6-seminar muomala odobining axloqiy asosi nimada?


Download 23.52 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi23.52 Kb.
#233019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa 6

«Madaniyat» tushunchasi. Bu tushuncha (arabcha shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i) tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydi va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy guruh yoki jamiyatning faoliyat usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks ettiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta’siri (yerga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foydalanish va h.k.) hamda insonning o‘zini tarbiyalashi va bilim olish ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik turli xalqlar madaniyatning o‘zaro yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o‘laroq jahon madaniyati, tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo bo‘ldi. Inson faoliyatining ikki asosiy turi — moddiy va ma’naviy yaratuvchanlikka ko‘ra, madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo'linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar — mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari — bilim, odob-axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, nafosat, fan, san’at, adabiyot, folklor, asotirlar va shu kabilar kiradi. Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davrlarida madaniyat yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari ustuvor o‘rin tutishi lozimligi tushunilgan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud. Masalan, Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta’sir etadi va unda bu munosabatlar qanday natijalarga olib kelishi o‘ziga xos tarzda namoyon boladi. Shu bois madaniyat nafaqat o‘tmish

yoki bugungi kun, balki kelajakka nisbatan munosabatning ifodasi hamdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi. Insoniyat o‘zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bolsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi boiish mumkin emas, madaniyat rivojida noyob iste’dod sohiblari: fan, adabiyot, san’at ahli ham katta o‘rin tutadi. Ular tufayli madaniyatda yangi yondashuv, ijod turlari, badiiy-estetik qarashlar yuzaga keladi. Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan ayrim kasb turlari madaniyatning alohida shakli sifatida e’tirof etiladi. Masalan, kitobat madaniyati, kulolchilik madaniyati, binokorlik, mashinasozlik, temirchilik, ipakchilik madaniyatlari va h.k. Bundan tashqari, fanda madaniyatning barcha xalqlar hayotida alohida o‘rin tutadigan turlari ham qayd etiladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi madaniyati, texnologik madaniyat, mintaqaviy madaniyat va h.k. Bu hoi madaniyat turlarini alohida-alohida hamda qiyosiy o‘rganish yondashuvining shakllanishi, fanning alohida tarmogl sifatida ajralib chiqishiga olib keldi.





  1. Download 23.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling