6 sinf darslik 1-5 mavzular
Download 33.7 Kb.
|
6-sinf 1-5 mavzular
6 sinf darslik 1-5 mavzular 1. Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan tarixning qaysi yordamchi sohasi o’rganadi? A) Numizmatika B) Geraldika S) Epigrafika D) Sfragistika 2. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar nima deb ataydilar. A) Sivilizatsiya B) Evolyutsiya S) Revolyutsiya D) Renessans 3. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqda boshlanib, so’ngra ..... A) Pireney yarim orolida B) Yunonistonda S) Sharqiy Yevropada D) Yaqin Sharq mamlakatlarida 4. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a'yonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmuyi, biografiyalarida aks ettirilgan bo’lib ularda nimalar haqida hikoya qilinadi. A) Yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san'at B) Yurishlar va janglar, qo’rg’onlar, qasrlar va shaharlar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san'at S) Harbiy jang san’ati va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san'at D) Yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, chorvachilik va dehqonchilik, kutubxonalar va olimlar 5. Quyida keltirilgan mualliflardan qaysi biri yurtimiz qadimgi aholisi to’g’risida ma’lumotlar beradi? A) Kvint Kursiy Ruf B) Arrian S) Gerodot D) Sim Syan 6. Qadimgi tarixchilar va ularning yashagan davrlari to’g’ri berilgan javobni toping. A)Gerodot mil.avv. IV asr B) Strabon mil.avv. II asr S) Arrian mil.avv. II asr D) Kvint Kurtsiy Ruf milodiy I asr 7. Birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo'lgan qarindoshlar uyushmasi bu... A) Ibtidoiy to'da B) Davlat S) Urug’ D) Harbiy demokratiya 8. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asarini muallifi qaysi asrlarda yashagan A) mil.avv. V asr B) mil avv. I asr S) mil.avv. II asr boshalari D) milodiy II asr 9. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi nima deyiladi? A) Ibtidoiy to’da B) Urug’ S) Ibtidoiy jamoa D) Hududiy qo’shnichilik jamoasi 10. mil.avv. 1 mln yillikdan – 100 ming yillikkagacha qaysi davr nima deb ataladi? A) Ilk paleolit B) O’rta paleolit S) So’nggi paleolit D) O'rta tosh davri 11. O'rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qaysi manzilgohlardan topilgan. A) Ko’lbuloq va Teshitosh B) Selungur va Ko'lbuloq S) Selungur va Teshitosh D) To’g’ri javob yo’q 12. Qaysi yodgorlikdan 8-9 yosh bola suyaklari topilgan? A) Ko’lbuloq B) Teshiktosh S) Seleng’ur D) Obirahmat 13. Eng dastlabki qoya rasmlari qayerlardan topilgan. A) Altamir, Maykop va Lasko B) Zaroutsoy, Altamir va Maykop S) Altamir, Kapova va Lasko D) Sarmishsoy, Takalisoy va Teraklisoy 14. Mezolit davri oxirida quyidagi voqealardan qaysi biri yuz beradi? A) Insoniyat tikuvchilikni kashf etdi B) Insoniyat xayvonlarni xonakilashtira boshladi S) Muzlik davri tugadi D) G’ildirak kashf etildi 15. Quyida keltirilganlardan qaysi biri neolit davrida yuz bergan? A) Turar joylarni barpo etilishi B) To’quvchilik S) O’q-yoyni kashf etilishi D) G’ildirakni yaratilishi 16. Neolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi? A) mil.avv. 4-3 ming yil B) mil.avv. 12-7 ming yil S) mil.avv. 3-2 ming yil D) mil.avv. 6-4 ming yil 17. Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yohud balo-qazoni bartaraf etishiga ishonish... A) Fetishizm B) Animizm S) Totemizm D) Magiya 18. Bronzadan yasalgan to’g’nag’ich va tosh munchoqlar nechanchi asrga oid? A) mil.avv. XVIII asr B) mil.avv. XVII asr S) mil.avv. XVI asr D) mil.avv. XIX asr 19. Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar qachon vujudga kela boshladi? A) Mil avv. ІV ming yillikda S) Mil.avv ІІІ ming yillikda B) Mil.avv V ming yillikda D) Mil.avv VІ ming yillikda 20. Patriarxat qaysi davrda boshlanadi? A) Neolit davri B) Eneolit davri S) Mezolit davri D) So’nggi Poleolit davri 21. Zamonboboda qaysi ming yilliklarda charvodorlar va dehqonlar yashagan? A) Mil.avv І ming yillikda S) Mil.avv ІІ ming yillikda B) Mil.avv ІІІ ming yillikda D) Mil.avv ІV ming yillikda 22. Olimlar qaysi yodgorlikda qazishmalar o’rnida uy-joy, maishiy va xo'jalik xonalardan tarkib topgan paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik-yirik xumlarda saqlangan bug'doy va donni topishgan. A) Zamonbobo B) Jarqo’ton S) Tozabog’yop D) Sopollitepa 23. Temirdan birinchi bo'lib kimlar, qachon foydalanganlar? A) Kichik Osiyoda xettlar, XV - XІV asrlarda B) Kichik Osiyoda xettlar XІV - XIІІ asrlarda C) Mesopotamiyada xurritlar. XІІ - XІ asrlarda D) Kavkazorti xalqlari, XІІ - XІ asrlarda 24. O’rta Osiyodan topilgan ilk temirdan yasalgan buyumlar asosan nechanchi asrlarga oid? A) Mil. avv. IX-VІII asrlarga S) Mil. avv. VІІІ-VІІ asrlarga B) Mil. avv. VІ-V asrlarga D) Mil. avv. V-ІV asrlarga 25. Temir asri boshlarida O’rta Osiyoda aholi to’rt guruhga ajratilgan. Ular qanday tartibda bo’lgan? 1. Kohinlar 2.Savdogarlar 3.Jangchilar 4.Zodagonlar 5. Dehqonlar. 6. Hunarmandlar A) 1, 2, 3, 4. В) 1,3,5,6 S) 2,4,5,6 D) 4,3,5,6 26. Qabila ittifoqlarga harbiy sardorlar saylangan davrda jamiyat qanday tamoyillar asosida yashay boshlagan? A) Harbiy demokratiya S) Monorxiya B) Respublika D)Hududiy qo’shnichilik 27. «Varzana» nima? A) Qabilalar ittifoqi S) Hududiy qo’shnichilik jamoasi B) Katta patriarxal oila D) Urug’ jamoasi 28. Temir necha gradusda eriydi? A) 1200o B) 1500o S) 300o D) 1300o 29. «Zantu» bu... A) Hududiy qo'shnichilik jamoasi B) Urug' jamasi S) Katta patriarxal oila D) Qabila 30. «Avesto»da yurtimizdagi qaysi tarixiy viloyatlar nomlari keltirilgan? A) Baqtriya, So’g’d va Xorazm B) Baqtriya, So’g’d va Farg’ona S) Marg’iyona, So’g’d va Xorazm D) Baqtriya, Mouru va Xorazm 31. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf nechanchi asrda yashagan? A) Mil.avv ІІ asrda B) Mil. Avv. І asrda S) Milodiy І asrda D) Milodiy ІІ asrda 32. Janubiy Afrikadan topilgan odam suyaklari qoldig’i fanda qanday nomlanadi? A) Sinontrop B) Pitekantrop S) Fergantrop D) Avstralopitek. 33. Quyida keltirilganlardan qaysi biri mezolit davriga oid yodgorlik hisoblanadi? A) Machay B) Ko’lbuloq S) Sopollitepa D) Sarazm 34. Eng qadimgi odamlar foydalangan qo’pol tosh qurolllar nima deb ataladi? A) Makrolit B) Cho’qmor S) Mikrolit D) Chopper. 35. Diniy e'tiqodlar kurtaklari va marhumlar ko’milgan eng qadimgi qabrlar qachon vujudga kelgan? A) Ilk Paleolitda S) So’nggi Paleolitda B) O’rta Paleolitda D) Mezolit davrida 36. Qaysi davrda odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’ldilar A) Neolitda B) So’nggi Paleolitda S) Mezolitda D) Eneolitda Download 33.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling