Mustahkamlash
Lug’at ishi
sayohat – xarid qilish –
qaytmoq – xushmuomala –
Mustaqil ish. She’rni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
QOVUN
Obinovvot qovunman,
Bitta tishlab ovun, ma.
Nega bo‘ldim men nomdor?
Chunki choponim guldor.
Yonbosh qilib yotaman,
Shirin o‘yga botaman.
Xayolimda odamlar –
Bozorda meni tanlar.
Anvar Obidjon
Uyga vazifa. „Qovun“ she’rini yod oling.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Bozorda. Qanday? Qanaqa? so’roqlari
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda bozor haqida tushunchani, sotuvchi – xaridor orasidagi o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya: Dars jarayonida olgan bilim, ko’nikma, malakalarini hayotda qo’llay olish kompetensiyasini shakllantirish
Dars metodlari: hamkorlik metodi, aqliy hujum,
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Do'stlaringiz bilan baham: |