6-mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari me’morchilik, bog‘ san’ati tarixi haqida qimmatli ilmiy manba
-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering
Download 51.37 Kb.
|
11-12 mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling!
3-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
Frazeologiya nimani o‘rganadi? Ibora deb nimaga aytiladi? Iboralar so‘zdan nimasi bilan farq qiladi? Iboralardan nutqda qanday maqsadda foydalaniladi? Og‘zi qulog‘iga yetgan, yog‘ tushsa yalagudek, belni bog‘lamoq kabi iboralarga mos so‘zni toping. 1-mashq. Quyidagi gaplardan iboralarni toping, ularning ma’no xususiyatlarini tushuntiring. 1.Kekirdagingni cho‘zma-e, tumshug‘ingga yem tushkur... (A.Qod.) 2.Boshqarmaga kelgan maqolalarning 25 foizi dumi xurjunga bo‘lsa, 25 foizi g‘araz va shaxsiyat kasaliga mubtalodir. (A.Qod.) 3. Arava bo‘lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. 4. Shu o‘tirishda ichini mushuk tatalayotganini qayoqdan bilsin u? (S.A.) 5. La’lixon shaniga bir gap aytdi, hammaning tepa sochi tikka bo‘ldi. (S.Ahm.) 6. Umr degan narsa ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketar ekan. (Mirm.) 7. Obbo, nafsi buzuq, sira bu qilig‘ingni qo‘ymading, – dedi ranjib shogirdlaridan biri. (O.) 2-mashq. Quyidagi iboralarning ma’nosini aytib bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Ko‘kka ko‘tarmoq – Og‘zi qulog‘ida – Tirnoq ostidan kir qidirmoq – Kapalagi uchmoq – Ilonning yog‘ini yalagan – Tomdan tarasha tushganday – Bilib oling! Shaxs, narsa-buyum va voqea-hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi hamda ular narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Masalan: dunyo tomi – Pomir, zangori ekran, oynayi jahon – televizor, mo‘yqalam sohiblari – rassomlar... 3-mashq. Tasviriy ifodalarning izohini ayting va daftaringizga yozing. Kumush choyshab – Salomatlik posbonlari – O‘rmon podshosi – Hayotimiz qomusi – Po‘lat ot – O‘rmon malikasi – 4-mashq. Gaplarni o‘qib, tasviriy ifodalarni toping, va ularga izoh bering. 1.Zangori ekran orqali “Axborot – 24” dasturini ko‘rdim. 2. O‘lkamizga uzoq joylardan qanotli do‘stlarimiz uchib kelishdi. 3. O‘zbekistonning charm qo‘lqop ustalari dunyoda yetakchilik qilishmoqda. 4. Bu yil dalalarga baraka urug‘i erta ekildi. 5. Yurtimizga fasllar kelinchagi kirib keldi. Download 51.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling