6-sinf fizika darsligi asosida 35-mavzu: Mexanikaning oltin qoidasi. Mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti


Download 0.69 Mb.
Sana19.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1709764
  • 6-sinf fizika darsligi asosida 35-mavzu:
  • Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq bermasligi bilan tanishdingiz.
  • Buni kengroq ma’noda qaralsa, «har qanday mexanik mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo‘ldan shuncha marta yutqazadi» degan xulosaga kelinadi.
  • Bunga «mexanikaning oltin qoidasi» deyiladi.
  • Oldingi mavzuda biror yukni ma’lum balandlikka ko‘tarishda mexanizmlarning og‘irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik.
  • Bularni hisobga olinsa, m massali yukni h balandlikka ko‘tarishda Af = mgh ishga nisbatan ancha ko‘p ish (Au ) bajarish zarurligi kelib chiqadi.
  • A qishqalanishlarni yengish, mexanizmning o‘zini ham ko‘tarish va h.k. larni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha ishlar.
  • Foydali ish (Af)ning umumiy ish (Au) ga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti deyiladi:
  • η (eta) – foydali ish koeffitsiyenti (qisqacha FIK).
  • Ko‘pincha FIK foizlarda ifodalanadi:
  • Har qanday mexanizmning FIK 100% dan kam bo‘ladi (3-jadvalga qarang).
  • FIKni oshirish uchun mexanizmning og‘irligi, undagi ishqalanishlarni kamaytirishga harakat qilinadi.
  • Konstruksiyalari takomillashtiriladi.
  • Ilmoqli taxtachani olib, uni dinamometrga osib, og‘irligi Fog‘ir ni o‘lchang.
  • Taxtacha osilgan dinamometrni sekin yuqoriga ko‘tarib ko‘ring. Stol yoki uzun chizg‘ich yordamida qiya tekislik hosil qiling.
  • Taxtachani chizg‘ich ustida tekis harakatlantirib, dinamometr ko‘rsatishini yozib oling (69-rasm).
  • Qiya tekislik balandligi h ni va uzunligi s ni o‘lchab oling.
  • Olin gan ma’lumot lardan foydalanib, qiya tekislikning FIK ni · 100% formuladan hisoblang.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling