6-sinf. Tarix. 1-10-mavzular 1


Download 26.36 Kb.
Sana08.12.2020
Hajmi26.36 Kb.
#162507
Bog'liq
6 s to‘lq test


6-sinf.Tarix.1-10-mavzular 1.Quyidagi manzilgohlarning qaysi davrga oid ekanligini aniqlang. 1.O`rta Osiyoda eng qadimgi odamlarning tosh qurollari topilgan manzilgoh 2.o`rta paleolit odami manzilgohi 3.so`nggi pleolit odami manzilgohi 4.bronza davri manzilgohi 5.o`rta tosh davri odami manzilgohi a)Zarafshon daryosi havzasi,Xorazm, Surxon vohasi b)Farg`ona vohasidagi Seleng`ur va Toshkent vohasidagi Ko`lbuloq manzilgohi c)Samarqand shahri, Toshkent viloyati, Farg`ona vodiysi d)Surxandaryo viloyati Boysun tumani e)Farg`onaning tog` va tog`oldi tumanlari, Toshkent vohasi, Surxandaryo A)1-a,2-b,3-c,4-d,5-e B)1-c,2-d,3-b,4-a,5-e C)1-b,2-e,3-d,4-c,5-a D)1-b,2-d,3-c,4-a,5-e 2.Quyidagi ixtiro va hayotiy o`zgarishlar qaysi tarixiy davrga oid ekanligini aniqlang. 1.dastlabki dafn tartiblari 2.urug` jamoalarining vujudga kelishi 3.chopqir hayvon va qushlarni ovlash imkoniyati vujudga kelishi 4.sopol idishlar yasashning kashf etilishi a)o`rta qadimgi tosh davri b)o`rta tosh davri c)so`nggi qadimgi tosh davri d)yangi tosh davri A)1-b,2-d,3-c,4-a B)1-d,2-b,3-a,4-c C)1-c,2-a,3-d,4-b D)1-a,2-c,3-b,4-d 3.Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlangan tarixiy davrda ……. A)O`rta Osiyoda ilk shahr alomatlariga ega bo`lgan manzilgoh vujudga kelgan B)toshga ishlov berishning yangi usullari:silliqlash, sirlash, arralash, teshikchalar parmalash qo`llanila boshlangan C)O`rta Osiyoning janubiy tumanlarida ziroatchilik xo`jaligiga o`tilgan D)spool idishlar hayvonlar, qushlar va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlangan 4.Eng qadimgi urug`chilik tuzumi qachon yakunlandi? A)mil.avv. 3-mingyillik B)mil.avv 2-mingyillik C)mil.avv. 3-mingyillik boshlari D)mil. avv. 4-migyilllik 5.Odamlar hayotning yangicha sharoitiga moslashgan davr? A)eneolit B)neolitning boshlari C)ilk paleolitning oxiri D)so`nggi paleolitning o`rtalari 6.Mikrolitlar qaysi davrda ixtiro qilingan? A)Yangi tosh davri B)O`rta tosh davri C)O`rta qadimgi tosh davri D)mis-tosh davri 7.Kimlar Misr yurtiga “Qora tuproq”, “Nil in`omi” deya nom berishgan? A)misrlikar B)yunonlar C)rimliklar D)O`rta Osiyo tarixchilari 8.Misrda qaysi podsholik hukmdorlari qo`shni davlatlar bilan kurashni bosqinchi sifatida davom ettirishgan? A)Qadimgi B)O`rta C)Yangi D)O`rta va Yangi 9. Misrning bosh xudosi? A)Amon-Ra B)Ptax C)Osiris D)Osiris va Isida 10.O`rta Osiyo xalqlari madaniyati to`g`risida hikoya qiluvchi manba qaysi davrga oid? A)mil.avv. V asr B)mil.avv. I asr oxiri C)mil. I asr D)mil. II asr boshlari 11.Olimlarga qadimgi mingyilliklar tarixini tiklashni osonlashtirgan omil? A)moddiy manbalarning o`rganilishi B)yozma manbalarning topilishi C)arxeologik manbalarning o`rganilishi D)ilmiy ishlar tufayli 12.Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich? A)to`da B)Ibtidoiy jamoa C)urug` D)matriarxat 13.Lasko g`ori mansub davrning muhim ixtirosi? A)O`q-yoy ixtiro qilinishi B)Ishlab chiqaruvchi xo`jalikning vujudga kelishi C)kulolchilik va to`quvchilik D)turar joylar qurilishi 14.Farg`ona vodiysidan topilgan ilonlar tasviri tushirilgan toshtumor mansub davrga oid manzilgoh topilgan hududni belgilang. A)Xorazm B)Toshkent B)Far`ona D)Samarqand 15.O`rta Osiyoda ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini ta`minlagan bosh omil? A)Bronza mehnat qurollaridan foydalanish B)sug`orish tizimining takomillashishi C)temir qurollarining keng tarqalishi D)aholining guruhalrga bo`linishi 16.Old Osiyoda misrliklar hukmronligi qaysi hukmdor davrida o`rnatilgan? A)Yaxmos B)Tutmos III C)Tutmos II D)Menes 17.Misrning go`zallik xudolari? A)Bastet va Maat B)Maat va Xatxor C)Xatxor va Isida D)Bastet va Xatxor 18.Misrliklar ta`lim jarayonida quyidagilardan qaysi biridan foydalanishgan? A)Tosh B)Sopol buyum C)Nam loytaxtachalar D)Maqbara devorlari va xudolar haykalchalariga 19.Qadimgi misrliklarning yozuvi avvaliga qanday ko`rinishda bo`lgan? A)rasm B)belgi C)mixxat D)rasm va belgili 20.O`rta Osiyoda hunarmandchilikning shakllanishiga olib kelgan omil? A)dehqonchilik, chorvachilikning rivojlanishi B)o`troq turmush tarzi va mehnat qurollarining takomillashuvi C)turar joylar qurilishi D)o`q-yoy ixtiro qilinishi 21.………….. o`zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan? A)Ibtidoiy jamoa B)To`da C)Urug` D)Patriarxal oila 22.Sopol idishlar yasash qachon kashf etilgan? A)mil.avv.4-3-mingyillik B)mil.avv.6-4-mingyillik C)mil.avv.3-2-mingyillik D)mil.avv.12-7-mingyillik 23.Paxsadan uylar qurilishi qaysi davrga to`g`ri keladi? A)o`rta tosh davri B)yangi tosh davri C)so`nggi qadimgi tosh davri D)qadimgi tosh davri 24.O`lkamizning qadimgi aholisi to`g`risida ma`lumot beruvchi asarni qayerlik tarixchi yozgan? A)Rim B)Xitoy C)Yunoniston D)Eron 25.O`lkamiz qadimgi tarixining keng o`rganilgan manbalari? A)arxeologik B)yozma C)moddiy va yozma D)ilmiy ishlar va yozma manbalar 26.Fir`avn Tutmos II davrida qayerlar bosib olinadi? 1.Suriya 2.Old Osiyo 3.Liviya 4.Finikiya 5.Iyerusalim 6.Falastin A)1,2,4,5 B)3,4,6 C)2,3,4,6 D)1,4,6 27.Misrda ziroatchilar nimaning natijasida omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashdi? A)Sug`orish tarmoqlarining takomillashishi B)temir qurollarining keng tarqalishi C)mehnat qurollarining takomillashi D)ho`kiz bilan dala ishlarida foydalanishning vujudga kelishi 28.Fir`avn Tutanxamon mansub bo`lgan podsholik davri asoschisi? A)Tutmos III B)Menes C)Yaxmos D)Tutmos II 29.Misr sivilizatsiyasini o`rganishda muhim va ishonchli manba? A)Rozett bitiktoshi B)papirus yozuvlari C)maqbara va saroy devorlaridagi yozuvlar D)kitob qo`lyozmalari 30.Qaysi davrda iqlim ancha ilib, odamlar turmushida o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi? A)neolit B)so`nggi paleolit C)mezolit D)eneolit

6-sinf.Tarix.11-20-mavzular 1.Qaysi diniy e`tiqodda har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi deb uqtiriladi? A)zardushtiylik B)buddaviylik C)Misr diniy e`tiqodi D)hinduiylik 2.Qadimgi Xorazmda mahalliy …… buyumlarning dovrug`i o`zga yurtlarga ham tarqalgan edi? A)to`quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik B)kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik C)to`quvchilik, kulolchilik, zargarlik D)qayiqchilik, qurolsozlik, uysozlik 3.Qadimgi Finikiya o`lkasi hozirgi qaysi hududlarga to`g`ri keladi? A)Turkiya, Suriya B)Liviya, Suriya C)Falastin, Suriya D)Suriya, Livan 4.Zardusht o`z da`vatlarida turli qabilalarni nimaga chorlagan? A)yagona davlat tuzishga B)halollikka C)birlikka D)zardushtiylik diniga 5.Quyidagi davlat hukmdorlarining qaysilari o`zlarining samoviy otasi bor deb hisoblashgan? A)Misr, Hindiston B)Hindiston, Xitoy C)Xitoy, Misr D)Misr, Mesopotamiya 6.Quyidagilardan bir asrda ro`y berganlarini aniqlang. 1.Midiya qudratli davlatga aylandi 2.Misrda so`nggi podsholik davri boshlandi 3.Buddaviylik dini vujudga keldi 4.Ossuriya davlati zavolga yuz tutdi 5.Qadimgi forslar Bobil shahrini zabt etdi 6.Maurya yuksak rivojlandi A)1,2,4,5 B)1,2,3,4,5 C)1,4,5,6 D)2,4,5,6 7.Quyidagilardan qaysi biri hindlarning ixtirosi emas? A)taqvim B)shakar C)nol D)shaxmat 8.Tarixda nomlari noma`lum xalqlar bir davlatni butunlay vayron etadi. Shu davlatning xavfli raqibiga aylangan davlatning hozirgi joylashgan hududi? A)Turkiya B)Iroq C)Turkiya va Suriya D)Suriya 9.Kassitlar bosqinidan keyin Bobilning qayta yuksalgan davrida yana qanday voqea sodir bo`ldi? A)Mezolit davri yakunlandi B)Avestoning ilk qismlari paydo bo`ldi C)Ossuriya qayta yuksaldi D)Misrda so`nggi podsholik davri boshlandi 10.Qaysi shaharning bosh darvozasi chiroyli va nafis bo`lib afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan koshin taxtachalar bilan bezatilgan? A)Persepol B)Bobil C)Moxenjodaro D)Baqtriya 11.Qaysi davlatda hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlarning farzandlari ta`lim oladigan maktablar tashkil qilingan? A)Ahamoniylar B)Misr C)Bobil D)Xitoy 12.Finikiyaliklarning asosiy mashg`ulotlaridan biri? A)dehqonchilik B)savdo-sotiq C)dehqonchilik va savdo-sotiq D)dehqonchilik va chorvachilik 13.Kichik Osiyo markazida vujudga kelgan davlat janglarda qanday qurollardan foydalangan? A)jangovor arava, nayza B)otliq qo`shin, temir uchli nayza C)jangovor arava, temir uchli oybolta D)nayza, qilich 14.Insoniyatning ilk, qadimiy yozuvlarini ko`rsating. A)mixxat, sanskrit B)Misr iyerogliflari, finikiy alifbosi C)sanskrit, Elam yozuvi D)Misr iyerogliflari, Elam yozuvi 15.Qaysi ahamoniy hukmdor davrida qo`shinlar qaytadan tuziladi? A)Kambiz II B)Kir II C)Doro I D)Kserks 16.Asirlikka olingan qo`zg`olon boshliqlarining Doro I huzuriga olib kelinishi qayerdagi tasvirlarda saqlanib qolgan? A)Naqshi Rustam B)Persepol saroyi devorlari C)Behistun D)Suza 17.Hindistonda sherlar tasviri bilan qayerlar bezatilgan? A)ibodatxona ustunlari B)ko`chalar C)mavzelar va ulardagi uylar D)saroy ustunlari 18.O`zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar rivojlanayotgan bir vaqtda qaysi davlatda bir qancha davlatlar vujudga kelayotgan edi? A)Hindiston B)Xitoy C)Mesopotamiya D)Old Osiyo mamlakatlari 19.Hindistonda ilm-fanning qaysi sohalari yuksak taraqqiy qilgan? A)geografiya, tibbiyot B)astronomiya, tibbiyot C)matematika, astronomiya D)matematika, geografiya 20.Xitoyda asosiy dehqonchilik ekinlari? A)arpa va bug`doy B)javdar va bug`doy C)sholi va bug`doy D)javdar, sholi va bug`doy 21.Qaysi mahsulot tez orada butun dunyoga tarqalgan? A)ipak B)sholi C)choy D)ipak va choy 22.Xitoyda butun mamlakatni qamrab olgan qo`zg`olon qachon bo`lib o`tgan? A)mil.avv II asr B)mil.avv. III asr C)mil. III asr D)mil. II asr 23.Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini qaysi sohalar taqazo etgan? 1.savdo-sotiq 2.binokorlik 3.ziroatchilik 4.zargarlik 5.hunarmandchilik A)1,2,3,5 B)2,3,5 C)1,3,5 D)2,3,4 24.Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri? A)seysmogarf B)qog`oz C)ipak D)kompas 25.Zarafshon va Qashqadaryo hududida istiqomat qiluvchi aholi nima bilan shug`ullangan? A)dehqonchilik B)dehqonchilik va chorvachilik C)chorvachilik D)savdo va dehqonchilik 26.Amudaryoning quyi qismida yashovchi aholi? A)xorazmliklar B)baqtriyaliklar C)massagetlar D)saklar 27........ qalin va mustahkam mudofaa devori bilan o`ralgan? A)Afrosiyob B)Qiziltepa C)Ko`zaliqir D)Uzunqir 28.Hozirgi Samarqandning sharqiy chegarasida joylashgan qadimiy shahar qachon vujudga kelgan? A)mil.avv. VIII-VII asr B)mil.avv. VII-VI asr C)mi. VIII-VII asr D)mil.avv.IX-VIII asr 29.Zardushtiylik dinida insonning asosiy burchi? A)ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal qilish B)yolg`on so`zlamaslik, yaxshilik qilish, va`daning ustidan chiqish, aldamaslik C)toat-ibodatda bo`lish D)adolatli turmush tarsi 30.Zardusht va`zlari matnlari 21 ta kitobga jamlangan vaqtda qaysi davlat rivojlanishda yuksak cho`qqilarga erishgan? A)Xan B)Bobil C)Maurya D)Ossuriya

6-sinf.Tarix.21-30-mavzular 1.Quyidagi voqealarning qaysilari Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan? 1)boshqaruv tizimi aristokratiyadan demokratiyaga almashtirildi 2)Xalq majlisidagi lavozimlarga haq to`lash joriy etildi 3)Parfenon ibodatxonasi qurildi 4)huquq va majburiyatlar borasida barchani tenglashtiruvchi qonunlar tuzildi 5)Afinadan Pirey dengizi portigacha mudofaa devorlari qurish to`g`risida buyruq berildi 6)Xalq majlisi faoliyati tiklandi A)1,2,3 B)1,2,3,5,6 C)2,3,5,6 D)2,3,5 2.Ma`lumki Afinada harbiy xizmat 2 yil davomida o`talgan. Xizmatning har bir yili uchun alohida xizmatlar yuklangan edi. Javoblarning qaysi birida xizmatning birinchi yili uchun askarlarga yuklanmagan majburiyat keltirilgan? A)Qurol taqib yurish B)Ochlik va sovuqqa chidamli bo`lish C)Safda yurish D)Attika chegara qal`alarida harbiy xizmat o`tash 3.Qaysi yunon faylasufi o`zining vaqt haqidagi fikrlarini bildirgan? A)Platon B)Geraklit C)Demokrit D)Sokrat 4.Olimpiya o`yinlari ilk bor o`tkazilganidan 440 yil o`tib…. 1)Xeroneya yaqinida jang bo`ldi 2)Ahamoniylar davlati Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olindi 3)Filipp II o`ldirildi 4)Korinfda yunon shahar-davlatlari ittifoqi tuzildi 5)Aleksandr Makedonskiy taxtga chiqdi 6)Yunoniston Makedoniya tomonidan bosib olindi A)1,6 B)2,4,5 C)3,5 D)1,5,6 5.Ismi “astron” so`zidan kelib chiqqan shaxs bir davlatda munajjimga tenglashtirilgan. Ushbu davlatdagi palestralarda o`qitilgan fanlarning homiysi bo`lgan xudo? A)Apollon B)Zevs C)Afina D)Poseydon 7.Yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo`lganidan 50 yil o`tib…. A)Yunon-fors urushlari tugadi B)Perikl Afina strategi lavozimiga tayinlandi C)Kambiz Misrni bosib oldi D)Perikl vafot etdi 8.Quyidagilardan qaysilari qadimgi yunon faylasuflari hisoblanadi? 1.Diogen 2.Dyupperon 3.Miltiad 4.Geraklit 5.Demokrit 6.Pompey Trog 7.Aristotel 8.Arrian 9.Platon 10.Strabon 11.Suqrot 12.Aristofan A)1,3,4,5,7,8,9,11,12 B)1,45,7,9,11 C)1,4,8,9,10,11,12 D)1,5,6,9,11,12 9.Qaysi yunon faylasufi o`z asarlaini qog`ozga tushirmagan? A)Suqrot B)Arximed C)Diogen D)Demokrit 10.Afinada mansabdor shaxslar … ga hisobot bergan? A)Beshyuzlar kengashi B)Xalq majlisi C)Strateg D)Xalq sudi 11.Haykallar va boshqa haykaltaroshlik asarlari qayerlarni bezab turgan? 1.ibodatxonalar 2.saroy a`yonlari uylari 3.shahar ko`chalari 4.stadionlar 5.saroylar 6.tomoshabog`lar A)1,2,4,6 B)1,2,4,5,6 C)1,2,3,4,5 D)2,4,6 12.Yunon-fors urushlaridagi hal qiluvchi jang? A)Fermopil B)Salamin va Plateya C)Salamin D)Plateya 13.Yunonlarning Kirena koloniyasi qayerda joylahsgan?(variant savoli) A)Qora dengiz bo`yida B)Kichik Osiyoda C)Apennin yarimorolida D)Shimoliy Afrikada 14.Mil.avv. VII asrdan boshlab qadimgi Yunonistonda ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etilgan. Xususiy uylar esa qanday mahsulotdan qurilgan? A)g`isht va paxsadan B)tosh va paxsadan C)taxta va xom g`ishtdan D)tosh va betondan 15.Quyidagi berilganlar orasidan xato javobni toping. A)Elamda jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan B)XVII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi tez-tez ro`y beruvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutdi C)Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil qia boshladi D)G.Shliman 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi 16.Quyidagilardan qaysi biri noto`g`ri? A)Demokrit-hamma narsa atomlardan tashkil topgan B)Suqrot- o`z-o`zingni anglagin va bilgin C)Geraklit- hamma narsa oqadi D)Arximed- “Evrika” 17.Asosan qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A)kumush konlari va tuz qazib olish B)dengiz savdosi va kulolchilik C)kumush konlari va teri mahsulotlari D)tuz qazib olish va oltin konlari 18.Solon islohotlari natijasida jamiyatda qanday o`zgarishlar sodir bo`lmagan? A)qarz uchun qul qilish bekor qilindi B)ayrim dehqonlar qarzlari qisqartirildi C)Xalq majlisi faoliyati tiklandi D)barcha afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati yuzaga keldi 19.Yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo`lgan o`rmonlar Yunonistonning qayerlarida o`sgan? A)shimoli va g`arbi B)shimoli va janubi C)janubi va sharqi D)sharqi va g`arbi 20.Fors shohi Kichik Osiyodagi yunon koloniyalarini qachon bosib oldi? A)V asr oxiri B)VI asr o`rtalari C)V asr o`rtalari D)VI asr oxiri 21.Olimpiya o`yinlari qayta tiklangan yilda ilk bor o`tkazilganiga qancha vaqt bo`lgan edi? A)2672 yil B)1100 yil C)1120 yil D)2760 yil 22.Olimp tog`ida ilk marotaba muqaddas olov yondirilgan vaqtda qanday voqea sodir bo`ldi? A)yunon yil hisobi boshlandi B)yunonlarda sport vujudga keldi C)Yunonistonda teatr paydo bo`lgan D)troya jangi bo`lgan 23.Quyidagilardan noto`g`ri javobni aniqlang. A)Drakont qonunlari- mil.avv. VII asr 1-yarmi B)Solon islohotlari- mil.avv.VIasr oxiri C)yunon-fors urushlari tugadi- mi.avv. V asro`rtalari D)Xeroneya jangi- mil.avv.IV asr 1-yarmi 24.Quyidagi davlatlardan qaysi birining qo`shini otliq va suvoriylardan iborat bo`lgan? A)Yunoniston B)Misr C)Ossuriya D)Makedoniya 25.Afinada xalq boshqaruvi bekor qilingan qonunlar amalga kirgan davr? A)VI asrning 2-yarmi B)VII asr oxiri C)VI asr o`rtalari D)VII asrning 1-yarmi 26.Quyidagilardan Solonning davlt boshqaruvida amalga oshirgan islohotlarini belgilang. A)Xalq majlisi faoliyati tiklanishi B)Qarzdorlarni qul qilish bekor qilinishi C)Dehqonlarning qarzlari bekor qilinishi D)Davlat lavozimlarini nasl-nasabiga qarab egallash imkoniyati vujudga kelishi 27.Qaysi shahar aholisining ko`pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan? A)Sparta B)Afina C)Yunonistonning barcha shaharlari D)Krit 28.Yunon koloniyalarining tashkil topish davrini ko`rsating. A)mil.avv. IX-VIII asrlar B)mil.avv. VIII-V asrlar C)mil.avv.VII-VI asrlar D)mil.avv.VIII-VII asrlar 29.Afinada qachon davlat boshqaruvida demokratiyaga o`tildi? A)mil.avv. VI asr boshlari B)mil.avv. VI asr oxiri C)mil.avv. V asr oxiri D)mil.avv. VI asr o`rtalari 30.Quyidagilardan oily xudo deb hisoblangan Zevsning inisini ko`rsating. A)Pompeyos B)Apollon C)Aid D)Gelios

6-sinf.Tarix.31-37-mavzular 1.Aleksandr Makedonskiy bosib olgan hududlariga nega yunonlarni joylashtirdi? A)o`z hukmronligini mustahkamlash B)yunon madaniyatini yoyish C)mahalliy aholidan o`ziga tayanch qism yaratish D)mahalliy aholidan qo`shin to`plash 2.Karfagen shahar-davlatiga qaysi davlat asos slogan? A)Yunoniston B)Finikiya C)Mesopotamiya D)Ossuriya 3.Aleksandr Makedonskiy tomonidan Sug`d bosib olinganiga necha yil bo`ldi? A)2347 B)1689 C)2348 D)1690 4.Makedoniylik Aleksandr Sug`d qo`g`olonidan so`ng qishlash uchun ketgan shhar qaysi ahamoniy hukmdor tomonidan bosib olingan? A)Kambiz II B)Doro I C)Kserks D)Kir II 5.Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo`shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi? A)”Samoviy otlar”ni qo`lga kiritgach bu yerda qolish zarur emas edi B)Aholining tovon to`lashi evaziga C)Qish kirib qolganligi sababli D)Aholining bosqinchilarga o`tkazgan tazyiqi tufayli 6.Kir II ning massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar tomonidan tor-mor qilindi? A)200 yil B)860 yil C)857 yil D)190 yil 7.Salamin jangidan 200 yil o`tib, O`rta Osiyo tarixida qanday voqea sodir bo`ldi? A)Aleksandr Makedonskiy vafot etdi B)Salavkiylar davlatiga asos solindi C)Kanishka hukmronligi boshlandi D)Salavka vafot etdi 8.Aleksandriya Esxata qal`asi nima uchun qurilgan? A)Saklarga qarshi kurash uchun B)Tayanch qal`a sifatida C)So`g`diylarga qarshi kurashish uchun D)Askarlar to`plash uchun 9.Quyidagi hukmdorlarning qaysilari Hindistoning bir qismini bosib olishga muvaffaq bo`lgan? A)Aleksandr M. va Demetriy B)Demetriy va Kanishka C)Diodot va Kanishka D)Demetriy va Diodot 10.Qaysi davlat hududidan muhim savdo yo`llari o`tgan? A)Xorazm B)Qang` C)Dovon D)Kushon 11.Quyidagi qaysi shaharlar xom g`ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlar bilan o`raglan edi? A)Ayritom, Eski Termiz, Dalvarzintepa B)Dalvarzintepa, Ayritom C)Eski Termiz, Dalvarzintepa D)Eski Termiz, Zartepa 12.Qadimgi Rimda podsho hokimiyati qachon ag`darildi? A)mil.avv. VI asr oxiri B)mil.avv. VI asr boshlari C)mil.avv. V asr o`rtalari D)mil.avv. VII asr oxiri 13.Qadimgi Rim aholisi tasviri qayerda tasviri qaysi shahar devorlarida saqlanib qolgan? A)Rim B)Konstantinopol C)Popeya D)Panteon 14.Qaysi davlatning hududidan Buyuk Ipak yo`lining shimoliy tarmog`i o`tgan? A)Qang` B)Kushon C)Xorazm D)Dovon 15.Qaysi hukmdor davrida Kushonda yangi-yangi shaharlar qurilgan? A)Kudzula Kadfiz B)Kanishka C)Vima Kadfiz D)Yevtidem 16.Arxeologik va yozma manbalar mil.avv. VI-IV asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganliklaridan dalolat beradi? A)zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik B)badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kavushdo`zlik C)dehqonchilik, chorvachilik, me`morchilik, ganchkorlik D)kulolchilik,dehqonchilik, badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik 17.Doro I hukmronligining nechanchi yili Marafon jangi bo`lib o`tdi? A)15 B)28 C)36 D)32 18.Salavka bunyod etgan Salavka shahri qayerda joylashgan? A)Eronning janubida B)Sharqiy Suriyada C)Frot daryosi bo`yida D)Dajla daryosi bo`yida 19.Quyidagi qaysi yodgorliklardan Kushon poodsholigi davriga oid buddaviylik ibodatxonalari topilgan? 1)Eski Termiz 2.Uzunqir 3.Ko`zqliqir 4.Jonbosqal`a 5.Qo`yqirilganqal`a 6.Dalvarzintepa 7.Yerqo`rg`on A)2,4,7 B)1,5,7 C)1,3,5,6 D)1,2,3,5 20.Salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qurilgan Marg`iyona Antioxiysi qaysi shaharda bo`lgan? A)Baqtriyada B)Sug`dda C)Xorazm Marv 21.Qaysi davlat Xitoy va Sharqning boshqa dvlatlari bilan bo`lgan savdoda muhim o`rin tutgan? A)Xorazm B)Qang` C)Dovon D)Kushon 22.Kir II massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchragandan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar timonidan tor-mor etildi? A) 200 yil B) 150 yil C) 120 yil D) 190 yil 23.Quyidagi qaysi tarixchilar mil.avv. II asrda yashagan? A)Ksenofont B)Poliyen C)Arrian va Poliyen D)Ktesiy va Arrian 24.KUshon davlati iqtisodining asosini nima tashkil qilgan? A)chorvachilik va ziroatchilik B)sug`orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik C)chorvachilik, lalmi dehqonchilik, savdo D)konchilik, to`qimachilik va savdo 25.Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashida ittifoqchi bo`lgan davlat? A)Karfagen B)Misr C)Sparta D)Finikiya 26.Apennin yarimorolining eng yirik oqar suv manbayini ko`rsating. A)Sena B)Rubikon C)Tibr D)Po 27.Salavkiylar davlatida joriy qilingan strateg lavozimiga kimlar tayinlanar edi? A)hukmdorning yaqinlaridan biri B)mahalliy aholidan yetishib chiqqan harbiylar C)sobiq lashkarboshilar D)mahalliy aholi tilini tushunadigan sarkardalar 28.”….. Bu jang barcha janglardan ham dahshatlirog`I edi. Avval har ikkala tomon jangovor safga tizilishib, bir-birlariga kamondan o`q yogdirishdi.” Bu jangda mag`lubiyatga uchragan shaxs hukmronligi qachon boshlangan? A)mil.avv. 558-yil B)mil.avv. 522-yil C)mil.avv. 336-yil D)mil.avv. 486-yil 29.Buyuk ipak yo`li orqali la`l toshi Xitoyga qayerdan olib borilgan? A)Badaxshon B)Xorazm C)Eron D)So`g`diyona 30.Qadimda Buyuk ipak yo`li orqali O`rta Osiyoga Xitoydan nimalar keltirilgan? A)guruch B)zotdor otlar C)atlas, choy D)qimmatbaho toshlar



Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling