6-Mavzu: Zoom va Multimedia texnologiyalar tahlili


Download 198.45 Kb.
bet7/7
Sana14.04.2023
Hajmi198.45 Kb.
#1358046
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 amaliy ish

Normativ masalalar
2021 yil avgust oyida Germaniyaning Gamburg shahridagi ma'lumotlarni himoya qilishni tartibga solish organi Zoom-da ishlaydi deb qaror qildi Yevropa Ittifoqi buzgan Ma'lumotlarni Himoya Qilishning Umumiy Reglamenti (GDPR). Bu aslida tufayli ekanligini, boshiga sifatida Schrems II hukmron, Evropa Ittifoqi chiqib uzatiladi qilinmoqda ma'lumotlar GDPR tomonidan taqdim shu himoya berilishi kerak. Zoom tomonidan to'plangan ma'lumotlar AQShga jo'natilmoqda.[169]
Shuningdek qarang[tahrirlash]

  • Video telekommunikatsiya xizmatlari va mahsulot brendlari ro'yxati

  • COVID-19 pandemiyasining fan va texnologiyaga ta'siri

  • Zoom charchoq

  • Kattalashtirish shahri

Xulosa.
Elektron qo‘llanmalar yaratish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalarni tanlashda foydalanuvchilar bir yechimga kela olishmaydi. Ko‘pchilikni elektron qo‘llanmalar yaratish uchun standart dasturiy vosita mavjudligi qiziqtiradi. Elektron qo‘llanmalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlar turli-tuman bo‘lib, ular bir-biridan interfeysi va elektron qo‘llanmalarni yaratish vositalari bilan farq qiladi. Elektron darsliklar yaratishda ommaviy hisoblanadigan vosita va texnologiyalarga to‘xtalamiz.
Multimediy vositalari (multimediya – ko‘pvositalilik) - bu insonga o‘zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimediya - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kiritish-chiqarish kanallari bo‘yicha almashinuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimediya vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Multimediya vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75
% ortadi. Bunga biz multimediya vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Multimediya vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
 berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;
 ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
 ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi;
 olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
O‘z o‘rnida, multimediya vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv
materiallarini, qonunlarni va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimediya elementlarini qo‘llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo‘llashni talab qiladi.
2. Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir.
Distant uslubi asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi: Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko‘rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o‘qitish, geografik jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta'lim uchun mo‘ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborbtlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo‘lishi, shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
Multimediya uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimoti ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimediyaning paydo bo‘lishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimediya tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) bo‘ladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-muruvvatni boshqarish yo‘li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electronics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IBM va Microware firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Mutimediyali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo’lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo’lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko’rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
Multimediyali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o’tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So’nggi yillar davomida ko’plab multimediyali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o’rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Download 198.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling