6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana
Download 139.37 Kb.
|
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)
35-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)
Savollar va javobi1. Fors shohi Kir II mil.avv.545 va 540-yillarda qaysi hududlarni bosib olgan edi? Parfiya, Baqtriya, Marg’iyonani 2. Fors shohi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish boshlagan? mil.avv.530-yil 3. Fors shohi Kir II ning massagetlar yurtiga bostirib borishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan? Gerodot 4. Kir II massagetlar ustiga yurish qilganda massagetlar hukmdori kim bo’lgan? To’maris 5. Fors podshosi Kir II qaysi jangda halok bo’lganligini aniqlang. massagetlar bilan bo’lgan jangda 6. Fors shohi Doro I hukmronligining birinchi yilida qayerda yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarilgan edi? Marg’iyona 7. Marg’iyonada forslarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi? Frada 8. Fors podshosi Doro I qo’shini va Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon bo’lganligini aniqlang. mil.avv.522-yil 9. Mil.avv.521-yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. Forslarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Frada qatl qilindi 10. Fors podshosi Doro I qachon saklar ustiga yurish qilgan edi? mil.avv.519-yil 11. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan edi? Poliyen 12. Saklar yurtiga Doro I yurish qilganda ularning sardori Skunxa bo’lganligi haqida qayerda ma’lumot keltirilgan? «Behistun» bitiklarida 13. Tarixchi Poliyen qaysi asrda yashaganligini aniqlang. mil.avv.II asrda 14. Fors podshosi Doro I ning qaysi xalq ustiga qilgan yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan? saklar ustiga 15. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurish qilgan qo’shinini Shiroq ismli cho’pon mag’lub qilgani haqidagi ma’lumot bizgacha qanday yetib kelgan? Poliyenning rivoyati orqali 16. Ahamoniylar davlatni alohida viloyatlarga bo’lib tashlagan edilar.Bu viloyatlar qanday atalgan? satraplik 17. Qaysi forscha so’z «xshatra» - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan? satraplik 18. Ahamoniylar davrida cheklanmagan hokimiyat berilgan viloyat hokimi qanday atalgan? satrap 19. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan? uch satraplikka 20. Fors podshosi Kserks qaysi yillarda hukmronlik qilganligini aniqlang. mil.avv.486-465-yillar 21. Ahamoniylardan kimning hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida qatnashgan edilar? Doro I va Kserks davrida 22. Marafon jangida fors qo’shinlari markazida O’rta Osiyoning qaysi xalqi muvaffaqiyatli janglar olib borgan? saklar 23. Qaysi tarixchi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini mufassal tasvirlagan? Gerodot 24. Yunon-fors urushida baqtriyaliklar jangda qanday qurollar bilan qatnashganlar? kamon va nayzalar bilan 25. Yunon-fors urushlarida qaysi O’rta Osiyo xalqi xanjar va oyboltalar bilan qatnashgan? saklar 26. Qaysi muallif Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo’lgan baqtriyaliklar haqida yozib qoldirgan? Esxil 27. Saklar, xorazmiylar va massagetlar qachon Ahamoniylar davlati tarkibidan mustaqil bo’lganlar? mil.avv.IV asrda 28. Mil.avv.VI-IV asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylarida hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. hamma javoblar to’g’ri 29. O’rta Osiyo hududida qachon dastlabki tanga pullar tarqalgan? mil.avv.V-IV asrlarda 30. Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi qachon topilganligini aniqlang. 1877-yil Download 139.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling