6-tajriba ishi membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish. Silfonli manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish
Download 85.54 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Membranali manometrlar
- Nazorat savollari
Silfonli manometrlar:
Silfonli manometrlarning sezgir elementi bo‘lib, yupqa qalinlikdagi xalqasimon gofralik devorga ega bo‘lgan silindrik idish, silfon tushuniladi.
Rasm.1. Silfonli manometrlar Silfon latundan, berilla bronzasidan va zanglamas po‘latdan tayyorlanadi (rasm 1.). O‘lchanayotgan bosimning ortishi bilan, silfon (3) deformasiyalanishni boshlaydi va bu xol o‘lchanayotgan bosim silfon tubiga (2) ta’sir etib hosil qilayotgan kuch bilan silfon bikirligi o‘zaro muvozanatlanguncha davom etadi. Silfon tubining siljishi uzatish qurilmasi yordamida strelkaga (1) uzatiladi. Membranali manometrlar Membranali manometrlarning sezgir elementlari gofrali membrana, membranali korobka hamda membrana bloklari ko‘rinishida bajarilgan bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchov asboblari kichik ortiqcha bosimlarni va vakuumni o‘lchashga mo‘ljallangan (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar). Bu o‘lchov asboblarida bosim o‘zgarishiga mos ravishda sezgir membrana deformatsiyalanib, egiladi. Sezgir gofrali membranali manometr quyidagi ko‘rinishga ega (2-rasm) O‘lchanayotgan bosim R2 o‘zgarishi bilan membrana deformatsiyalanib, egila boshlaydi. Membrana deformatsiyalanishi natijasida, uning bikirligi ortadi. Deformatsiyalanish, bosim membrana yuzasiga tekis taqsimlanib hosil qilaѐtgan 60 kuch bilan membrana bikirligi muvozanatlanguncha davom etadi. Membrana egilishi uzatish mexanizmi ѐrdamida o‘lchov asbobi strelkasiga uzatiladi (2-rasm)
Nazorat savollari: Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinspi? Membranali manometrlar haqida nimalarni bilasiz? Silfonli manometrlarning ishlash prinspi qanday? Membranali manometrlar nimadan yasaladi? Silfonli manometrlar qanday materiallardan tayyorlanadi? Download 85.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling