O’zaro bog’lanayotgan gaplardan birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilarni toping?
J: yo, yoki ( Yo sen gapir, yo men.)
Ayiruv bog’lovchilaridan aynan qaysilari galma-gal ifodalanayot voqea-hodisalarni bog’lab keladi?
J: dam…dam, goh…goh,ba’zan…ba’zan, bir…bir
Inkor bog’lovchilari yordamida bog’langan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
J: tasdiq shaklida ( U na o’qiydi, na yozadi- inkor bog’lovchisi. Kesimda –ma yo’q)
Ergashtiruvchi bog’lovchilar deb nimaga aytiladi?
J: O’zaro tobe munosabatda ya’ni birini biri aniqlab, ergashtirib keladigan gap bo’laklari va gaplarni bog’laydigan vositalar ergashtiruvchi bog’lovchilar deyiladi.
Vergul sabab bog’lovchilarining qaysi qismiga qo’yiladi?
J: Sabab bog’lovchilaridan oldin vergul ishlatilinadi. ( Hech qachon chunki, negaki bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yilmaydi.)
Yordamchi so’z turkumlaridan qaysi birida ham so’z, ham qo’shimchalarni uchratish mumkin?
J: yuklamalarda (-mi, hatto)
So’roq-taajjub yuklamalarini toping?
J: -mi, -chi, -a(ya)
So’roq-taajjub yuklamalaridan qaysi biri so’zlarga qo’shilib yoziladi?
J: mi yuklamasi
Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarini toping?
J: hatto,-ku, ham, nahotki, -u,-yu,-da,oq (yoq), axir, g’irt
Ayiruv – chegaralov yuklamalari berilgan qatorni toping?
J: faqat, -gina(-kina,-qina) atigi yuklamalari
Ayiruv –chegaralov yuklamalaridan qaysi biri shakldoshlik xususiyatiga ega?
J: -gina(-kina,-qina) (kichraytirish-erkalash qo’shimchasi ham bor)
Do'stlaringiz bilan baham: |