o‘quvchilarining hambarkamol shaxs sifatida shakllanishiga mas’ul bo‘lgan pedagoglar faoliyatiga aloxida tegishlidir.
Ijtimoiy kompetentlik zamonaviy psixologiya fani tadqiq etayotgan psixologik kompetentlikning turli shakllari orasida muxim o‘rin tutadi. U insonning ijtimoiy o‘zaro sheriklik, xamkorlik sub’ekti sifatidagi yaratuvchilik xususiyatlarini ham aks ettiradi. Sub’ektning kompetensiyaviy ijtimoiy xulk-atvori shakllanishi mexanizmlari, namoyon bo‘lish tendensiyalari, motivatsiyasi, mazmuniga bo‘lgan qiziqish, avvalo, «inson-jamiyat» o‘zaro aloqasi xarakterining ijtimoiy ravnaq, rivojlanishga ko‘rsatadigan ta’siri bilan tavsiflanadi.
Kompetentlik shaxsning o‘ziga xos to‘zilmaviy xususiyati ekan, psixologlar bu to‘zilmadagi yana bir komponentlik - autokompetentlikni hamialoxida ta’kidlaydilar. Xozirgi zamon psixologiya ilmida autokompetentlik sub’ektning shaxs xususiyatlari va xulk-atvor ko‘nikmalarini maqsadga muvofik o‘zgartirishga, o‘z psixik imkoniyatlari zaxiralaridan oqilona foydalanishga tayyorligini, buning uchun saloxiyati mavjudligini anglatuvchi kategoriya xisoblanadi. Autokompetentlik yangi bilim, ma’lumot, axborotlarni samarali o‘zlashtirish, yuqori darajadagi o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikma va malakalari, muvaffakiyatga erishish borasidagi irodaviy yo‘l-yo‘riqlarni mustaqil shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayni paytda, individning xayot faoliyati jarayonida ekstremal, ko‘zda tutilmagan xolatlar yuzaga kelganda ichki xolatini o‘zgartirish orqali qulay, maqbul vaziyat, sharoitlarni yaratish qobiliyati ham autokompetentlikka misol bo‘la oladi. Shu tarika, autokompetentlik shaxs sifati bo‘lib, inson xayotining ma’lum davrlarida shakllanadi va muayyan faoliyat turi bilan samarali shug‘ullanishga imkon beradi.
Psixologik kompetentlikni taxlil qilish natijalari shundan dalolat beradiki, bu bir tizimni tashkil etuvchi va o‘zaro bog‘liq xususiyatlardan iborat murakkab psixologik to‘zilma. Psixologik kompetentlik tushunchasi ostida insonning professional faoliyati va hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni ijobiy hal etishga yordam beruvchi kasbiy-shaxsiy sifatlari anglanadi. O‘kituvchining psixologik kompetentligi mazmuniy va texnologik jixatlarga ega bo‘lib, turli ixtisoslik va mutaxassisliklarga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonida rivojlana boradi.
Insonning psixologik kompetentligini rivojlantirish muammosi psixologiya fanida turli nuktai nazarlardan (sababiyat va oqibat; kasbiy maxoratga erishishda kompetentlikni rivojlantirish yo‘nalish va tendensiyalari; yuqori darajadagi kompetentlikka erishishda ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zaro munosabati; psixologik kompetentlik rivoji darajasining mezon va o‘lchovlari) taxlil qilib kelingan.
O‘kituvchida kompetentlikni shakllantirishga nisbatan psixologik tayyorlik, xozirlikning o‘ziyok mazkur jixat tezroq va samaralirok tarkib topishiga sabab bo‘lishi tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun o‘qituvchi va pedagoglarda kompetentlikka tayyor bo‘lishni rag‘batlantirishga ham e’tibor qaratish lozim.
Psixologik nuqtai nazardan tayyorgarlikning motivatsion, xissiy, axloqiy, kognitiv va xulkiy darajalari mavjud. Tayyorgarlikning faollashuvi shaxs tomonidan mazkur darajalar o‘zaro bog‘liq, bir butun xolda anglangan, idrok etilgandagina yuz beradi. Psixologik tayyorgarlikni kuyidagi jixatlarni qamrab oluvchi murakkab dinamik to‘zilma sifatida tavsiflash mumkin:
■ pedagogik faoliyat sub’ektiga xos individual extiyoj va talablar, kasbiy vazifalarni anglash;
■ kompetentlikni rivojlantirish maksadlarini tushunish;
■ faollik namoyon buladigan shart-sharoitlar, muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq tajribani baxolash va anglash, esga tushirish;
■ shaxsiy tajriba taxlili va psixologik imkoniyatlari doirasida berilgan topshi-riklarni bajarish uchun eng makbul usul va vositalarni topish, o‘zini o‘zi nazorat qilish.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling