6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana
Download 139.37 Kb.
|
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)
15-Ahamoniylar davlati (29)
Savollar va javobi1. Eron hududida Fors podsholigi qachon vujudga kelgan? mil.avv.VI asrda 2. Fors podsholigiga asos solgan shohlar qaysi suloladan bo’lganlar? ahamoniylar 3. Fors podsholigiga kim asos solgan? Kir II 4. Eron hududida qadim zamonlarda qaysi xalqlar yashashar edi? kassiylar va elamiylar 5. Eron hududiga midiyaliklar va forslar qachon ko’chib kelib o’rnashganlar? mil.avv.IX asrda 6. Elam davlati qayerda vujudga kelgan edi? Eronning g’arbiy qismida 7. Elam davlati qachon vujudga kelgan? mil.avv.3-mingyillikda 8. Elam davlatining poytaxti qaysi shaxar bo’lgan? Suza 9. Eron hududidagi qaysi davlatda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi? Elamda 10. Kaspiy dengizdan janubi g’arbda joylashgan Midiyada qachon qabilalar ittifoqlari vujudga kelgan? mil.avv.IX asrda 11. Midiya davlati qachon va kimning hukmronligi davrida kuchaygan edi? mil.avv.VII asrda Kiaksar davrida 12. Midiya davlati mil.avv.612-605-yillarda qaysi davlat bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib olgan? Bobil davlati 13. Fors viloyati Eronning qaysi tomonida joylashgan edi? janubida 14. Kir II qachon forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan edi? mil.avv.558-yil 15. Kir II qachon Armaniston, Midiya va Bobilni zabt etgan? mil.avv.539-yil 16. Fors podshosi Kir II ning qaysi xalqlarga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan? saklar va massagetlarga 17. Qaysi Fors podshosi Misrni zabt etgan va Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirgan? Kambiz 18. Fors podshosi Doro I qaysi yillarda hukmronlik qilgan? mil.avv.522-486-yillar 19. Doro I butun mamlakatda muomalaga kiritgan yagona oltin tanga qanday nomlangan? «doroyi» 20. Fors podsholigida qurilgan qaysi yo’l Persepoldan O’rtayer dengiziga qadar borgan edi? Shoh yo’li 21. Doro I saltanatni alohida harbiy o’lkalarga taqsimlab, bu birliklar qanday nomlangan? satraplik 22. Doro I yurish uyushtirgan skif qabilalari qayerda joylashgan edilar? Qora dengiz bo’yida 23. Doro I ning qaysi hududni bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo’lgan? Frakiyani va Kichik Osiyodagi yunon koloniyalarini 24. Fors podsholaridan kimning davrida Hindiston shimolidan O’rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etilgan edi? Doro I 25. Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang? Suza, Ekbatana 26. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan? Persepol 27. Fors shohlarining bitiklari saqlanib qolgan manbalarni aniqlang? hamma javoblar to'g'ri 28. Makedoniyalik Aleksandr qachon Fors davlatini bosib olgan? mil.avv.330-yil 29. Tarixda Ahamoniylar davlati necha yil hukmronlik qilgan? ikki yuz yildan ziyod Download 139.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling