6-mavzu: Yuksak ma’naviyatli pedagog kadrlarni shakllantirish: muammo va yechimlar Reja


Quyidagilar o‘qituvchilarga man etiladi


Download 115 Kb.
bet10/10
Sana08.05.2023
Hajmi115 Kb.
#1442544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 - mavzu Tarbiya

Quyidagilar o‘qituvchilarga man etiladi:

-jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;


-o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish;
-o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
-o‘quv mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va -kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;
maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish.
Quyidagilar o‘quvchilarga man etiladi:
-mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqarigachiqish;
-o‘qituvchilarga va boshqa o‘quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;
-o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish;
-yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
-boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
-mashg‘ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan namoyish qilish.
Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
1. O‘quv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi:
o‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
«Eng faol o‘quvchi» nominatsiyasini berish;
o‘quvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma xati yuborish.
2. Jamoa a’zolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi:
o‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan «Hayfsan» e’lon qilish;
o‘quvchining kundaligiga tanbeh yozish;
boshqa sinfga o‘tkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi «Kamolot» YoIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
Mazkur qarorda «Odob-axloq qoidalari» har bir o‘quvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o‘qituvchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yetkazilishi, maktabning foyesiga barchaga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yilishi,uning talablarini har bir o‘qituvchi va o‘quvchilar to‘liq bilishi hamda unga qat’iy amal qilishi zarurligi belgilangan.


NAZORAT SAVOLLARI
1. Xatti-harakat qanday boʻlsa, oqibat ham shunday boʻladi.
2. Vatan taraqqiyotida men masʼulman.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik asoslari.
4, Yashashdan maqsad munosib hayot
5. Yashamoq – oʻzidan yaxshi nom qoldirmoq.
6. Faol oʻquvchidan faol fuqarolikkacha.



Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling