6-sinf II qism
Download 95.26 Kb.
|
6-sinf test
6-sinf II qism Hikoya tarzining ravonligi, badiiy san’atlar bilan bezalgani, fikr va qarashlarning aniq ifoda etilishi bu asarning shavq bilan o’qilishiga zamin yaratadi. Gap qaysi asar haqida ketmoqda? J:”Mahbub ul-qulub” Inson vujudining mevalik bog’I nima? J: Hilm Insoniyat bog’ining hosildor daraxti nima? J: saxovat “Mahbub ul-qulub” asarida keltirilishicha, dursiz sadaf bilan nimaning farqi yo’q? J: qurib qolgan toshbaqa chanog’ining Kim ishqni dur-u gavharga o’xshatib uni har kimsaga sotib bo’lmasligini ta’kidlaydi? J: Yassaviy “Mahbub ul-qulub” asarida Navoiy yorug’ joyda sham yoqqanni kim deb ataydi? J: aqldan begona Bemahal hadya qilingan zarbof chopon….. J: yaramaslikdir Insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirilgan narsa? J: hilm Bu davr bog’ining xas-xashak singari odamlarining odatlari va salobatlari nimalardan iborat? J: tog’ jussasini oyoqosti qilmoq-odatlari, dala-dashtlardagi zarralarni ko’kka sovurmoq-salobatlari Yomg’ir uchun tog’ lolasini jola etgan shoir? J: Furqat Hilm mazmunida nima bor? J: shoh tojiga qadalgudek o’t kabi qizil la’l bor Ilm-fan jonkuyari, ma’rifat kuychisi bo’lgan adibning devonini toping. J: “Saodat ul-iqbol” Mazlumga yaxshilik qilsang…. J: zolimdan omonda bo’lasan. “Raiyat bir poda bo’lsa, sen cho’ponsan,u mevali daraxt bo’lsa, sen bog’bon” ushbu fikrlar kimning qaysi asaridan? J: A. Navoiy “Hayrat ul-abror” 3-maqolat ‘Salotin bobida” Yor uldirki, o’ziga ravo ko’rmagan narsani toriga ham ravo ko’rmagay… ushbu misralarning janrini aniqlang. J: qit’a “Ishonmagil do’stingga, somon tiqar po’stingga” maqoli qayerda uchraydi? Gulxaniy “Toshbaqa bilan chayon” Osmonning ham rashkini keltirgan do’stlik qaysi asarda uchraydi? J: “Hayrat ul-abror” da “Sher va durroj” Bog’I eramning rashkdan ko’ksida dog’ ekanligi kimning qaysi asarida uchraydi? J: Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” Ko’p, bemaza so’zlaydigan kishilar nimaga o’xshatilgan? J: tong otguncha tinmay huradigan itga Navoiyning fikricha, eshakning bemahal hangrashi… J:nodonning vahshiylarcha baqirmog’idir Odam qaysi imkoniyati orqali boshqa hayvonlardan imtiyozlidir? J:tili bilan Alisher Navoiyning fikricha, insonni hayvondan ajratib turadigan narsa nima? J: iymon Qanddan may tayyorlanishi asarda aynan nimaga ishora qilib ko’rsatilgan? J: chuchuk tilning achchiqqa aylanishiga Asarda kumushga oltinni qoplab sotuvchi zargarga kim o’xshatilgan? J: yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustomoni Erituvchi va kuydiruvchi ko’ra kishi vujudiga qanday ta’sir etadi? J: vujud oltinini toblab, xom gildan tozalaydi Shaharda toqati qolmay, safarga chiqqan obraz kim? J:Muqimiy “Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim” “Yurganlarni daryo deydilar” ushbu satrlar muallifi kim? J: Asqad Muxtor “Yurgan daryo-o’tirgan bo’yra” maqoli qaysi asarda qo’llangan? J: “O’tkan kunlar” Tavoze va adabning negizi nima? J:Azob va mashaqqat “musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaysan” maqoli kim tomonidan aytilgan? J: Polvon tog’a “Sariq devni minib” Hech qachon umidsizlikka tushmaslik kerakligini qish ketidan yoz kelishini misol qilib keltirgan shoirning she’rlarini ayting. J: “Sho’rlik qozog’im”, “Boy bolasi bilan kambag’al bolasi”, “Ilm o’rgan”, “O’lan” Navoiyning fikricha, qanday odam qurbaqaga o’xshaydi? J: O’zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam “Gahi topdim falakdin notavonlig’ Gahi ko’rdum falakdin komronlig’” janrni aniqlang. J: masnaviy Navoiy “Mahbub ul-qulub”ning nechanchi qismida yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida so’z yuritadi? J: 2-qismda Hassos shoirlarni sanang. J: M.Shayxzoda, Muqimiy, Mirtemir, Gulxaniy, Abay, Ogahiy, Oybek, O’.Hoshimov Amir Umarxonning taxallusi? J: Amiriy Turmush o’rtog’I Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan shoiraning g’azallariga kim nazira bitgan? J: Furqat Nodiraning qaysi g’azalida Shayx San’on obrazi keltiriladi? J: “Oqibat” radifli g’azalida Gulxaniyning ijodining qaysi janrda va qaysi nomdagi asarida ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan? J: “Barmog’im”, ‘Ey to’ti”, “Lola ko’ksidek bag’rim” Navola nima? J: in’om, ehson; taom, luqma “Zarbulmasal”da nechta masal bor? J: 15 dan ortiq Ijodkorlarga o’z badiiy maqsadini amalga oshirish uchun bir vosita nima? J: voqea-hodisa Rustoiy so’zining ma’nosi? J: qishloqi; nodon O’z haddi va o’rnini bilishga chorlangan hikoyat? J: “Kabutar va zog’” “Eshak o’yuni 40 yilda va yana it o’yuni bor anda” bu gap kimning nutqidan? J:kajdum Sonmoq so’zining ma’nosi? J: bilmoq, hisoblamoq “Hubbul-vatani minal-imoni” qaysi asarda uchraydi? J: A. Avloniy “Vatanni sevmak” Fard so’zining jarangsiz undoshi jarangli juftiga o’zgarishi natijasida yuzaga kelgan paronim so’zning bugungi kundagi ma’nosi nima? J: Vard-atirgul Eng shafqatsiz, eng battol deya ta’riflangan personajning ismi bilan bir xil ismdagi qahramon ishtirok etgan dostondagi tog’ning nomini toping. J: Mug’ol tog’i Purkarda so’zining eski o’zbek tilidagi yana bir sinonimini toping. J: korafta “Tuya bilan bo’taloq”da voqealar bo’lib o’tgan joyda kimlar tavallud topgan? J: Asqad Muxtor, Bobur, Erkin Vohidov, X.To’xtaboyev “Tuya bilan bo’taloq”da voqealar qaysi faslda bo’lib o’tgan? J: Yozda “Toshbaqa bilan chayon” masalida Sangpusht qayerga yo’l olgan edi? J: Iroqdan Hijozga Sahroda kichik narsa uzoqdan katta bo’lib ko’rinishini payqagan inson kim? J: A.Navoiy “Zulmat ichra nur”da to’rsiq misolida “Toshbaqa bilan chayon”da nahri azimdan o’tish uchun ko’prik va sol bo’lishga ojizlik qilgan narsalarni toping. J: tafakkur kuchi bunga ko’prik; tadbir qamishi sol bo’lishga ojiz edi Chayonning toshdan ham nishini ayamasligi haqida yozilgan she’rning janrini aniqlang. J: Qit’a Yodgor po’stindo’z necha yoshida Ibrohim alayhissalomni kofirlar o’tga otayotganida o’sha yerda ekanligidan lof uradi? J: 15 yoshida “Haqiqat qilichidek keskir, beomon” deya qaysi asarda aynan nima ta’riflangan? J: “Sohinqiron”da rux “Maymun bilan najjor” voqealari qayerda bo’lib o’tadi? J: Kashmirda “Bir qamar siymoni ko’rdim baldayi Kashmirda” misralarining muallifi? J: Furqat Kimning bog’ida lavand bog’bon bor edi? J: Ibrohimbek bog’ida Abay qayerda va qanday oilada tavallud topgan? J: qozog’iston yettisuv viloyati Chingiztog’ tumanida chorvador boy oilasida Dehqon oilasida kimlar tug’ilgan? J: Musa Jalil, Mirtemir, S.Yesenin Ahmad Rizo madrasasida kim o’qiydi? J: Abay No’g’ay domlaning maktabida kim o’qigan? J: Mirtemir Abayning dostonlarini sanang. J: “Iskandar”, “Mas’ud”, “Azim rivoyati” Abayning teran falsafiylik bilan yo’g’rilgan, ezgulik va yaxshilikka da’vat qiluvchi asarlarini tarjima qilgan shoirlardan birining qaysi she’rida bir misra 6 marta takrorlanadi? J: Mirtemir “Betobligimda” she’rida “Majnuntol tagiga o’tqazing meni” misrasi “Naqliya so’zlar” necha bo’limdan iborat? J: 44 Abay nasihatlarining qaysi bandiga ko’ra qanday odamlar birovga do’st bo’lmaydi? “Uchinchi so’z” yalqov, kishilar oldida tilanchi, suq, ochko’z, hunarsiz kishilar Faqat mingdan bir kishigina o’zini ehtiyot tutib yuradigan narsa nima? J: Quvonch va mag’rurlik-mastlik Abayning fikricha, nima odamgarchilik hisoblanmaydi va bu qaysi “Nasihatlar”ning qaysi bandida ta’kidlangan? J: “Yettinchi so’z”da dunyodagi barcha mavjud voqea-hodisalarning sirini hech bo’lmasa yuzakiroq ham bilmaslik odamgarchilikdan emas G’ayrat, Aql, Yurakning bahsida nima “adashgan bandalarni to’g’ri yo’lga solib yuborishi”ni aytgan? J:G’ayrat Nima odamlarning yaxshisini yaxshilikka, yomonini yomonlikka yetkazadi? J: Yurak Yaxshiga ham, yomonga ham xizmat qiladigan narsa nima? J: Aql Abayning ta’kidlashicha, ilm va aqlga putur yetkizadigan omillar nimalar? J: beg’amlik, beparvolik, o’yin-kulgiga ixlos qo’yishlik Ilmga mehr qachon o’gay onaning mehri kabi bo’ladi? J:faqat ko’nglidagi narsa uchungina o’sha ilmni o’rganayotgan bo’lsa Kishini tuzatishdan ko’ra buzib qo’yadigan narsa nima? J: ilmni o’rganayotganda bahsning haddan oshib ketishi Qaysi ikki xususiyatni kuchaytirmay turib, ilmni o’rganish qiyin deya ta’kidlanadi? J: birinchisi-mulohaza yuritish, muhofaza qilish Badjahl odamning qo’rqoq yoki maqtanchoq ekanligini qanday bilsa bo’ladi? J: hech kimga gap bermay, lo’lilik qilib shovqin solishidan Buyuk bir qoya deya ta’riflangan narsa uchun kurashadigan obrazlarni qaysi asarda ko’rishimiz mumkin? J:”Asrga tatigulik kun”da Sobitjon va uning turmush o’rtog’I timsolida Abay dunyoni nimaga o’xshatgan? J:Ko’lga Dunyoni hayratxona deya ta’riflagan shaxs? J: Nodira Dunyoni kimlar bozorga o’xshatgan? J: Yassaviy, “Mehrobdan chayon”da Tohir aka Dunyoni bo’yi, vafosi yo’q gulshanga kim o’xshatgan? J:Ogahiy Yomon do’st nimaga o’xshatilgan? J: ko’lanka Ko’lankasi bilan do’st tutingan daraxt haqida she’r yozgan shoirning qaysi she’rida iyul oyidagi voqealar aks ettirilgan? J: “Tug’ilish” Abay kimlarni tul deb atagan? J: g;ayratsiz jahl, qayg’usiz oshiq, shogirdsiz olim Baxtiyor bo’lguncha kishi baxtini kimlar tilaydi? J: o’zi va eli Baxt so’zini eldan keyinroq aytishi haqida she’r yozgan shoir shoirlik so’zini qanday ta’riflagan? J: “shoirlik-jasorat so’zining tarjimasi” “Qushcha” she’ri kimlarning ijodida uchraydi? J: A.Oripov, M.Jalil “Momo yer” nomi ostida asar yozgan ijodkorlarning ismini asar janri bilan moslashtiring. J:Ch.Aytmatov-qissa,T.To’la-pyesa “Lirika” kimlarning ijodida uchraydi? J: X.Saloh, E.Vohidov Mualliflarini toping a)“Oltin qirg’oq”, b)“Oltin soch”, c)“Olovli yo’llar”,d)”Olov sochlar” J:a-I.Yusupov, b-M.Jalil, c-Oybek, d-H.Olimjon S.Ahmadning “Sobiq” hikoyasida qahramonimiz qayerda uchinchi bo’lib so’zga chiqadi? J:rayon o’t o’chirish komandasining keksa xodimini nafaqaga chiqarayotganda “Sobiq” hikoyasida qahramon kinoga tushgan traktor va yer egasining ismi bilan adash bo’lgan qahramon qaysi asarda uchraydi? J:”Ufq” da Ummatali-Azizbekning otasi Ingichka mo’ylovli qahramon qaysi asarda? J:”Sobiq” To’mtoq mo’ylovli qahramon qaysi asarda? J:”Muzqaymoq” Gulxaniyning “Zarbulmasal”ida Yodgor po’stindo’z 25 yoshida xonaqohida loy tepib, g’isht bergan insonning she’rlarida nima ustuvorlik qiladi? J:xalqona ruh “Sohibqiron”da keltirilishicha, Amir Temurning oti qanday laqab bilan chaqirilar edi? J: Kuno’g’lon Musa Jalil pistoleti so’nggi minutda xiyonat qilganini qaysi she’rida keltirib o’tadi? J: “Kechir, yurtim” Download 95.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling