6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Download 179.84 Kb.
bet35/53
Sana13.10.2023
Hajmi179.84 Kb.
#1701498
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
6-sinf. Botanika 7-dars gul-fayllar.org

Gk(5) Gt1+2, (2) Ch(9)+1 U1
20.5. Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi

Oila vakillari: Achchiqmiya, afsonak, akatsiya, astragul, beda, boqila, burchoq, gledichiya, isirg`a o`t, loviya, mosh, no`xot, aksitrops, oqquray, quyonsuyak, sebarga, shirinmiya, soya, tangao`t, tuxumak(yapon saforasi), yantoq, yasmiq, yer yong`oq, zirako`t
Burchoqdoshlar oilasiga Yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 400 turkumi oid 12000 ga­ yaqin tur o‘simlik kiradi. Respublikamizda burchoqdoshlarga oid 57 turkumga mansub 470 dan ortiq turdagi o‘simlik o‘sadi
Bu oila vakillarining ko‘pchiligi bir, ikki va ko‘p yillik o‘tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi.
Oila vakillarining ildizi – o‘q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o‘simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o‘zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik o‘suvchi, ilashuvchi, o‘raluvchi yoki yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari ko‘pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to‘pgulga joylashgan. Gulkosachasi yarmigacha qo‘shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo‘lib,

5 ta gultojbargdan hosil bo‘lgan. Ulardan ustidagi yirikrog‘i «yelkan» yoki «bayroqcha» deb ataladi; ikki yoniga joylashgani «qanotcha» yoki «eshkak» deyiladi. Bir-biri bilan qo‘shilgan bir juft ostki gultojbarg esa «qayiqcha» deyiladi. Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan, o‘ninchisi esa erkin, urug‘chisi 1 ta. Mevasi dukkak.


Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan o‘simliklardan biri o‘tloq sebargasidir.


O‘tloq sebargasi bo‘yi 25–50 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. U asosan tog‘ etaklarida, daryolar va ariqlarning bo‘ylarida, qisman begona o‘t sifatida sug‘oriladigan ekinlar orasida uchraydi.
Barglari uzun bandli, uch yaproqchali. Gullari mayda, 2–3,5 sm keladigan boshcha shaklidagi to‘pgulga joylashgan. Dukkagi bir urug‘li, tuxumsimon, uzunligi 1,5–2 mm.
O‘zbekistonda sebarga turkumining 7 ta turi o‘sadi. Bularning hammasi yuqori sifatli oziqbop va guli asal-shiraga boy o‘simliklar hisoblanadi.
Ko‘pchilikka tanish, burchoqdoshlarga mansub o‘simliklar qatoriga yantoq ham kiradi.
Yantoq asosan tog‘ etaklaridagi tekisliklarda, qir va cho‘llarda o‘sadi, respublikamizda yantoq turkumiga oid 4 ta tur tarqalgan.
Yantoqning yoshi oshgan sari uning ildizi ham chuqurlikka va yoniga qarab uzaya boradi. Chuqurlikka qarab o‘sgan ildiz ko‘p vaqt o‘tmay, yer osti suvlariga yetib boradi. Shuning uchun unga «uning boshi olovda, oyog‘i esa suvda» deyishadi.
Yantoq bebaho, to‘yimli oziqbop o‘simlik. U qorako‘lchilik o‘tloqlarining asosiy o‘simliklaridan biri hisoblanadi. Yantoqning guli asal-shiraga boy.
Yozning issiq kunlarida yantoqdan shakar ajraladi. Respublikamiz aholisi qadimdan va hatto urush yillarida ham yantoq shakaridan foydalanishgan.
Tabiatda burchoqdoshlarning turli maqsadlarda ishlatiladigan isirg‘ao‘t, quyonsuyak, shirinmiya, oqquray, zirako‘t, qashqarbeda, afsonak, astragal, boqila, burchoq, beda kabi turkumlarining turlari o‘sadi.
Bu oilaning madaniy o‘simliklari – mosh, no‘xat, loviya, soya va yasmiq alohida ahamiyatga ega.
Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi yeryong‘oq va boshqalar ekiladi. Bu o‘simlikning vatani Braziliya. Yeryong‘oq bir yillik o‘t, barglari juft patsimon murakkab. Guli to‘q sariq, dukkagi cho‘ziq. Gullari changlanib va urug‘lanib bo‘lgach gulli novdalari qayrilib tuproq ichiga kiradi va meva hosil qiladi.
Respublikamizning shahar va qishloqlaridagi istirohat bog‘larida, xiyobonlarda va ko‘chalarda manzarali daraxt sifatida ekiladigan o‘simliklardan tuxumak (Yapon saforasi), tikan daraxt, gledichiya va oq akatsiya burchoqdoshlar oilasiga kiradi.
Burchoqdoshlar oilasi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga boyligi, ya’ni 60 turni o‘z ichiga olishi bilan alohida o‘rinda turadi. Turlar sonining ko‘pligi jihatidan astragal (37 tur), oksitrops (13 tur) va tangao‘t (8 tur) turkumlari ajralib turadi.


Download 179.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling