Olmoshning qaysi ma’no guruhlari juftlashib kela oladi?
J: kishilik, ko’rsatish (men-sen, u-bu)
Kishilik olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisa hosil bo’ladi?
J: tovush tushadi (mening)
Ko’rsatish olmoshlariga egalik qo’shimchasi qo’shilsa qanday fonetik hodisa ( tovush tushushi, tovush almashinuvi, tovush orttirilishi) hosil bo’ladi?
J: tovush orttiriladi (bunim)
Ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa qanday fonetik hodisa ( tovush tushushi, tovush almashinuvi, tovush orttirilishi) sodir bo’ladi?
J: tovush orttiriladi (bunga, shunga)
Olmoshlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilganda qanday fonetik hodisalar sodir bo’ladi?
J: Tovush tushadi, (meni) tovush ortadi (unga)
Olmoshlarning qaysi ma’no turiga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi?
J: Kishilik olmoshlariga ( meni- men-ni )
O’zlik olmoshi qanday ma’no ifodalaydi?
J: shaxsni aniqlash bilan birga ta’kidlab ham ko’rsatadi. ( Men o’zim qildim)
Uchta shaxsni bildiradigan olmoshlar…
J: kishilik olmoshlari hisoblanadi. ( men, sen, u)
Belgilash olmoshlari deb nimaga aytiladi?
J: to’pdan ajratilgan yoki jamlab ko’rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat va holatlarni ifodalovchi olmoshlarga belgilash olmoshlari deyiladi.
Qaysi olmoshlar –lar qo’shimchasini olsa-da mazmunan birlikka ishora qila oladi?
J: kishilik (ular- hurmat ma’nosida)
Biz kishilik olmoshi mazmunan birlikka ishora qilsa, gapda qanday ma’no ifodalaydi?
J: kamtarlik ( Men qildim. Biz qildik)
U olmoshini kishilik yoki ko’rsatish olmoshi ekanligini qanday aniqlasa bo’ladi?
J: Kishilik bo’lsa kim? So’rog’iga javob bo’ladi. (U keldi) Ko’rsatish olmoshi bo’lsa qaysi? so’rog’iga javob bo’ladi. ( U kitob meniki)
Do'stlaringiz bilan baham: |