6. Qarag‘aysimonlar sinfi. Kiparisnamolar, tissnamolar, podokarpusnamolar qabilasi. Qizilchasimonlar sinfi. Ginkgosimonlar sinfi Reja
Qizilchanamolar - (Ephedrales) qabilasi
Download 0.54 Mb.
|
6 Qarag‘aysimonlar sinfi Kiparisnamolar, tissnamolar, podokarpusnamolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ginkgosimonlar (Ginkgoopsida)
Qizilchanamolar - (Ephedrales) qabilasi
Qabila bitta qizilchadoshlar oilasi va bitta qizilcha (Ephedra) turkumidan iborat. Bu turkumning yer sharida (ayniqsa Yevrosiyo va Amerikada) 40 dan ziyod turi tarqalgan bo‘lib, O‘zbekistonda 10 ta turi o‘sadi. Ularga asosan buta va balandligi 6-8 m ga yetadigan ayrim daraxtlar kiradi. Qizilchalar tashqi ko‘rinishidan qo‘rinishidan qirqbo‘g‘imlarga yoki Avstraliyada o‘suvchi yopiq urug‘lilarga oid kazuarinlarga o‘xshaydi. Poyasi bo‘g‘imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki halqasimon o‘rnashgan. Novdalari serqirra, yashil, unda fotosintez jarayoni o‘tadi. Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli va ko‘pincha ikki uyli. Ba’zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil shoxchalarining bo‘g‘imlaridagi barglarining qo‘ltiqlarida 2-3 tadan, ba’zan 4 tadan mikrosporafillalar joylashgan. Har bir mikrostrobil 2 tadan to 8 juftgacha qarama-qarshi o‘rnashgan tangachasimon qoplagich bargchalarga ega. Erkaklik (changchi) qubbasida 2-8 tagacha mikrosporangiyalar hosil bo‘ladi. Urg‘ochi (urug‘chi) qubbalar (monostrabili) ham xudi erkaklik qubbalari singari yashil shoxchalarning bo‘g‘imlaridagi barglarning qo‘ltiqlarida 2-4 tadan joylashgan. Har bir urg‘ochi qubbada (megostrobilda) yetilgan paytda unga shamol yordamida chang kelib tushadi va urg‘ochi gametofitda joylashgan 2 ta arxegoniyda bittasini urug‘lantiradi. Undan keyinchalik urug‘ taraqqiy etadi. Urug‘ pishgandan so‘ng qubbani o‘rab turuvchi 4 ta tangachasimon barglar o‘ziga shira to‘plab, qizil, sarg‘ish, zarg‘aldoq rangdagi yumshoq etli (meva) ga aylanadi. Shuning uchun u qizilcha deb ataladi. Qizilchalar xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Jumladan Ye.equisetina, Ye.intermedia nomli turlaridan tabobatda yurak xastaliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi. Ginkgosimonlar (Ginkgoopsida) sinfi (ajdod). Bu sinfga o‘tmishdan saqlanib kelayotgan bitta oila (ginkgodoshlar-Ginkgoaseae) ga mansub bitta monotip relikt tur (Ginkgo biloba) kiradi. Ginkgodoshlar oilasining 17 ga yaqin turkumlari vakillarining qazilma holdagi qoldiqlari topilgan. Ularning eng qadimgisi - sfenobayeralar bo‘lib, ular perm davriga oid qoldiqlardan topilgan. Ginkgodoshlar bo‘r davridan boshlab tabiatda kamayib borgan. Tabiiy sharoitda ginkgo faqat sharqiy Xitoyning Tyanmu Shan tog‘ida ozroq maydonda saqlanib qolgan. So‘nggi paytlarda Xitoydan ginkgoning ikkinchi turi topilganligi haqidagi ma’lumotlar bor. Ginkgo so‘zi yapon tilidan olingan bo‘lib, «kumushrang o‘rik» yoki «kumushrang meva» degan ma’noni anglatadi. Yaponiya, Xitoy, Koreyalarda bu muqaddas daraxt sifatida ziyoratgox joylarda, parklarda o‘stirilgan. 1730 yillarda u g‘arbiy Yevropaga keltiriladi. 1771 yilda K.Linney bu o‘simlikka Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling