6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana


Download 139.37 Kb.
bet39/54
Sana26.02.2023
Hajmi139.37 Kb.
#1232957
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)

35-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)

Savollar va javobi


1. Fors shohi Kir II mil.avv.545 va 540-yillarda qaysi hududlarni bosib olgan edi?
 Parfiya, Baqtriya, Marg’iyonani
2. Fors shohi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish boshlagan?
 mil.avv.530-yil
3. Fors shohi Kir II ning massagetlar yurtiga bostirib borishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?
 Gerodot
4. Kir II massagetlar ustiga yurish qilganda massagetlar hukmdori kim bo’lgan?
 To’maris
5. Fors podshosi Kir II qaysi jangda halok bo’lganligini aniqlang.
 massagetlar bilan bo’lgan jangda
6. Fors shohi Doro I hukmronligining birinchi yilida qayerda yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarilgan edi?
 Marg’iyona
7. Marg’iyonada forslarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi?
 Frada
8. Fors podshosi Doro I qo’shini va Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon bo’lganligini aniqlang.
 mil.avv.522-yil
9. Mil.avv.521-yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
 Forslarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Frada qatl qilindi
10. Fors podshosi Doro I qachon saklar ustiga yurish qilgan edi?
 mil.avv.519-yil
11. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan edi?
 Poliyen
12. Saklar yurtiga Doro I yurish qilganda ularning sardori Skunxa bo’lganligi haqida qayerda ma’lumot keltirilgan?
 «Behistun» bitiklarida
13. Tarixchi Poliyen qaysi asrda yashaganligini aniqlang.
 mil.avv.II asrda
14. Fors podshosi Doro I ning qaysi xalq ustiga qilgan yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan?
 saklar ustiga
15. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurish qilgan qo’shinini Shiroq ismli cho’pon mag’lub qilgani haqidagi ma’lumot bizgacha qanday yetib kelgan?
 Poliyenning rivoyati orqali
16. Ahamoniylar davlatni alohida viloyatlarga bo’lib tashlagan edilar.Bu viloyatlar qanday atalgan?
 satraplik
17. Qaysi forscha so’z «xshatra» - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan?
 satraplik
18. Ahamoniylar davrida cheklanmagan hokimiyat berilgan viloyat hokimi qanday atalgan?
satrap
19. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan?
 uch satraplikka
20. Fors podshosi Kserks qaysi yillarda hukmronlik qilganligini aniqlang.
 mil.avv.486-465-yillar
21. Ahamoniylardan kimning hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida qatnashgan edilar?
 Doro I va Kserks davrida
22. Marafon jangida fors qo’shinlari markazida O’rta Osiyoning qaysi xalqi muvaffaqiyatli janglar olib borgan?
saklar
23. Qaysi tarixchi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini mufassal tasvirlagan?
 Gerodot
24. Yunon-fors urushida baqtriyaliklar jangda qanday qurollar bilan qatnashganlar?
 kamon va nayzalar bilan
25. Yunon-fors urushlarida qaysi O’rta Osiyo xalqi xanjar va oyboltalar bilan qatnashgan?
 saklar
26. Qaysi muallif Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo’lgan baqtriyaliklar haqida yozib qoldirgan?
 Esxil
27. Saklar, xorazmiylar va massagetlar qachon Ahamoniylar davlati tarkibidan mustaqil bo’lganlar?
 mil.avv.IV asrda
28. Mil.avv.VI-IV asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylarida hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang.
 hamma javoblar to’g’ri
29. O’rta Osiyo hududida qachon dastlabki tanga pullar tarqalgan?
 mil.avv.V-IV asrlarda
30. Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi qachon topilganligini aniqlang.
 1877-yil



Download 139.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling