6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan


Nil vodiysi va uning aholisi (15) Savollar va javobi


Download 457.96 Kb.
bet23/42
Sana21.04.2023
Hajmi457.96 Kb.
#1369512
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
6-SINFGA KITOB

Nil vodiysi va uning aholisi (15) Savollar va javobi

  1. Qaysi daryoning mavjudligi Afrikaning shimoliy sharqida sivilizatsiya vujudga kelishiga zamin yaratgan?

0 Nil daryosi

  1. Nil daryosining O’rtayer dengiziga quyilishi vohasini qaysi xalq «delta» deb atagan?

0 yunonlar

  1. Nil vodiysidagi "qora tuproqli" davlat qanday atalgan?

0 Misr






  1. Odamlar Nil daryosi qirg’oqlarini o’zlashtirishni qachon boshladilar?

0 mil.av.4-mingyillik boshlarida

  1. Misrliklar qaysi faslda dalalarga urug’ ekishar edi?

0 kuzda

  1. Qadimgi qaysi davlat hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo’lgan?

0 Misr

  1. Qadimda oddiy misrliklarning uylari nimadan qurilgan?

0 loy suvalgan papirus poyalaridan

  1. Qadimgi Misrda kimlarning uylari somon qo’shib qorilgan loydan va oftobda quritilgan xom g’ishtdan yasalgan?

0 zodagonlarning

  1. Qadimgi Misrda fir’anvlar saroylari va ibodatxonalar nimadan qurilgan?

0 toshdan

  1. Qadimgi Misrda dastlabki kichik davlatlar qanday atalgan?

0 nom

  1. Yuqori Misr podshosi Menes qachon Quyi Misrni bosib olib birlashgan Misr davlatiga asos solgan?

0 mil.av.3000-yil

  1. «Fir’avn» atamasining ma’nosi nima?

0 «ulug’ xonadon»

  1. Yagona va birlashgan Misrning poytaxti qaysi shahar bo’lgan?

0 Memfis

  1. Olimlar Misr tarixini qaysi davrlarga ajratishgan?

0 hamma javoblar to’g’ri

  1. O’rta podsholik hukmronligi davrida Misr davlatining poytaxti qaysi shaxar bo’lgan?

0 Fiva

  1. Misr va qo’shni xalqlar (23) Savollar va javobi

  1. Qadimgi Misr davlati janubda qaysi davlat bilan chegaradosh bo’lgan?

0 Nubiya

  1. Misrliklar Nubiyaga ayriboshlash uchun qanday maxsulot olib borishgan?

0 oltin, smola,fil suyagi, nodir yog’och

  1. Misr g’arbida qaysi davlat joylashgan edi?

0 Liviya

  1. Misrliklar Arabiston sahrosi orqali qayerga borishgan?

0 Sinay yarimoroliga

  1. Qadimda Sinay yarimorolidan qanday metall qazib olinardi?

0 mis

  1. Qadimda Sinay yarimorolidan shimolda qaysi davlat joylashgan edi?

0 Falastin

  1. Misrga qo’shni bo’lgan qaysi davlat mis va temir rudasiga boy edi?

0 Suriya va Falastin

  1. Misrliklar Falastin va Suriyadan qanday mahsulotlar olib kelishgan?

0 hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlar

  1. Misr davlati qaysi davrda Sinay yarimorolini bosib olgan?

0 o’rta podsholik davrida

  1. Misrda O’rta podsholik fir’avnlari qaysi hududni Misrga qo’shib olishgan edi? 0 SHimoliy Nubiya, Janubiy Falastin

  2. Ko’chmanchi giksoslar qabilalari qachon Misrga hujum qildilar?






0 mil.avv.XVIII asr oxirida

  1. Misrga hujum qilgan giksoslarning asosiy kuchi nima bo’lgan?

0 yengil aravali qo’shin

  1. Misrda qaysi shahar hukmdorlari giksoslarga itoat qilishmagan edi?

0 Fiva shahri

  1. Giksoslar istibdodidan xalos bo’lish uchun Misr «nom»lari hukmdorlari qaysi shahar atrofida birlashganlar?

0 Fiva shahri

  1. Giksoslarni Misrdan qaysi hukmdor haydab chiqargan?

0 Yaxmos

  1. Misrda fir’avn Yaxmos zamonidan qaysi davr boshlangan?

0 Yangi podsholik davri

  1. Misrda yangi podsholik davri fir’avnlari qaysi hududga hujum uyushtirganlar?

0 Nubiya, Old Osiyo mamlakatlariga

  1. Misrda Yangi podsholik davri fir’avnlari qaysi xududni Misrga qo’shib olishgan?

0 Nubiyani

  1. Misrda mil.avv.1500 yil qaysi fir’avn katta yurishlarni tashkillashtirgan edi?

0 Tutmos II

  1. Misrning qaysi fir’avni davrida Falastin bosib olingan?

0 Tutmos III

  1. Mil.avv.VII asrda Misr...?

0 yagona davlatga birlashgan

  1. Forslar qachon Misrga bostirib kirgan?

0 mil.avv.VI asrda

  1. Kir II ning o’g’li Kambiz qachon Misrni bosib olgan?

0 mil.avv.525-yil

  1. Qadimgi Misr dini (21) Savollar va javobi

  1. Qadimgi qaysi davlatda xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib odamlar orasida yashaydi deb hisoblaganlar?

0 Misr

  1. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning o’z xudosi bo’lgan.Bu xudoni aniqlang.

0 Ptax

  1. Misrliklar e’tiqodicha qaysi xudo olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o’rgatgan?

0 Ptax

  1. Misrda Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi qanday aytilgan?

0 Apis

  1. Misrda qaysi xudo peshanasi va belida oq qashqasi bo’lgan qora ho’kiz timsoldida tasavvur etilgan?

0 Apis

  1. Misrda Quyosh xudosi qanday aytilgan?

0 Amon-Ra

  1. Misrda quyosh xudosi qachondan fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan?

0 mil.avv.2-mingyillik

  1. Misrda Amon-Ra xudosining ibodatxonasi qayerda bo’lgan?

0 Geliopolda

  1. Misrda fir’avnlar qaysi xudoning o’g’illari hisoblangan?

0 Quyosh xudosi






  1. Misrda Nil xudosi - hayotning birlamchi manbai va posboni qaysi xudo bo’lgan?

0 Xapi

  1. Misrda Osiris qanday xudo bo’lgan?

0 yerosti saltanati xudosi

  1. Misrda qaysi xudo davlatning ilk podsholaridan biri bo’lib, o’z xalqini dehqonchilikka o’rgatgan?

0 Osiris

  1. Misrda Osiris xudosinini o’ldirgan uning birodarini aniqlang.

0 Set

  1. Misrda Osirisni mumiyolagan va qayta tiriltirgan uning xotini kim bo’lgan?

0 Isida

  1. Misr xudosi Osirisning ibodatxonasi qaysi shaxarda hozirgacha saqlanib qolgan?

0 Abidos

  1. Misrda Set qanday xudo bo’lgan?

0 baxtsizlik, cho’l va bo’ron xudosi

  1. Misrdagi musiqa, go’zallik va muhabbat xudosini aniqlang.

0 Xatxor

  1. Misrda Maat qanday xudo hisoblangan?

0 haqiqat, adolat va odillik xudosi

  1. Misrda Anubis qanday xudo bo’lgan?

0 marhumlar, mumiyolanganlar xudosi va ko’milganlar rahnamosi

  1. Misrdagi oy, donishmandlik va tabobat xudosini aniqlang.

0 Tot

  1. Misrda xudolar va odamlar o’rtasida kimlar vositachi bo’lishgan?

0 kohinlar

  1. Piramidalar va maqbaralar (14) Savollar va javobi

  1. Piramida - nima?

0 mahobatli tosh inshoot, fir’avnlar maqbarasi

  1. Misrda piramidalar qaysi davrda barpo qilingan?

0 Qadimgi va O'rta podsholik davrida

  1. Misrda eng mashhur piramidalar qaysi shahar yaqinida bunyod etilgan?

0 Memfis

  1. Misrda eng mashhur piramidani aniqlang.

0 hamma javoblar to’g’ri

  1. Misrda eng katta(147 m) piramida qaysi bo’lgan va qachon qurilgan?

0 mil.avv.2600-yil Xeops piramidasi

  1. Misrda fir’avnlarning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut qanday atalgan?

0 sarkofag

  1. Misrda piramidalarni qo’riqlovchi tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo’lgan ulkan haykal qanday atalgan?

0 sfinks

  1. Misrdagi qaysi fir’avn maqbarasining boyliklari zamonamizgacha yetib kelgan?

0 fir’avn Tutanxamon

  1. Misrda marhumlar saltanatidagi hayot qaysi xudoning sudi natijalariga bog’liq bo’lgan?

0 Osiris

  1. Misrliklar inson jasadini nima uchun mumiyolashgan?

0 Osiris qarshisida go’zal qiyofada qad rostlash uchun

  1. Misrda inson jasadini mumiyolash necha kun davom etgan?






0 70 kun

  1. Misrda qaysi xudoning sharafiga uyushtirilgan bayramlarda jami aholi ishtirok qilgan? 0 Bastet

  2. Misrda mushuk ko’rinishidagi Bastet qanday iloha bo’lgan?

0 go’zallik ilohasi

  1. Misrda qaysi podsholik davriga kelib piramidalar qurilmay qo'ydi?

0 Yangi podsholik


  1. Download 457.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling