otlari deyiladi. Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)m, -(i)k, (-q)
qo’shimchalari yordamida yasaladi: ezmalik, g’allachilik, serobgarchilik, terim,
unum va hakozo. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lgan narsalarni
bildirgan otlarga aniq otlar deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, dutor va hakozo.
Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan, tafakkur va tasavvur orqali
idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi: xayol, aql,
o’y, go’zallik va hakozo. Aniq otlar birlik va ko’plik shaklida qo’llana oladi, ammo
mavhum otlar ko’plik shaklida qo’llanganda, asosan, ko’plik ma’nosi emas, balki
ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi.
Mavhum otlar -lik, -ch, -inch qo’shimchalari yordamida yasaladi.
Otlarning lug’aviy shakllari.
Son shakllari, Otlarning -lar qo’shimchasini olgan shakli ko’plik shakli, -lar
qo’shimchasiz shakli esa birlik shakli sanaladi. Otlarning ko’plik shakli ko’plik
ma’nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko’zim – ko’zlarim,
labi –lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin. Otlarning -cha, -choq, -chak
kabi qo’shimchalarni olgan shakli kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina) -jon,
-xon, -oy kabi qo’shimchalarni olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi.
nom (katta harf bilan)
ot (kichkina harf bilan)
shaxs
Karim
bola, do’st, o’quvchi
joy
Samarqand
ko’cha, shahar
NAMUNAVIY TESTLAR
1. Otlarning lug’aviy shakli qaysi?
A) -im
B) –lar С) -i D) -ga
2.
Qizlar
tillaqosh,
bargak,
zebigardon,
qo‘ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib,
shoyi ko‘ylak, nimcha, kamzul kiyib yasanar
edilar. Ushbu gapda otning tuzilishiga ko‘ra
qaysi turlari uyushgan?
A) sodda va yasama
B) sodda va qo‘shma
С) sodda va takror
D) faqat sodda
3. 1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi.
2. Qo‘shchinor mas’uliyati cheklangan ishlab
chiqarish birlashmasi. 3. Bulung‘ur tumani
hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti.
5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar
tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni
zavodi. 8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy
Xo‘jalik sudi. 10. Istiqbol fermer xo‘jaligi.
Ushbu birliklarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
A) 1,2,4,9 B) 1,5,6,7,9 С) 1,3,8 D) 1,4,10
4. Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li
Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs nomi bor?
A) 1 ta B) 3 ta С) 2 ta D) shaxs nomi yo‘q
5. O‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimchalarni
sanang.
1. -zor 2. -loq 3. -iston 4. -(u)v
5. -xona 6. -lik 7. -goh 8. -gun
A) 1, 2, 4, 5, 8
B) 1, 3, 5, 6, 7
С) 1, 2, 3, 5, 7
D) barchasi
6. Ko‘plik shakli hurmat ma’nosini bildirgan
gapga misol keltiring.
A) Magazinga bugun yog‘lar keldi
B) Opamlar kecha kelishgan edi
С) Undan keyin ancha suvlar oqib ketdi
D) Ko‘zlarim hali harf tanimas edi
Do'stlaringiz bilan baham: |