6 ona tili javobi docx
Sifatga bog’lanib kelgan ot
Download 243 Kb. Pdf ko'rish
|
6 - ona tili JAVOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshidan
Sifatga bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning
ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat OTLASHIB, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan sinatktik vazifalarda keladi: Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’. NAMUNAVIY TESTLAR 1. Cho‘ponlar sezgir, itlar ziyrak, bo‘ridan ayyor. Ushbu gapda nechta yasama sifat bor? A) 2 ta B) 1 ta С) 3 ta D) 4 ta 2. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik qiyin bo‘lmadi. Ushbu gapda qanday ma’no hosil qiluvchi sifat yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan? A) payt ma’nosini bildiruvchi B) xoslik ma’nosini bildiruvchi C) o‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi D) zidlik ma’nosini bildiruvchi 3. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan? A) sodda B) qo‘shma С) sodda, qo‘shma D) sodda, qo‘shma, juft 4. Ko‘zlari katta-katta, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. Ushbu gapda nechta takroriy sifat bor? A) 4 ta B) 2 ta С) 3 ta D) 1 ta TESTLAR 1. Shaxs, narsa, joy nomlarini bildiruvchi turkum qaysi? A) olmosh B) sifat С) ot D) ravish 2. Otlar qaysi xususiyatiga ko‘ra shaxs, narsa, o‘rin- joy otlari kabi turlarga bo‘linadi? A) tuzilishiga ko‘ra B) ma’no xususiyatiga ko‘ra С) so‘rog‘iga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra 3. Ot qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) kim, nima, qachon? B) kim, nima, qayer? С) kimdir, nimadir, qayerdir? D) kim, nega, qanaqa? 4. Ot so‘z turkumi oladigan xususiy qo‘shimchalar qaysilar? A) egalik, kelishik, son B) egalik, kelishik, shaxs-son С) egalik, kelishik, erkalash-kichraytirish D) egalik va kelishik 5. Otlarning son shakli qaysi? A) -im B) –lar С) -i D) -lik 6. Otlarning lug’aviy shakli qaysi? A) -im B) –lar С) -i D) -ga 28 7. Ot gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelishi mumkin? A) ega, aniqlovchi B) hol, ega, aniqlovchi С) kesim, ega, to‘ldiruvchi D) barcha bo‘lak vazifasida kela oladi 8. Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak, undalma vazifasida kela oladigan so‘z turkumi qaysi? A) ot B) olmosh С) ravish D) A va B 9. Otlar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 2 turga B) 5 turga С) 3 turga D) 4 turga 10. Otlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) 2 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘shma B) 2 turga: 1. Tub. 2. Yasama С) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Takror D) 4 turga: 1.Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Inkor 11. Bir asosdan tashkil topgan otlar qanday otlar sanaladi? A) tub otlar B) atoqli otlar С) qo‘shma otlar D) sodda otlar 12. Ikki yoki undan ortiq asosdan iborat otlar otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) juft otlar B) takroriy otlar С) yasama otlar D) qo‘shma otlar 13. Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan tarkib topgan otlar otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) juft otlar B) takroriy otlar С) yasama otlar D) qo‘shma otlar 14. Ikkinchi qismi birinchi qismning tovush o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) juft otlar B) takroriy otlar С) yasama otlar D) qo‘shma otlar 15. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so‘zlarning qo‘shma shakli bor? A) ot, ravish, fe’l B) ot, fe’l С) ot, sifat D) ot, sifat, olmosh 16. Qo‘shma otlar qanday yoziladi? A) qo‘shib B) ajratib С) chiziqcha bilan D) qo‘shib, ajratib 17. Qanday qo‘shma otlar ajratib yoziladi? A) har ikkala qismi atoqli otlar B) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma otlar С) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat qo‘shma otlar D) har ikkala qismi turdosh otdan iborat qo‘shma otlar 18. Ajratib yoziladigan qo‘shma otlarga misol keltiring. A) Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, Beshariq B) O‘rta Osiyo, Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo С) Markaziy Osiyo, O‘rta Osiyo, Beshariq D) ko‘zoynak, sheryurak, Oltiariq 19. Qanday qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi? A) har ikkala qismi atoqli otlar B) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma otlar С) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat qo‘shma otlar D) har ikkala qismi turdosh otdan iborat qo‘shma otlar 20. Qo‘shib yoziladigan qo‘shma otlarga misol keltiring. A) Beshariq, oltingugurt, Quyi Chirchiq B) qorbo‘ron, qorqiz, Oltiariq С) ko‘zoynak, oltingugurt, O‘rta Osiyo D) Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq, Oltiariq 21. Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon, qo‘ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib, shoyi ko‘ylak, nimcha, kamzul kiyib yasanar edilar. Ushbu gapda otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turlari uyushgan? A) sodda va yasama B) sodda va qo‘shma С) sodda va takror D) faqat sodda 22. Qanday otlar chiziqcha bilan yoziladi? A) qo‘shma otlar B) takroriy otlar С) yasama otlar D) juft va takroriy otlar 23. Savdo-sotiq, tevarak-atrof, o‘y-xayol, huzur- halovat, sut-qatiq kabi so‘zlar qaysi so‘z turkumiga oid? A) ravish B) ot С) sifat D) olmosh 24. Atoqli otlar necha turga bo‘linadi? A) 2 turga: 1. Aniq otlar. 2. Mavhum otlar B) 3 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari. 3.Tarixiy nomlar C) 3 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari. 3. O‘rin-joy nomlari D) 4 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari. 3. Bayram nomlari. 4. O‘rin-joy nomlari 25. Qanday otlar atoqli otlar deyiladi? A) kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bilduruvchi otlar B) biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan nomlar С) sezgi a’zolarimiz bilan bilishimiz mumkin bo‘lgan otlar D) ma’lum bir geografik hududga atab qo‘yilgan otlar 26. Qanday otlar shaxs nomi deyiladi? A) kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bilduruvchi otlar B) biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan nomlar С) sezgi a’zolarimiz bilan bilishimiz mumkin bo‘lgan otlar D) ma’lum bir geografik hududga atab qo‘yilgan otlar 27. Familiyalar shaxs ismidan so‘ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), - ev(a) qo‘shimchasini qo‘shish orqali qanday otlar hosil qilinadi? A) atoqli otlar B) shaxs otlari C) shaxs nomlari D) A va C 29 28. Kishi ismlari ko‘rsatkichlariga qaysi shakllar kiradi? A) Abdu-, -qul, -berdi B) -xon, -jon, -boy С) -oy, -bek, -xo‘ja, -bonu D) A, B, C 29. Ma’lum geografik hududga atab qo‘yilgan nomlar qanday ataladi? A) atoqli otlar B) shaxs nomlari С) joy nomlari D) faoliyat nomlari 30. Tarkibida orti, bo‘yi, oldi so‘zlari bo‘lgan so‘zlar qanday yoziladi? A) qo‘shib B) ajratib С) chiziqcha bilan D) qo‘shib, ajratib 31. Janubiy Koreya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Marjonbuloq, Surxondaryo, Buloqboshi, Jarqo‘rg‘on, Qorovulbozor kabi nomlar qaysi turkumga oid? A) turdosh otlar B) atoqli otlar С) o‘rin-joy nomlari D) B va C 32. Qanday tashkilot nomlarining har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi? A) turli korxona, asarlar, man-sablar nomlari B) mahsulot, inshootlar, transport vositalari nomlari С) xalqaro tashkilot va oliy tashkilotlar, mansablar, unvonlar nomlari D) turli korxona, unvonlar, mahsulot, kitob nomlari 33. Har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan yoziladigan so‘zlarga misol keltiring. A) Oliy Majlis, Guliston Davlat Unversiteti B) Davlat Test Markazi, Oliy Xo‘jalik Sudi С) Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Majlis, Bulung‘ur Tumani Hokimligi 34. Vazirliklar, idoralar, tash-kilotlar, korxonalar nomi qanday yoziladi? A) tarkibidagi birinchi so‘zi-ning ilk harfi bosh harf bilan B) birinchi so‘zi bosh harf bilan С) har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan D) A va B 35. 1. Madaniyat va sport ish-lari vazirligi. 2. Qo‘shchinor mas’uliyati cheklangan ishlab chi-qarish birlashmasi. 3. Bulung‘ur tumani hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti. 5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni zavodi. 8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy Xo‘jalik sudi. 10. Istiqbol fermer xo‘jaligi. Ushbu birliklarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan? A) 1, 2, 4, 9 B) 1, 5, 6, 7, 9 С) 1, 3, 8 D) 1, 4, 10 36. 1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi. 2. Qo‘shchinor mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi. 3. Bulung‘ur tumani hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti. 5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni zavodi. 8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy Xo‘jalik sudi. 10. Istiqbol fermer xo‘jaligi. Ushbu birliklarning qaysi biri noto‘g‘ri yozilgan? A) 1, 3, 4, 6, 8, 10 B) 2, 4, 5, 6, 7, 9, 10 С) 1, 2, 4, 5, 8, 9, 10 D) 2, 3, 4, 7, 8, 10 37. Qanday shartli nomlar qo‘shtirnoqqa olinadi? A) turli korxona, mahsulot, inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli nomlar B) turli korxona, mahsulot, inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli nomlar, shahar nomlari C) turli korxona, bayram sa-nalari, mahsulot, inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli nomlar D) turli korxona, mahsulot, inshootlar, kinoteatr nomlari, transport vositalariga berilgan shartli nomlar 38.Tarixiy sana va bayram nomlari qanday yoziladi? A) tarkibidagi birinchi so‘zining ilk harfi bosh harf bilan B) birinchi so‘zi bosh harf bilan С) har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan D) A va B 39. Suv havzalari va inshootlar nomlari qanday yoziladi? A) tarkibidagi birinchi so‘zining ilk harfi bosh harf bilan B) birinchi so‘zi bosh harf bilan С) har bir so‘zidagi birinchi harfi bosh harf bilan D) A va B 40. Bir turdagi narsaning umumiy nomini bildiradigan otlar qanday nomlanadi? A) mavhum otlar B) turdosh otlar С) aniq otlar D) shaxs otlari 41. Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs oti bor? A) 2 ta B) 3 ta С) 1 ta D) shaxs oti yo‘q 42. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi. Ushbu gapda otning tuzilishiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan? A) sodda, qo‘shma B) sodda, juft С) sodda, qo‘shma, takror D) sodda, qo‘shma, juft 43. Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs nomi bor? A) 1 ta B) 3 ta С) 2 ta D) shaxs nomi yo‘q 44. Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalarni sanang. 1. -chi. 2. -soz. 3. -kor. 4. -xon. 5. -gich. 6. -boz. 7. -voz. 8. -vchi. 9. -shunos. 10. -dosh. 11. -kash A) 1, 2, 4, 5, 7, 9 B) 1, 3, 5, 6, 8, 10 С) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 10, 11 D) barchasi 45. Shaxs oti yasovchi qaysi qo‘shimcha asosga qo‘shilganida tovush o‘zgarishi hodisasi sodir bo‘ladi? A) -shunos B) –chi С) -vchi D) -soz 30 46. -vchi qo‘shimchasi qanday so‘zlarga qo‘shilganida tovush almashinishi sodir bo‘ladi? A) u va o unlilari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganida B) v undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganida C) i unlisi bilan, a unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganida D) barchasi 47. Qaysi qo‘shimcha atoqli otni turdosh otga aylantiradi? A) -shunos B) -lik С) -lar D) -qich 48. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. Ushbu gapda nechta yasama shaxs oti bor? A) 3 ta B) 4 ta С) 2 ta D) 1 ta 49. Narsalarning nomini bildirgan ot qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? A) kim? B) qancha? С) nima? D) nega? 50. Hayvon, o‘simlik, oziq-ovqat, kiyim-kechak, idish-tovoq, ish qurollari, osmon jismlari otlari qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? A) nima? B) qaysi? C) kim? D) qayer? 51. Narsa oti yasovchi qo‘shimchalarni sanang. 1. -q. 2. -k. 3. -oq. 4. -gich. 5. -g‘ich. 6. -qich. 7. -m. 8. -im. 9. -gi. 10. -qi. 11. -ki. 12. -(i)ndi. 13. -ma. 14. -don. 15. -moq A) 1, 4, 5, 7, 9, 12, 15 B) 1, 2, 5, 6, 8, 10, 12, 14 С) 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15 D) barchasi 52. O‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalarni toping. 1. -zor 2. -loq 3. -iston 4. -(u)v 5. -xona 6. -lik 7. - goh 8. -gun A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 3, 5, 6, 7 С) 1, 2, 3, 5, 7 D) barchasi 53. O‘rin-joy nomi yasovchi qo‘shimchani toping. A) –iston B) -zor С) -goh D) A va B 54. Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlar qanday ataladi? A) o‘rin-joy otlari B) mavhum otlar С) faoliyat-jarayon otlari D) turdosh otlar 55. Faoliyat-jarayon otlari yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping. 1. -lik. 2. -gich. 3. -ma. 4. -chi-lik. 5. -garchilik. 6. -kor. 7. -(u)v. 8. -(i)m A) 1, 2, 4, 7, 8 B) 1, 4, 5, 7, 8 С) 1, 3, 5, 6, 7 D) barchasi 56. Do’stlik kishining ko‘nglini yoritadi, unga ro‘shnolikni beradi. Ushbu gapdagi faoliyat-jarayon oti qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) ega, aniqlovchi B) ega, kesim С) aniqlovchi, hol D) ega, to‘ldiruvchi 57. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lmagan tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildiruvchi otlar qanday ataladi? A) aniq otlar B) mavhum otlar C) faoliyat-jarayon otlari D) o‘rin-joy otlari 58. Mavhum otlarga misol keltiring. A) yaxshilik, xayol, baxt, sevinch B) orzu, sevgi, nafrat, go‘zallik С) ahillik, dutor, nafrat, g‘azab D) A va B 59. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lgan narsalarni bildiruvchi otlar qanday ataladi A) aniq otlar B) mavhum otlar C) faoliyat-jarayon otlari D) o‘rin-joy otlari 60. Mavhum otlar ko‘plikda qo‘llanganida qanday ma’noni bildiradi? A) ta’kidlash B) kuchaytirish С) umumlashtirish D) A va B 61. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalardan qaysi biri shakldoshlik xususiyatiga ega? A) -nch B) -inch С) -chi D) -lik 62. Boshlarim og’rib ketdi. Ushbu gapdagi ko‘plik qanday ma’noda ishlatilgan? A) hurmat B) ta’kidlash B) kuchaytirish D) umumlashtirish 63. Qaysi qo‘shimchalar mavhum otni hosil qiladi? A) 1. -inchi 2. -lik. 3. –ch B) 1. -(i)m. 2. -lik. 3. -cha С) 1. -lik. 2. -ch. 3. –inch D) 1. -ki. 2. -qi. 3. -inch 64. Otlarning lug‘aviy shakllari qaysilar? A) 1. Egalik. 2. Kelishik. 3. Ko‘plik B) 1. Ko‘plik. 2. Erkalash-kichraytirish С) 1. Egalik. 2. Erkalash-kichraytirish D) 1. Kelishik. 2. Ko‘plik. 3. Shaxs-son shakllari 65. Otlarning ko‘plik shakli qanday ma’nolarda ishlatiladi? 1. Sof ko‘plik. 2. Hurmat. 3. Umumlashtirish. 4. Kuchaytirish. 5. Tur-nav. 6. Makon-zamon. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 6 С) barchasi D) 1, 2, 3, 4, 6 66. Ko‘plik shakli umumlashtirish ma’nosini bildirgan gapga misol keltiring. A) Magazinga bugun yog‘lar keldi B) Opamlar kecha kelishgan edi С) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi D) Shavkatlarning kattagina uzumzor bog‘i bor 67. Ko‘plik shakli hurmat ma’nosini bildirgan gapga misol keltiring. A) Magazinga bugun yog‘lar keldi B) Opamlar kecha kelishgan edi С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi 68. Ko‘plik shakli kuchaytirish ma’nosini bildirgan gapga misol keltiring. A) Magazinga bugun yog‘lar keldi B) Opamlar kecha kelishgan edi С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi 31 69. Ko‘plik shakli tur-nav ma’nosini bildirgan gapga misol keltiring. A) Magazinga bugun yog‘lar keldi B) Opamlar kecha kelishgan edi С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi 70. Ko‘plik shakli makon-zamon ma’nosini bildirgan gapga misol keltiring. A) Magazinga bugun yog‘lar keldi B) Opamlar kecha kelishgan edi С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi 71. Otlarning kichraytirish shakllarini keltiring. A) -cha, -choq, -chak B) -chak, -jon, -cha С) -gina, -choq, -lik D) -gina, -jon, -xon, -bek 72. Otlarning erkalash shakllarini keltiring. A) -xon, -cha, -lik B) -gina, -jon, -xon, -bek С) -chak, -jon, -cha D) -gina, -choq, -lik 73. Otga bog‘lanib uning belgisini bildiruvchi so‘z turkumi qanday ataladi? A) son B) olmosh С) sifat D) ravish 74. Sifat qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qancha, necha? B) qanday, qanaqa? С) qanday, qachon? D) qaysi, qanaqa? 75. Sifat qaysi xususiyatiga ko‘ra tub va yasama kabi turlarga bo‘linadi? A) tuzilishiga ko‘ra B) qo‘llanishiga ko‘ra С) tarkibiga ko‘ra D) belgiga ega, ega emasligiga ko‘ra 76. Yasama sifatlar qanday usullar bilan hosil qilinadi? A) qo‘shimcha bilan B) so‘z qo‘shish bilan С) qo‘shimcha va so‘z qo‘shish yo‘li bilan D) shevadan so‘z olib 77. Cho‘ponlar sezgir, itlar ziyrak, bo‘ridan ayyor. Ushbu gapda belgi bildiruvchi so‘z necha o‘rinda ishtirok etgan? A) 3 B) 1 С) 2 D) ishtirok etmagan 78. Cho‘ponlar sezgir, itlar ziyrak, bo‘ridan ayyor. Ushbu gapda nechta yasama sifat bor? A) 2 ta B) 1 ta С) 3 ta D) 4 ta 79. Otinbibi qari, jiddiy, sersavlat xotin. Ushbu gapda qaysi turkum uyushgan? A) ot B) sifat С) ravish D) olmosh 80. Sifat yasovchi qo‘shimchalarni sanang. 1. -li. 2. -dor. 3. -cha. 4. -lab. 5. ser-. 6. ba-. 7. be-. 8. -siz. 9. no- . 10. -chan. 11. -ona. 12. -ma. 13. -ch. 14. -iy. 15. -simon. 16. -an. 17. -gi. 18. -mand. 19. -q. 20.-in. A) barchasi B) 1, 3, 4, 6, 8, 9, 12, 13, 15, 17, 19, 20 С) 1, 2, 5, 6, 7, 10, 11, 14, 19, 20 D) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12, 13, 14, 17, 18, 19 81. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qaysi birlari belgiga ega ekanlikni bildiradi? A) -li, -dor, -mand, ser-, ba- B) be-, ser-, siz, no-, -gi С) -li, -dor, -be, -siz, -gi D) no-, -siz, be-, -mand, -dor 82. Sifat yasovchi qo‘shimchalarning qaysi birlari belgiga ega emaslikni bildiradi? A) -li, -dor, -siz B) -mand, -li, be- С) no-, -siz, be- D) -gi, -li, -dor 83. Belgiga ega ekanlikni bildiruvchi -li, -dor, ser- ba- kabi qo‘shimchalar qaysi shakllar bilan zid ma’noli bo‘ladi? A) no-, -siz, be- B) -dor, -li, -kor С) -siz, no-, -ba D) -li, -siz, -ki 84. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. Ushbu gapda sifat so‘z turkumiga oid nechta so‘z bor? A) 2 ta B) 3 ta С) 5 ta D) 4 ta 85. Payt ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi? A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor 86. O‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi? A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor 87. Xoslik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha qaysi? A) -iy (-viy) B) -simon С) -gi (-ki) D) -dor 88. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik qiyin bo‘lmadi. Ushbu gapda qanday ma’no hosil qiluvchi sifat yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan? A) payt ma’nosini bildiruvchi B) xoslik ma’nosini bildiruvchi C) o‘xshashlik ma’nosini bildiruvchi D) zidlik ma’nosini bildiruvchi 89. Sifat tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 2 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘shma B) 2 turga: 1. Tub. 2. Yasama С) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘sh-ma. 3. Juft. 4. Takror D) 4 turga: 1. Sodda. 2. Qo‘sh-ma. 3. Juft. 4. Inkor 90. Qo‘shma sifatlar asosan qanday yoziladi? A) qo‘shib B) ajratib С) chiziqcha bilan D) qo‘shib va ajratib 91. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan? A) sodda B) qo‘shma С) sodda, qo‘shma D) sodda, qo‘shma, juft 92. Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o‘tirgan ekan. Ushbu gapdagi juft so‘z qanday so‘zlardan tarkib topgan? A) tub so‘zlardan B) o‘zaro shakldosh, yasama so‘zlardan С) o‘zaro ma’nodosh, yasama so‘zlardan D) otdan 32 93. Sifatlar qaysi xususiyatiga ko‘ra asl va nisbiy sifat kabi turlarga bo‘linadi? A) bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq- kamligi jihatidan B) belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalashiga ko‘ra С) qo‘llanishiga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra 94. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sifatlar qanday ataladi? A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar С) oddiy darajadagi sifatlar D) yasama sifatlar 95. Belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, boshqa bir tushunchaga nisbatlangan holda ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar qanday ataladi? A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar С) oddiy darajadagi sifatlar D) yasama sifatlar 96. Bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq- kamligi jihatidan farqlanishi nima deyiladi? A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar С) sifat darajalari D) sifatning tuzilishiga ko‘ra turlari 97. Nechta sifat darajasi mavjud? A) 2 ta B) 3 ta С) 4 ta D) 5 ta 98. Narsa-buyumlar orasidagi belgi o‘zaro taqqoslanmasa, qanday daraja hosil bo‘ladi? A) orttirma daraja B) qiyosiy daraja С) ozaytirma daraja D) oddiy daraja 99. Boshqa darajalar uchun asos vazifasini bajaruvchi daraja qaysi? A) orttirma daraja B) oddiy daraja С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja 100. Daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan daraja qaysi? A) orttirma daraja B) oddiy daraja С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja 101. Go‘zal bir yigit eshikni ochdi. Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qo‘llangan? A) orttirma daraja B) qiyosiy daraja С) ozaytirma daraja D) oddiy daraja 102. Narsa-buyumdagi belgining boshqalarga nisbatan ortiq yoki kamligi qiyoslanishi qaysi darajani hosil qiladi? A) orttirma daraja B) oddiy daraja С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja 103. Qiyosiy daraja qanday hosil qilinadi? A) nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan B) -roq qo‘shimchasi bilan С) -mtir (-imtir), -ish kabi qo‘shimchalar bilan D) sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali 104. Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi daraja qanday ataladi? A) orttirma daraja B) oddiy daraja С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja 105. Ozaytirma daraja qanday hosil qilinadi? A) 1. Nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan. 2. -roq qo‘shimchasi bilan B) 1. Eng, nihoyatda, juda kabi so‘zlar bilan. 2. Sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali С) 1. Birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘indan keyin to‘xtam berish orqali. 2. -mtir (-imtir), -ish kabi qo‘shimchalar bilan D) 1. Nim, picha, sal kabi so‘zlar bilan. 2. -mtir (-imtir), -ish kabi qo‘shimchalar bilan 106. Belgining boshqa narsa-buyumlarga qaraganda ko‘pligini bidiruvchi daraja qanday ataladi? A) orttirma daraja B) oddiy daraja С) qiyosiy daraja D) ozaytirma daraja 107. Orttirma daraja qanday hosil qilinadi? A) eng, nihoyatda, juda kabi so‘zlar bilan B) sifatning birinchi bo‘g‘inini ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan takrorlash orqali С) birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘indan keyin to‘xtam berish orqali D) barchasi 108. Sifatning nechta ma’no turi mavjud? A) 4 ta B) 5 ta С) 6 ta D) 8 ta 109. Sifatning ma’no turlarini sanang. 1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. 2. Rang-tus bildiruvchi sifatlar. 3. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar. 4. Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar. 5. Hid bildiruvchi sifatlar. 6. Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar. 7. Daraja-miqdor belgisi-ni bildiruvchi sifatlar. 8. Holat belgisini bildiruvchi sifatlar. A) barchasi B) 1, 2, 4, 6, 7, 8 С) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5, 7, 8 110. Xususiyat bildiruvchi sifatlarga qanday sifatlar kiradi? A) chiroyli, baland, benuqson, qadimiy B) mazali, qiyshiq, to‘g‘ri, egri С) aqlli, xushfe’l, odobli, uyatchan D) buyuk, chiroyli, og‘ir, keng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling