6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar)
J: Holmonning so’zi e’tiborga olinmadi
Download 194.3 Kb.
|
6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)
J: Holmonning so’zi e’tiborga olinmadi.
28. Shohdorxon Yovmit yurtiga yurish qilganda o’zining o’rniga kimni o’tqazib ketdi? J: Noyibi Subyonni. 29.Shohdorxon qancha yo’l bosib Taka-Yovmit Urganch yurtining Asqar degan tog’iga yetib qo’ndi? J: 3 oy. 30.Shohdorxon va uning askarlarini Yovmit yurtiga bostirib kelayotganini kim birinchi bo’lib payqadi? J: Taka-Yovmit elining tog’ga sayohatga chiqqan o’quvchi bolalari. 31.Asqar tog’iga sayohat qilgan mullavachchalarning kattasi kim edi? J: To’liboy sinchining o’g’li Ravshanbek. 32.Odilxon podsho Asqar tog’iga kelgan lashkarni kim ekanligini bilish uchun kimni elchi qilib yubordi? J: Taka begi Zamon degan lashkar boshlig’ini va bir necha odamlarni. 33.Shohdorxonga Holmon vazir qanday maslahat berdi? J: “Dushmaning xas bo’lsa qo’rq”,-deya maslahat berdi. 34.Odilxon podshoning qo’shiniga kim madad uchun kelib qo’shildi? J: Nazar degan kishi boshchiligida ko’p lashkar. 35.Odilxon va Shohdorxon podsholar o’rtasidagi jang qayerda va qancha vaqt davom etdi? J: Asqar tog’ida to’qqiz soat davom etdi. 36.Shohdorxonning yengilishiga nima sabab bo’ldi? J: Shohdorxonning manmanligi. 37.Asqar tog’ida qo’lga tushgan mullavachchalarning taqdiri nima bo’ldi? J:Odilxon podsho mullavachchalarni qo’yib yuborishini Shohdorxonga tayinladi va Shohdorxon Ravshanbekdan boshqa mullavachchalarni qo’yib yubordi. 38.Hamza kim? J: Shohdorxonning odami. 39.Ravshanni kim asrab oldi? J: Shohdorxonning odami bo’lgan Hamza podshosidan yashirib bir sandiqqa solib olib ketdi. 40.Ravshanbekdan tashqari yana kimlar Shohdorxonning odamlariga o’lja bo’lib ketdilar? J: Odilxonning beklaridan Jig’alixonning o’g’li Gajdumbek bilan qizi Bibi Hilollar. 41.Mirg'azab so'zining ma'nosi berilgan qatorni belgilang? J:“amiri g’azab so’zining qisqargani. Jazo beruvchilarning boshlig'i. 42.Qurandoz so’zining ma’nosi nima?- J: Qur’a tashlovchi, fol ko’ruvchi, tush ta’bir qiluvchi. 43.Shohdorxonning tushini ta’birini kim aytdi? J: Yusuf. 44.Bibi Hilol Ravshanbekni qayerda ko’rib qoldi? J: Ravshanbek Gajdumbekning ko’chasidan o’tib borayotganda Hiloloy sakkiz oshyonlik imoratning yuqorisidan qarab ko’chadagi Ravshanbekni ko’rib qoldi. 45.”Hur tal’atli maloyika kelbatli, shirin so’zli, jodu ko’zli, zulfi tol-tol bo’lib zulfi beliga tarmashgan, latibasi labiga tushgan, munchoqlari kindikdan oshgan”,-deb ta’riflangan qiz kim? J: Bibi Hilol. 46.”O’zing tug’may ul bo’lmas, sotib olmay qul bo’lmas”,- degan fikrni kim kimga nisbatan aytgan? J: Hamza, Ravshanbekka nisbatan. 47.”…suluv, qoshi qora, zulfi bo’yniga tushgan, kokili o’ziga juda ham o’ziga yarashgan, bodom qovoq, ko’rganlar bo’lur aftoda”,-deya ta’riflangan qahramon kim? J: Ravshanbek. 48.Ravshanbekni qul bozoridan kim qancha bahoga sotib oldi? J: Gajdumbek ming tilla evaziga. 49.Gajdumbek Ravshanbekni ming tilla evaziga sotib olib nima qildi? J: Bibi Hilolni Ravshanbekka nikohlab berdi. 50.Rustambek kim? J: Gajdumbekning xizmatkori (cho’ldagi yilqiboqar yigitlarga xizmat buyurib yuruvchi). 51.Gajdumbek va Ravshanbek nima uchun safarga chiqishdi? J: Bibi Hilolni keyin olib ketish o’yi bilan o’z yurtlarini ko’rish maqsadida Yovmit yurtiga safar qilishdi. 52.Gajdumbek va Ravshanbekning safari Shohdorxonga qanday ta’sir qildi? J: ko’nli qora bo’ldi. Orqalaridan quvib ketgan bir ming amaldorlar cho’lda otlaridan ayrilib piyoda bo’lib o’ldi. 53. Bibi Hiloldan sohibqiron tug'iladi degan kishilar kim? J: Qurandozlar , munajjimlar 54.Rustambekning Bibi Hilolga qarata:”Sen yo’liqding dushmanlarning qahriga, Ot chidamas achchiq qamchi zahriga. Eson-omon mingashtirib, Hiloloy, Yurgin, op ketay Yovmit shahriga!”- degan taklifiga qanday javob qaytardi? J: “Bir kun o’lmoq, bir kun tug’ilmoq”,-deya rad etdi. 55.Rustambekning taklifini Hiloloy rad etishining sababi nima edi? J: Bibi Hilol begona bir odam bilan mingashib borib akasi Gajdumbek va yori Ravshanbekni odamlar va qarindoshlari oldida yuzlarini yerga qaratishni istamadi. 56. Bibi Hilolning taqdiri qanday kechdi? J: Shohdorxon Hiloloyni kuydirib, kulini elakdan o’tkarib yubormoqchi bo’ldi va odam yubordi, ammo Shohdorxoning odamlari kelguncha tangridan o’lim so’rab vafot etdi. 57.Bibi Hilolni kim dafn qildi? J: Rustambek bir kampirni olib kelib xo’p yaxshilab yuvdirib, o’zi go’riga qo’ydi. 58.Gajdumbekdan qolgan mol-davlat kimga qoldi? J: Rustambekka. 59.Rustambek kimga uylandi? J: Badgir deganing siglisini oldi. 60.Gumona so’zining ma’nosi nima? J: Ona qornidagi xomila. 61.Bibi Hilol Ravshanbekdan necha oylik gumona bilan qolgan edi? J: Olti oylik. 62. Bibi Hilolafot etsa-a, gumonasi nima uchun nobud bo’lmadi? J: Xudoning rahmati bilan asrovda edi. 63.Bibi Hilolning gumonasi tug’ilishi arafasida qabrga kimlar tashrif buyurdi? J: Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi. 64.Go’ro’g’li qayerda tug'ildi va qanday ulg’aydi? J: qabrda, g'orda tu’gildi, Hiloloyga jon kirmadi, ammo go’dak oziqlanishi uchun sut kelib turdi. 65.Go’ro’g’lini kim farzandim dedi? J: Hazrati Xizr. 66.Hiloloyning tug’ilgan farzandiga kim qanday ism qo’ydi? J: Bibi Hilolning qabriga yig’ilgan azizlar bola go’rda tug’ilgani uchun Go'ro'g'li deb ism qo’yishdi. 67.Go’ro’g’li qabrdan qachon chiqdi? J: 3 yoshida,Go’ro’g’li tug’ilgandan beri yonib turgan chiroq o’chganda, onasiga sur kelmay, badani ko’mirday cho’ykab ketganda, Go’ro’g’li och qoldi, bunga chidolmagan Hiloloyning arvohi dod solib yig’laganini Hazrati Xizir eshitib qabr tepasiga kelib tuproqni teshgan joydan qabrga tushgan quyosh nurini ushlayman deb yuqoriga intilib chiqdi. 68.Go’ro’g’li onasiga sut kelmay qo’ygandan so’ng qanday oziqlandi? J: Rustambekning bir baytali bolasi o’lib ichi kuyib yurgan edi, Hazrati Xizir shu baytalni bo’yniga qo’riq solib olib keldi, u har kuni Go’ro’g’lini uch mahal kelib emizib ketdi. 69.Uch yoshli Go’ro’g’li dostonda qanday tasvirlangan? J: Juda suluv, quvi o’n to’rt kunlik oydek deya. 70.Go’ro’g’liga qanday hayvon tashlandi? J: Mozoristonda yotgan sher. 71.Go’ro’g’lini sherdan kim qutqarib qoldi? J: Hazrati Xizr. 72.Rustambek go’rdagi bolaning o’gil yoki qiz ekanligini qanday aniqladi? J: Egar bilan uch oshiqni qabrning bir yoniga, ikki qo’g’irchoq va ro’molni qabrning ikkinchi yoniga qo’yib qaysi birini tanlab o’ynashini poyladi. 73.Go’ro’g’lini kim asrab oldi? J: Rustambek. 74.Go’ro’g’li Rustambek xonadonida necha yil tarbiyalandi? J: 4 yil. 75.Go’ro’g’libekni ota yurti Yovmit eliga borishga kim da’vat etdi? J:Go’ro’g’libekning tushiga Hazrati Xizr kirib Bibi Hilol ovozida da’vat etdi. 76.Daryolar oqqan, ko’rgan odamlarning aqli shoshgan, ichida sol ko’prik, kema, qayiqlar qurtday qimirlab har tarafga kelib, ketib borayotgan shahar qaysi? J: Rayhon arabning shahri. 77.Go’ro’g’libekning otini laqabi nima? J: G’ir ot 78.Shirvon eliga Go’ro’g’libek nima maqsadda tashrif buyurdi? J: Chechasi Xoljuvonoyimni o’z yurtiga qaytarib olib ketgani. 79.Xoljuvonoyim kim? J: Go’ro’g’libekning tog’asi Ahmadning umr yo’ldoshi. 80.Xoljuvanoyim Shirvon yurtiga nima uchun kelib qolgan? J: Rayhon arab Xoljuvonoyimni 3 yil avval olib qochib kelgan. 81.Nima uchun Xoljuvonoyim Go’ro’g’libek bilan o’z yurti Yovmitga qaytishni xohlamadi? J: Saltanatli Ahmadning davlati va martabasi ellarning ichida past bo’lmasin deb. 82.Xumoroy kim, uning laqabi nima? J: Xumoroy Rayhon arabning qiz, laqabi Zaydinoy. 83.Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon… deya ta’riflangan qahramon kim? J: Zaydinoy. 84.Zaydimoyning husn-u jamoli qanday tasvirlanadi? J: Shirin so’zli, qizil yuzli, jodu ko’zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oydan suluv,ofdobdan ortiq, oy desa og’zi bor, kun desa ko’zi. 85.Xoljuvonoyim Go’ro’g’liga nimani maslahat beradi? J: Or-nomusga barobar bo’lish uchun, Zaydinoyni olib qochib ketishni. 86.G’irko’k kimning oti? J: Rayhon arabning 87.Go’ro’g’libek G’irot bilan qaysi daryodan uchib o’tdi? J: Tajan daryosi. 88.Qizi Zaydinoyni olib qochayotgan Go’ro’g’libekka qarata Rayhon arab nima dedi? J: … Men senga bir nasihat aytayin, Download 194.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling