6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana


Download 139.37 Kb.
bet36/54
Sana26.02.2023
Hajmi139.37 Kb.
#1232957
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)

29-30-Qadimgi Yunoniston madaniyati (32)

Savollar va javobi


1. Yunon maktablarida bolalar ikki yillik harbiy ta’limning birinchi yilida nimani o’rganishgan?
 safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni
2. Yunon maktablarida o’g’il bolalar harbiy ta’limning ikkinchi yilida nima o’rganishgan?
 Attikaning chegara qal’alarida harbiy xizmatni o’tagan va Pirey portida dengizchilik san’ati o’rganishgan
3. Olimpiya o’yinlari qachon ilk bora o’tkazilgan?
 mil.avv.776-yilda
4. Yunonistonda Olimpiya o’yinlari qaysi xudo sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan?
 Zevs
5. Afsonalarga ko’ra Olimpiada o’yinlarining asoschisi kim bo’lganligini aniqlang.
 Gerakl
6. Yunonistonda Olimpia o’yinlarida kimlar ishtirok etishga haqli bo’lgan?
 jinoyat sodir etmagan ozod yunonlar
7. Yunonistonda sportchilar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatish uchun nima qilishi kerak bo’lgan?
 musobaqalarda 3 karra g’alaba qozongan sportchi bo’lishi kerak
8. Yunonistonda alohida yugurish bo’yicha musobaqalar kimlar uchun o’tkazilar edi?
 ayollar uchun
9. Qachondan boshlab Olimpia o’yinlari o’tkazilmasdan qolgan?
 394-yildan
10. Zamonaviy Olimpia o’yinlari qachon qayta tiklangan edi?
 1896-yil
11. Yunonlar qachon Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan?
 mil.avv.1200-yil
12. Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelenani kim Troyaga o’g’irlab ketgan edi?
 Troya podshosining o’g’li Paris
13. Yunonlar Troyani necha yil natijasiz qamal qilganlar?
 9 yil
14. Troya urushining oxirgi o’ninchi yili haqida hikoya qiluvchi dostonni aniqlang.
 «Iliada» dostoni
15. Kimning maslahati bilan yunonlar Troya urushida «Troya oti»ni yordamida g’alaba qozongan edilar?
 Odissey
16. «Iliada» dostonining bosh qahramoni kim bo’lganligini aniqlang.
Axilles
17. «Iliada» va «Odissey» poemalarining muallifini aniqlang.
 Gomer
18. Yunonistonda qaysi yozuvchi so’qir bo’lib yurtma-yurt kezib cholg’u asbobi jo’rligida o’z she’rlarini kuylab yurardi?
 Gomer
19. Qaysi olim XIX asrning oxirida Gomer hikoyalarini tadqiq qilib Troya joylashgan yerni aniqlagan?
 G.Shlimann
20. Troya xarobalarini Genrix Shlimann qachon va qayerdan topgan edi?
 1870-yil Turkiyada Hisorlik tepaligidan
21. Yunonistonda teatr qachon dunyoga vujudga kelgan edi?
 bundan ikki yarim ming yil muqaddam
22. «Teatr» so’zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
 «tomoshalar uchun joy»
23. Yunoniston teatrlarida qatnashuvchi kishilar halok bo’lishi bilan tugaydigan pyesalar nima deb atalgan?
 tragediya
24. «Shoh Edip», «Antigona» singari mashhur tragediyalarni muallifini aniqlang.
Sofokl
25. Qadimgi Yunonistonda kim komediyalar ustasi bo’lgan?
 Aristofan
26. Aristofan yozmagan asarlarni aniqlang.
 «Antigona»
27. Qadimgi Yunonistonda qachondan boshlab ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan qurilib boshlangan?
 mil.avv.VII asrda
28. Tarixchilar qaysi davlat haqida «tirik odamlarga qaraganda jonsiz haykallar ko’proq» deb yozishgan edilar?
 Afina
29. Afinada qaysi haykaltarosh Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan?
 Fidiy
30. Yer yuzidagi yetti mo’jizaning biri hisoblangan Olimpiyalik Zevs haykalini qaysi haykaltarosh yasagan edi?
 Fidiy
31. Qaysi haykaltarosh Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan edi?
 Dedal
32. Afinadagi qaysi bino yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o’zgartirib, tuslanib turgan?
Parfenon ibodatxonasi



Download 139.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling