6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


Olmoshning qaysi ma’no guruhlari juftlashib kela oladi?


Download 194.3 Kb.
bet19/98
Sana08.07.2023
Hajmi194.3 Kb.
#1659320
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
Bog'liq
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

Olmoshning qaysi ma’no guruhlari juftlashib kela oladi?

J: kishilik, ko’rsatish (men-sen, u-bu)

  1. Kishilik olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisa hosil bo’ladi?

J: tovush tushadi (mening)

  1. Ko’rsatish olmoshlariga egalik qo’shimchasi qo’shilsa qanday fonetik hodisa ( tovush tushushi, tovush almashinuvi, tovush orttirilishi) hosil bo’ladi?

J: tovush orttiriladi (bunim)

  1. Ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa qanday fonetik hodisa ( tovush tushushi, tovush almashinuvi, tovush orttirilishi) sodir bo’ladi?

J: tovush orttiriladi (bunga, shunga)

  1. Olmoshlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisalar sodir bo’ladi?

J: Tovush tushadi, (meni) tovush ortadi (unga)

  1. Olmoshlarning qaysi ma’no turiga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi?

J: Kishilik olmoshlariga ( meni- men-ni )

  1. O’zlik olmoshi qanday ma’no ifodalaydi?

J: shaxsni aniqlash bilan birga ta’kidlab ham ko’rsatadi. ( Men o’zim qildim)

  1. Uchta shaxsni bildiradigan olmoshlar…

J: kishilik olmoshlari hisoblanadi. ( men, sen, u)

  1. Belgilash olmoshlari deb nimaga aytiladi?

J: to’pdan ajratilgan yoki jamlab ko’rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat va holatlarni ifodalovchi olmoshlarga belgilash olmoshlari deyiladi.

  1. Qaysi olmoshlar –lar qo’shimchasini olsa-da mazmunan birlikka ishora qila oladi?

J: kishilik (ular- hurmat ma’nosida)

  1. Biz kishilik olmoshi mazmunan birlikka ishora qilsa, gapda qanday ma’no ifodalaydi?

J: kamtarlik ( Men qildim. Biz qildik)

  1. U olmoshini kishilik yoki ko’rsatish olmoshi ekanligini qanday aniqlasa bo’ladi?

J: Kishilik bo’lsa kim? So’rog’iga javob bo’ladi. (U keldi) Ko’rsatish olmoshi bo’lsa qaysi? so’rog’iga javob bo’ladi. ( U kitob meniki)


  1. Download 194.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling