6-sinf. Tarix. Mavzu: O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar. Darsning maqsadlari


Download 1.54 Mb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi1.54 Mb.
#1058698
  1   2
Bog'liq
AkmalNarziyevdocx


_______________________ 6-sinf. Tarix.
Mavzu: O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga O’zbekiston hududidagi ilk davlatlar haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.





Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdor nomini ayting. Bu voqea qachon bo'lgan?
2.Hukmdor Sin Shixuandi haqida so'zlang, uning shaxsiyatiga baho bering.
3.Buyuk Xitoy devori haqida nimalarni bilasiz?
4.Xitoyda qanday xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tdi? Ularning sabablarini ayting.
5.Xitoyliklarning ixtirolarini sanab bering. Qaysilaridan hozir ham foydalanamiz?
O’z nomlariga oid qo’shimcha ma’lumotlar berishlari lozim. ,,Bingo” mashqi.


Har bir guruhga alohida rangli varaqlar tarqatiladi va ular tezda javoblarni yozib doskada taqdimot qiladilar.


Savollar muhokamasi tugagach topshiriqni tez va mukammal bajargan guruhga “Rag’bat” oxirida bajargan guruhga “jarima” kartochkasi beriladi.


III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII—VI asrlarda O‘zbekiston hududida so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yasha­ganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan.
Yozma manbalarda bu hudud So‘g‘da («Avesto»da), So‘g‘uda (Behistun yozuvlarida), Ar­rian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So‘g‘diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so‘g‘diylar deb atalgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo’lgan. Ularning yurti Xvarizam («Avesto»da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo’lib, ularning yurti Surxon vohasi, Afg'onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylash­ganlar. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling