6 синф мажбурий блок


Download 31.5 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1262610
Bog'liq
6 синф мажбурий blok 4 (3)


6 синф мажбурий блок
1. Avestoda hududiy qoʻshnichilik jamoasi nima deb nomlangan ? A) nmana B) Vis S) varzana D) zantu
2. Surxondaryo vodiysidan topilgan qadimgi ziroatchilarning manzilgohining nomi qaysi javobda toʻgʻri berilgan ? A) Sopollitepa B) Obishir S) Zamonbobo D) Jarqoʻton
3. Dehqonchilik va chorvachilik qaysi davrda paydo boʻldi ? A) Mezolit B) Eneolit S) Paleolit D) Neolit
4. Qachondan qadimgi odamlar takomillashgan kesuvchi, arralovchi mehnat qurollari yasaydigan boʻlishgan ? A) ilk paleolit. B) oʻrta paleolit S) soʻngi paleolit D) neolit
5. Biror hayvon yoki oʻsimlik bilan qarindoshlik aloqalari borligiga ishonish nima deyiladi? A) Animizm B) fetishizm S) ateizm D) totemizm
6. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi nima deyiladi ? A) ibtidoiy toʻda B) matriarxat S) patriarxat D) urugʻ i
7. Makedoniyalik Aleksandrning Oʻrta Osiyoga harbiy yurishlari haqida maʼlumot beruvchi milodiy II asrda yozilgan asarning muallifi va nomi qaysi qatorda toʻgʻri berilgan ? A)Yunon tarixchisi Gerodot. Tarix B) Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf . Makedoniyalik Aleksandr tarixi S) Yunon tarixchisi Arrian .Aleksandrning harbiy yurishlari D) Yunon tarixchisi Strabon. Geografiya
8. Qaysi olim Makedoniyalik Aleksandr tarixi nomli asar yozgan? A)Yunon tarixchisi Gerodot B) Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf S) Yunon tarixchisi Arrian D) Yunon tarixchisi Strabon
9. Kimlar qadimgi odamlarning ko'pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlab qolgan xo'jalik va madaniy an'analarini o'rganadilar. A) Arxeologlar B) Lingvistlar S) Etnograflar D) Antropologlar
10. Qadimgi tangalarni o'rganish bilan qaysi fanlar shug'ullanadi.? A) epigrafika B) numizmatika S) Arxeologiya D) Lingvistika
11. Makedoniyalik Aleksandr bilan Spitaman o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tgan edi? A) mil.avv.328-yil kuzida B) mil.avv.330-yil kuzida C) mil.avv.327-yil kuzida D) mil.avv.329-yil kuzida
12. Makedoniyalik Aleksandr yurishi davrida qaysi daryoning nomi «Politimet» deb nomlangan edi? A) Hind B) Sirdaryo C) Amudaryo D) Zarafshon
13. Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan oxirgi shohni aniqlang. A)Doro I B)Doro II C)Doro III D)Kserks
14. Makedoniya podshosi Aleksandr nechanchi yilda Sharqqa yurish boshladi? A)Mil.avv 334-yilda B)Mil.avv 336-yil C)Mil.avv 330-yil D)Mil.avv 329-yil
15. Fors shohi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qiladi? A) mil.avv.530-yil. B) mil.avv.522-yil C) mil.avv.545-yil. D) mil.avv.540-yil
16. Zardushtiylikda Insonning asosiy burchi nima? A) adolatli turmush tarzi B) yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish C) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal D) Ezgulik va Yovuzlik
17. Avestoni kim tarjima qilgan? A) F. Shampalyon B) F. Rixtgofen C) A.Dyuperron D) Poliyen
18. Muqaddas ichimlikka sig`inuvchi saklar qaysi hududda yashashgan? A) Orol dengizi bo`ylari va Yaksart daryosining quyi oqimida B) Toshkent viloyati va Pomirning tog`oldi viloyatlarida C) Farg`ona viloyati va Hisorning tog`oldi viloyatlarida D) Farg`ona va Pomirning tog`oldi viloyatlarida
19. Quyida berilgan qaysi xalq so`g`diylarning eng yaqin qo`shnilari hisoblangan? A) Xorazmliklar B) Saklar C) Massagetlar D) Baqtriyaliklar
20. Qadimgi Yerqo'rg'on shahri hozirgi qaysi viloyatga to`g`ri keladi? A) Surxondaryo B) Xorazm. C) Samarqand D) Qashqadaryo
21. Ud va do'mbira cholg`u asbobini chalayotgan musiqachilar tasviri qayerdan topilgan? A) Ayritom B) Xolchayon C) Qoratepa D) Dalvarzintepa
22. Kushon hukmdori saroyi qayerda joylashgan? A) Dalvarzintepa B) Xolchayon C) Qoratepa. D) Ayritom
23. Kushon davlatida pul islohotini amalga oshirgan hukmdorni aniqlang A) Kudzula Kadfiz B) Kanishka C) Vima Kadfiz. D) Mitridat
24. Oybo’yirqa’ladan topilgan yozuv qaysi davrga taaluqli? A) Miloddan avvalgi III-II asr B) Miloddan avvalgi V-IV asr С) Miloddan avvalgi I asr- milodiy I asr D) Milodiy II-III asr
25. Xum sirtiga bitilgan yozuv qaysi yodgorlikdan topilgan? A) Oybo’yirqa’la. B) Qo’yqirilganqa’la C) Jonbosqa’la D) Tuproqqa’la
26. Aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari qaysi shahar xarobalaridan topilgan? A) Jonbosqa’la B) Qo’yqirilganqa’la С) Oybo’yirqa’la D) Tuproqqa’la
27. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi qaysi davrga borib taqaladi? A) m.av. IV asr. B) m.av. VI asr С) m. av VII asr D) m. av VIII asr
28. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori bo‘lmish kim o‘zini podsho deb e’lon qiladi. A) Yevtidem B) Antiox C) Diodot D) Demetriy
29. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan kimlar shug‘ullanar edi? A) Satrap B) Strateglar C) konsullar D) To’g’ri javob yo’q
30. Makedoniyalik Aleksandr qachon vafot etadi? A) Mil. avv. 313-yil B) Mil. avv. 323-yil C) Mil. avv. 324-yil D) Mil. avv. 318-yil
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling