6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)


Teng bog’lovchilar necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar?


Download 194.3 Kb.
bet32/98
Sana08.07.2023
Hajmi194.3 Kb.
#1659320
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Bog'liq
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)

Teng bog’lovchilar necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar?

J: 4 guruhga bo’linadi: 1. Biriktiruv bog’lovchilari
2. Zidlov bog’lovchilari
3. Ayiruv bog’lovchilari
4. Inkor bog’lovchilari

  1. U rostini gapirib bergani uchun onasi urishmadi, balki yolg’on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi. Gapda teng bog’lovchining qaysi turi ishtirok etgan?

J: zidlov bog’lovchisi ( balki)

  1. Teng bog’lovchilarining qaysi turlari takror holatda ham qo’llanila oladi?

J: Ayiruv va inkor bo’lovchilari yakka va takror holatda qo’llanila oladi. (Yo…yo, na…na)

  1. Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. Gapda teng bog’lovchining qaysi turi ishtirok etgan?

J: inkor bog’lovchisi (na,na,na,na)

  1. Sof bog’lovchilar berilgan qatorni toping?

J: va, ammo, lekin, biroq

  1. Bilan so’zini qaysi vazifada kelganini qanday aniqlash mumkin?

J: Va bog’lovchisini qo’yib ko’rish orqali. ( qalam bilan daftar – bog’lovchi, qalam bilan yozmoq- ko’makchi)

  1. Ham so’zini qaysi vazifada kelganini qanday aniqlash mumkin?

J: Va bog’lovchisini qo’yib ko’rish orqali. ( Yozda Buxoroga qarindoshlarimizni ko’rgani bordik ham ( bog’lovchi) tarixiy obidalarni tomosha qildik.
Bilimli kishi o’lsaham (yuklama) uning nomi o’chmaydi.

  1. u(-yu), -da yuklamalari boglovchi o’rnida kelganini qanday aniqlash mumkin?

J: Va bog’lovchisini qo’yib ko’rish orqali.

  1. Teng bog’lovchilardan qaysi biri galma-gal ifodalanayotgan voqea va hodisalarni ifodalayotgan gaplarni bog’laydi.

J: ayiruv bog’lovchilari ( Goh yomg’ir yog’ardi, goh quyosh chiqardi. Gapda ikki voqea galma –gal sodir bo’layapti)


  1. Download 194.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling