6-sinf tarixdan mavzuli testlar Raximjon Xamrabayev
-mavzu: Rim Respublikasining qulashi (35 ta)
Download 294.87 Kb.
|
6-SINF MAVZULI TEST
42-mavzu: Rim Respublikasining qulashi (35 ta)
1.Qullar qo’zg’olonlari quldorlarni qattiq qo’rquvga solib qo’yishi quldorlar qarshisida qanday masalani ko’ndalang qilib qo’ygan edi? A)Qullarni ozod qilish masalasini B) Qullarni yanada asoratga solishni S)Kuchli harbiy diktatura o’rnatishni D)Qullarga ozodlik berish masalasini 2.Qaysi asrda harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar? A) Mil. Av. I asrda B) Mil. Av. II asrda S) Mil.av. III asrda D) Milodiy I asrda 3.Yollanma askarlarni nima qiziqtirgan? A) Rim davlatini kuchayishi B) Davlatning kuchayishi S) Faqat o’lja qiziqtirgan D) Urush qilishva yangi yerlarni bosib olish 4.Spartak qo’zg’oloni bostirilganidan keyin hokimiyat uchun kimlar kurash olib bordilar? A) Krass va Sezar B) Krass va Pompey S) Pompey va Oktaviy D) Antoniy va Sezar 5.Rim davlati uchun olib borilayotgan urushlarda kim halok bo’ldi? A) Pompey B)Krass S) Sezar D) Antoniy 6.Pompey uchun birdan bir xavfli raqib kim edi? A) Mark Krass B) Mark Antoniy S)Yuliy Sezar D) Oktaviyan 7.Sezarning nufuzi va obro’yi oshishiga qaysi urushdagi g’alabalar sabab bo’ldi? A) Galliya urushidagi g’alabalar B) Karfagen urushidagi g’alabalar S) Zama yonidagi g’alabasi D)Rubikon yonidagi g’alabalar tufayli 8.Sezarni sarkardalik qobiliyati va Senatdagi nufuzini kimlar qo’llab quvvatlaganlar? A) Harbiylar va senat a’zolari B) Senatorlar va kambag’allar S) Dehqonlar va hunarmandlar D)Yollanma askarlar va kambag’allar 9. Yuliy Sezar qachon yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi? A) Mil av. 44 yilda B)Mil.av 49 yilda S) mil.av. 54 yilda D) Mil. Av.55 yilda 10.Pompey qo’shinlari qayerda edi? A) Italiyada B) Ispaniyada S) Germaniyada D) Galliyada 11.Sezar Pompey ustidan g’alabaga erishgach... 1.Rim imperatori va diktatoriga aylandi 2.Rim respublikasiga asos soldi 3. Sezarning xoxish irodasi Rim uchun qonun kuchiga aylandi 4.U hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinlardi 5.O’z atrofiga do’stlarini yig’di 6.Senat va Xalq majlisiga hisobot bermay qo’ydi A) 1,3,4,6 B) 1,2,3,4 S) 2,3,5,6 D) 1,2,4,5 12.Sezardan norozi bo’lgan senatorlarning maqsadlari nima edi? A) Sezarni o’ldirish va imperiyani saqlab qolish edi B) Sezarni o’ldirish va Senatning oldingi mavqeini qaytarish edi S)Sezarga o’z talablarini qo’yish edi D) Sezarni hokimiyatdan chetlatish edi 13.Fitnaga kim rahbarlik qildi? A) Oktaviy B) Mark Antoniy S) Brut D) Trayan 14.Yuliy Sezar hukmronligi qachon tugadi? A) Mil.av.45 yilda B) mil.av 44 yilda S) Mil.av.43 yilda D) Mil.av.42 yilda 15.Yuliy Sezarning o’ldirilishi … A) Respublikani tiklanishiga olib kelmadi B) Sarkardalar o’rtasida kurashni boshlab ytubordi S) Mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. D) A,B,S 16.Brut va uning tarafdorlari qayerga qochib ketdilar? A)Yunonistonga B) Makedoniyaga S) Misrga D) Galliyaga 17.Brut va uning tarafdorlariga qarshi kim kurash boshladi? A) Mark Antoniy B)Trayan S) Oktaviy D) Kleopatra 18.Oktavian Brutga qarshi kim bilan ittifoq tuzdi? A) Trayan bilan B)Mark Antoniy bilan S) Kaligula bilan D) Neron bilan 19. Rim davlatining G’arbiy qismi kimga tegdi? A)Oktavianga B) Mark Antoniyga S) Trayanga D) Brutga 20. Rim davlatining Sharqiy qismi kimga tegdi? A)Oktavianga B) Mark Antoniyga S) Trayanga D) Brutga 21.Misr malikasi Kleopatraga kim uylanadi? A)Oktavian B) Mark Antoniy S) Trayan D) Brut 22.Antoni Kleopatraga to’y sovg’asi tariqasida qayerni bergan? A) Rimning g’arbiy qismlarini B) Rimning Sharqiy qismlarini S) Rimning janubiy provinsiyalarini D)Rimning shimoliy qismlarini 23.Yunoniston qirg’oqlarida Antoniy vaOktavian flotlari o’rtasida jang qachon bo’ldi? A) Mil.av 44 yuilda B)Mil.av.40 yilda S)Mil.av.33 yilda D)Mil.av.31yilda 24.Kleopatra va Antoniy qaysi shaharga qochadilar? A) Misrga B) Rimga S)Aleksandriyaga D) Afinaga 25.Oktavian qaysi yil qoshin bilan Misrga boradi? A) Mil av.30 yil B) Mil.av.30 yil S) Mil.av.29 yil D) Mil.av.31 yilda 26.Qachon Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini olgan? A) Mil av.30 yil B) Mil.av. yil S)Mil.av.29 yil D) Mil.av.31 yilda 27.Oktavian Avgust Rim imperiyasi asoschisiga aylangach qanday islohotlar o’tkazdi? 1.Imperator keng ko’lamda qurilish ishlarini olib bordi. 2. Uning davrida Rimda ko’plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi.3.Senatorlar va Rim armiyasi legionlari sonini qisqartirdi. 4.Qo’shni davlatlarga tez tez yurishlar qildi. 5.Rim imperiyasi “Oltin asr”deb ataldi. A) 1,3,4 B) 3,4,5 S)1,3,5 D) 1,2,3 28. Oktavian Avgust vafotidan keyin uning davomchilari kimlar bo’ldi? A) Kaligula va Trayan B) Kaligula va Neron S)Trayan va Romul D) Neron va Trayan 29.Kimlar davrida Rimda inqiroz boshlandi? A) Kaligula va Trayan B) Kaligula va Neron S)Trayan va Romul D) Neron va Trayan 30.Rimning kuch qudrati qachon qayta tiklandi? A) Milodiy II asrda B)Milodiy III asrda S) Milodiy IV asrda D) Milodiy V asrda 31.Bu davr(milodiy II asr) Rim imperiyasining qanday davri deb ataldi? A) Yemirilish davri B) Tushkunlik davri S) Uyg’onish davri D) Oltin asri 32. Trayan Rim taxtini qachon egalladi? A) Milodiy 98 yilda B)Milodiy 99 yilda S) Milodiy 97 yilda D) Milodiy 96 yilda 33.Trayan kimlarga qarshi urushlar olib brogan? A)Dunay daryosi bo’yida yashovchi skiflarga B) Ural daryosi bo’yida yashovchi slavyanlarga S)Dunay daryosi bo’ylarida yashovchi daklarga D) Reyn daryosi bo’yida yshovchi germanlarga qarshi 34.Trayan ustunining balandligi 40 metr bo’lib unda… A)Dunay daryosi bo’yida yashovchi skiflarga qarshi jang manzaralari tasvirlangan B) Ural daryosi bo’yida yashovchi slavyanlarga qarshi jang manzaralari tasvirlangan S)Dunay daryosi bo’ylarida yashovchi daklarga qarshi jang manzaralari tasvirlangan D) Reyn daryosi bo’yida yshovchi germanlarga qarshi qarshi jang manzaralari tasvirlangan 35.Trayan davrida Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan? A) Suriya va Bobil B)Suriya va Mesopatamiya S)Misr va MesopatamiyaD) Bobil va Yunoniston Download 294.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling