6-sinf 7-sinf 0’zbek
1. Saklarning ko’pchiligini tashkil etadigan guruhi yashagan hududni aniqlang?
A) Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning quyi oqimi
B) hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlarida
C) Pomirning tog’li tumanlarida va Farg’onada
D) Sirdaryoning yuqori oqimi va Pomirning tog’li tumanlarida
2. Movarounnahrga tegishli masalalar qaysi kengashda hal qilinar edi?
A) Devon al-mashriq B )Devon al-mag‘rib
C) Devon al-haram D) Devon al-xaraj
3. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini tashkil etgan sohalar xato berilgan javobni aniqlang?
A) Sug’orma dehqonchilik
B) Chorvachilik
C) Savdo-sotiq
D) Hunarmandchilik
4. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 99 yil o‘tgach ....
1) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi
2) Sug‘dda G‘urak va Divashtich boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi
3) Xalifa Marvon II taxtdan ag‘darildi
4) Movarounnahrda Muqanna qo‘zg‘oloni boshlandi
5) Abul Abbos Saffox xalifa deb e’lon qilindi
6) Arab xalifaligida Ummaviylar sulolasi ag‘darilib, hokimiyat tepasiga abbosiylar keldi
A) 3,5 B) 3,5,6 C) 2,4,5 D) 1,2,6
5. Quyidagilar orasidan miloddan avvalgi XVIII asrda sodir bo'lmagan voqealarni aniqlang.
1. Misrga giksoslarning bostirib kirishi.
2. Bobilda Xammurapi hukmronligi davri.
3. Doriylar tomonidan Sparta shahriga asos solinishi.
4. Yunonlarning Troya shahriga hujumi.
5. Xett davlatiga asos solinishi.
6. Minoy sivilizatsiyasining vayronaga aylanishi.
7. Tabiiy ofatlar tufayli hind vodiysidagi manzilgohlarning zavolga uchrashi.
A) 3,4,6 B) 1,2,5,7
C) 1,3,5,7 D) 2,4,5,6
6. 720-yilda Sug‘dliklarga yordam berish uchun qayerdan turk lashkarlari keladi?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy.
7. Tuproqqal`a markaziy maydonida nima joylashgan?
A) Saroy va ibodatxona
B) Saroy va bozor
C) Bozor va ibodatxona
D) Saroy va hovuz
8. Abu Muslim qayerlik edi?
A) Xalab. B) Kufa. C) Basra. D) Pera.
9. Quyida keltirilgan voqealardan bir asrda yuz berganlarini belgilang.
1. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi 21 ta kitobga jamlangan
2. Maurya davlati o‘z ravnaqining cho'qqisiga ko'tarildi
3. Rimda barcha fuqarolar qonun oldida teng deb e’lon qilingan qonunlar qabul qilindi
4. Ahamoniylar imperiyasi tomonidan Baqtriya bosib olindi
5. Yunon-Baqtriya davlati yuechji qabilalari tomonidan bosib olindi.
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3
C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
10. Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch qayerda Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi?
A) Zarafshon vodiysi. B) Farg‘ona vodiysi.
C) Ohangaron vodiysi. D) Talos vodiysi.
11. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emas?
A) Musiqa xudosi B) Go'zallik xudosi
C) She'riyat xudosi D) Sevgi xudosi
12. O‘g‘uzlar kimlarning etnogeneziga muhim rol o‘ynaydilar?
A) O‘zbek va tojiklar
B) Turkman va ozarbayjon
C) Qoraqalpoqlar va turkmanlar ,ozarbayjonlar
D) O‘zbek va qoraqalpoqlar
13. Qaysi davlatda poytaxtdan tashqari Jo‘l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan?
A) O‘g‘uzlar davlati. B) Qoraxoniylar davlati.
C) Qarluqlar davlati. D) Qoraxitoylar davlati.
14. Quyidagi fikrlardan qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas?
A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan
B) Shudralar Braxmaning tovonidan yaratilgan
C) Misrda o’rta podsholikda Sinay yarimoroli bosib olingan
D) Aleksandr Eronni ham egallagan
15. Afinadagi qaysi tashkilot hokimlar va sudyalarni saylagan?
A) Xalq sudi
B) Xalq majlisi
C) Oqsoqollar kengashi
D) Besh yuzlar kengashi
16. Mil.avv. IV asr oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi?
1. Kichik Osiyo 2. Eron 3. Misr
4. Mesopotamiya 5. Kavkazorti
6. Arabiston yarim oroli 7. Parfiya
8. Marg'iyona 9. Xorazm
10. So'g'diyona 11. Shimoliy Hindiston 12. Baqtriya
A) 1,2,4,7,8,10,12 B) 2,4,7,8,10,12
C) 1,3,5,6,8,11 D) 2,4,7,8,10,11,12
17. Qaysi davlatlar faqat Movarounnahrgina emas, balki butun O‘rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi?
A) Xorazmshohlar va Qoraxitoylar davlati.
B) O‘g‘uzlar va Qarluqlardavlati.
C) Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlati.
D) Safforiylar va Somoniylar davlati.
18. Qang’ davlati qudratli davlat birlashmasiga aylangan vaqtda sodir bo’lgan tarixiy voqeyani aniqlang?
A) Buyuk Ipak yo’li vujudga keldi
B) Rimda mavqeyidan qatiy nazar hamma qonun oldida tengligi e’tirif etildi
C) Rim imperiyasining “oltin davri”
D) Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi
19. Ismoil Somoniy qaysi hududlarga yurish qiladi?
A) Janubi g‘arbiy. B) Shimoli g‘arbiy.
C) Janubi sharqiy. D) Shimoli sharqiy.
20. Oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv qayerdan topilgan?
A) Surxko’tal
B) Qadimgi Termizdan
C) Dalvarzintepa D) Oybo’yirqal’a
21. Kimning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi o‘nta devon orqali idora etilgan?
A) Bayhaqiy. B) Gardiyziy.
C) Beruniy. D) Narshaxiy.
22. Qaysi davlatda davlat mudofasi va qo’shin tuzish bilan strateg lavozimi shug’ullangan?
A) Kushon davlatida
B) Salavkiylar davlatida
C) Yunon-Baqtriya davlatida
D) Rim davlatida
23. Somoniylar davlatida siyosiy vaziyat kimlar hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi?
l.Nuh. 2. Nasr. 3. Nuh II. 4. Nasr II.
A) 1-2. B) 3-4.
C) 1-3. D) 2-4.
24. Qadimgi Xitoy davlati … vujudga keldi?
A) Xuanxe daryosining o‘rta oqimida
B) Xuanxe va Yantszida
C) Yantszining yuqori oqimida
D) Xuanxening yuqori oqimida
25. X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmatlari uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi. Bunday mulk nima deb yuritilardi?
A) “Iqto”. B) “Tanho”. C) “Vaqf’. D) “Jogir”.
26. Afinadagi qaysi tashkilot hokimlar va sudyalarni saylagan?
A) Xalq sudi
B) Xalq majlisi
C) Oqsoqollar kengashi
D) Besh yuzlar kengashi
27. G‘aznaviylar davlatida shaharlarda boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan?
A) Amid. B) Kutvol. C) Rais. D) Voliy.
28. Hozirgi Turkiya hududida vujudga kelgan davlat aholising asosiy mashg’uloti nima?
A) Dehqonchilik va hunarmandchilik
B) Savdo-sotiq va Chorvachilik
C) Dehqonchilik va chorvachilik
D) Savdo-sotiq va dehqonchilik
29. Alifbosini Yunonlar o’zlashtirib olgan xalq qo’shnilariga nimalar sotgan?
A) G’alla,metall,qul
B) Yog’och,metall,qul
C) Yog’och,metall,gazlama
D) Yog’och,qul,gazlama
30. Shanga qo’shni Chjou bostirib kelgan davrda jahon tarixida qanday voqea sodir bo’ldi?
A) Bobil davlati tashkil topdi
B) Moxenjodaro va Xarappa shaharlari vujudga keldi
C) Nil qirg’oqlarida manzilgohlar paydo bo’ldi
D) Zardushtiylik dini vujudga keldi