6. Qarag‘aysimonlar sinfi. Kiparisnamolar, tissnamolar, podokarpusnamolar qabilasi. Qizilchasimonlar sinfi. Ginkgosimonlar sinfi Reja
Download 0.54 Mb.
|
6 Qarag‘aysimonlar sinfi Kiparisnamolar, tissnamolar, podokarpusnamolar
Ginkgo biloba deb ilmiy nom bergan. Ko‘p mamlakatlarda shu jumladan O‘zbekistonda ham 1920 yildan boshlab manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Ginkgo biloba balandligi 30 m dan oshadigan, qishda bargini to‘kuvchi siyrak shox-shabbali daraxt. Barglari oddiy uzun bandli, yelpig‘ichsimon. Barg yaprog‘i ikki bo‘lakli. Ginkgoning igna bargli daraxtlardan farqi shundaki, unda smola hosil bo‘lmaydi. Ginkgo-ikki uyli o‘simlik. Kulay sharoitda ginkgo 20-30 yoshlarida urug‘ bera boshlaydi. Ginkgolarda erkaklik (mikrostrobil) va urg‘ochi (megastrobil) qubbalari qisqargan shoxlarda joylashgan. Erkaklik qubbalarining uchida mikrosporofillar spiral holda joylashgan. Mikrosporofillari qisqa bandli bo‘lib, har bittasida ikkita, ba’zan 3-4 ta mikrosporagiya (changdonlar) joylashgan. Mikrosporangiylarda hosil bo‘ladigan mikrosporalar(changlar) sagovniklarning mikrosporasiga o‘xshash. Mikrosporaning o‘sib, erkaklik gametofitga aylanishi mikrosporangiydan ajralib chiqmasdan avval, uning ichida boradi. Tayyor mikrospora bahorda urug‘ kurtakning chang kamerasiga tushgandan so‘ng undan ikkita harakatchan spermatozoid hosil bo‘ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani urug‘lantirgandan so‘ng zigota, undan keyin urug‘ murtak hosil bo‘ladi. Urug‘larning intigumentidan urug‘ po‘sti hosil bo‘ladi. Urug‘ murtagining taraqqiyoti ko‘pincha urug‘ yerga to‘kilgandan so‘ng boradi. Bu jihatdan ginkgodoshlar ham sagovniklarning taraqqiyotiga o‘xshab ketadi. Ginkgoning urug‘ida tinim davri bo‘lmaydi. Gingkolar uzoq umr ko‘ruvchi daraxtlardan hisoblanadi. Xitoy, Koreya va Yaponiyada 1000 yoshdan ortiq yashagan tuplari bor. Ginkgo urug‘I yordamida va qalamchasidan ko‘payadi. Ginkgo havosi ifloslangan joylarda ham bemalol o‘saveradi, kasalliklarga ham chidamli. Shuning uchun uni manzarali o‘simlik sifatida o‘stirish maqsadga muvofiq. Urug‘ining tashqi yumshoq etli qavati iste’mol qilinadi. Filogenetik jihatdan ular kordaitlarga ancha yaqin turadi. Gingkgoales tartibi hozir Ginkgoaceae degan atigi bitta oilani o‘z ichiga oladi, bu oilaning birdan-bir vakili ginkeo ( Ginkgo biloba) dir. G.Biloba adl bo‘ladigan daraxt bo‘lib, balandligi 30-40 m ga, yo‘g‘onligi 3-4 m ga yetadi. Poyasi 18 sm gacha boradi, masalan, Avstraliyada o‘suvchi Macroramia Hopei ning poyasi shuncha keladi. Ginkgo barglari juda g‘alati: ular odatda ikki bo‘lakka bo‘lingan uchburchak plastinkadan iborat bo‘lib, uzun bandga aylanadi; ba’zan plastika yaxlit bo‘ladi. Ginkgo - ikki uyli o‘simlikdir: uning mikro va makrosporangiylari har xil individda hosil bo‘ladi. Kordaitlar Kordaitlar asosan paleozoy erasida o‘sib, hozir qurib bitgan o‘simliklar tartibidir. Tartibning eng yaxshi o‘rganilgan vakili Cordates avlodidir. Tanasida serbar yog‘och zonasi bilan o‘ralgan, o‘sha yog‘och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog‘och qismiga o‘xshagan edi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling