6-mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari me’morchilik, bog‘ san’ati tarixi haqida qimmatli ilmiy manba
Download 51.37 Kb.
|
11-12 mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
- Bilib oling!
6-mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari me’morchilik, bog‘ san’ati tarixi haqida qimmatli ilmiy manba (Frazeologizm va tasviriy ifoda) 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor qarating. Matnni o‘z ona tilingizga tarjima qiling. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri bo‘lish barobarida me’morlik va bog‘ tuzish, obodonchilik sir-sinoatlarini ham chuqur bilgan. Hindistondagi olamga mashhur, jahon me’moriy merosida muhim o‘rin tutgan, musulmon me’morchiligiga xos bo‘lgan muhtasham obidalari yaratilishiga asos solgan. O‘zining mashhur “Boburnoma” asarida u ko‘plab me’moriy inshootlarni qisqa, lo‘nda va chuqur ta’riflab bergan. Hozirda bu asar zamonasining me’moriy inshootlari haqidagi qimmatli manba sifatida ham qadrlidir. Ulug‘ vatandoshimizning me’morlik va obodonchilik ishlariga munosabatini aniqlashda uning “Boburnoma” asarida qayd etgan shaharlar tizimi, me’moriy inshootlar va qurilish sohasiga oid fikrlari, ma’lumotlari e’tiborga sazovordir. U o‘zi ko‘rgan shahar-qishloqlar, turli inshootlarga lo‘nda va aniq ta’riflarni keltirgan. Shoir yozganlari asosida Markaziy Osiyo va Xurosonning XV asr oxiridagi shaharsozlik tizimi haqida Andijon, O‘sh, Marg‘ilon, Isfara, Xo‘jand, Konibodom, Axsikat, Koson, Samarqand, Hirot, Kobul shaharlari qiyofasi to‘g‘risida ma’lum darajada tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Masalan, Andijon to‘g‘risidagi yozganlaridan XV asrdagi mazkur shahar qalin devor bilan o‘ralgani va uch darvozali qal’adan iboratligi, atrofida aholi zich joylashgan turar joy mahallalari bo‘lgani haqidagi ma’lumotni olish mumkin. Bobur O‘sh tarafidagi maskanlar ta’rifini keltirayotib, bu yerda o‘zi qurdirgan inshoot haqida ham hikoya qiladi. Bobur qurdirgan bu bino tog‘ning yuqorisida, qulay hududda joylashgan va O‘sh shahrini butunlay yuqoridan tomosha qilish mumkin bo‘lgan. Umuman, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari me’morchilik, bog‘ san’ati tarixi haqidagi tadqiqotlar uchun ham qimmatli ilmiy manba ekani, shubhasiz. Bu noyob asardagi hozirda Samarqand, Hirot, Kobul, Dehli, Agra kabi tarixiy shaharlarning bizgacha yetib kelmagan me’morchilik, shaharsozlikka oid obidalari haqidagi ma’lumotlar asosida ko‘plab qadimiy meros qoldiqlarida bajarilgan arxeologik qazishmalar muvaffaqiyatli o‘tdi. Ko‘plab me’moriy yodgorliklarning asl holatini aniqlashda, ularni ta’mirlashda hamda konservatsiya qilishda ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. (Abdujabbor Yahyoyev, arxitektor «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 2014 yil 7-son). 2-topshiriq. Mant yuzasidan savollarga javob bering. Z.Boburning “Boburnoma” asaridan qaysi shaharlar qiyofasi to‘g‘risida ma’lum darajada tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Andijon to‘g‘risidagi yozganlaridan XV asrdagi mazkur shahar qanday tasvirlangan? O‘sh shahrida kim qurayotgan binolar haqida gapirib o‘tadi? Boburning avlodlari tomonidan Hindistonda barpo etilgan qanday inshootlarni bilasiz? Bilib oling! Tilning lug‘at tarkibida, so‘zlardan tashqari gap otmoq, gap tashlamoq, ko‘nglini ko‘tarmoq, ochiq qo‘l kabi iboralar ham bor. Ma’nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar birikmasi yoki gaplarga ibora (frazeologizm) deyiladi, ularni o‘rganadigan soha esa frazeologiya deyiladi. Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Iboralar odatda uslubiy bo‘yoqqa boy bo‘ladi, shuning uchun ulardan fikrni jonli, ta’sirchan qilib ifodalashga keng foydalaniladi. Qiyoslang: 1. Tanchada xomush o‘tirgan Saidahmadxon parvosizgina ostona tomon qaradi. – Tanchada xomush o‘tirgan Saidahmadxon pavosizgina ostona tomon ko‘z qirini tashladi. 2. Bu gapni eshitib, u g‘azablandi. – Bu gapni eshitib, uning tepa sochi tikka bo‘ldi. Download 51.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling