6 tajriba ishi po`latlarni makroskopik va mikroskipok analiz qilish Ishni bаjаrishdаn mаqsаd
Download 66.38 Kb.
|
TAJRIBA ISHI -6 (1)
Radial qirqimda to’g’ri chiziq bo’lib, uning har biri yillik qatlamni ifodalaydi: tangentsial qirqimda esa parabola shaklida bo’ladi. Yog’ochlarning o’zaro bir-biridan farq qiluvchi tashqi belgilari: rangi, teksturasi, tusi va hidi hisoblanadi. Yog’ochlarning rangi oq tusdan qora tusga qadar o’zgarishi mumkin. Oq qarag’ay, jo’ka va archa daraxtlari yog’ochlarining rangi oq bo’lib, qayin, zarang, qora qayinlarning rangi esa oq-qizg’ish tusli bo’ladi. Dub, kashtan, tilog’och daraxtlarining yog’ochlari kul rang tusli bo’lib, nok, tut, kedr, qarag’aylarning rangi qizg’ish, yong’oqniki esa - kul rang-qo’ng’ir tuslidir. Yog’ochlarning hidi ular tarkibida efir moylari, smolalari va turli xil oshlovchi moddalar borligidandir. Odatda ignabargli daraxt yog’ochlari skipidar hidini, sarv daraxti va oqqarag’ay xushbo’y hid, yong’oq esa ancha yoqimsiz hid tarqatadi. 26-rаsm. Yog’оchning аsоsiy kеsim vа qirqimlаrining tuzilish. a - ko’ndalang kesim buyicha: b - ko’ndalang kesimga burchak ostida qirqimi (tangentsial kesim) buyicha va v - ko’ndalang kesimga vertikal qirqim (radial kesma) bo’yicha. Ishni bаjаrish uchun kеrаkli аsbоb, jihоz vа mаtеriаllаr. Lupa, massh-tabli chizg’ich, shtangentsirkul, turli xil yog’och namunalari va ularning qirqimlari. Ishni bаjаrish tаrtibi. 1. Plakatdan yog’ochning asosiy kesimlari o’rganiladi. 2. Qarag’ay, dub, qayin va boshqa yog’och namunalarining ko’ndalang, radial va tangentsial kesimlari lupa yordamida o’rganiladi. Bunda kesimlarning tuzilishi xilma-xilligiga e’tibor beriladi va ular chizmada tasvirlanadi. 3. 1 sm uzunlikdagi yillik qatlam soni aniqlanadi. 4. O’tkazilgan kuzatishlar va o’rganishlar asosida tekshirilayotgan yog’ochning tashqi belgilariga qisqacha хаrаktеrlаb beriladi. 5. Atlaslar yoki ranglar shkalasidan foydalanib, har qaysi tur yog’ochning rangi aniqlanadi. 6. Yog’ochning ko’ndalang kesimidan ularning teksturasi o’rganiladi. 7. Yog’ochning hidi, rangi va teksturasiga qarab uning turi aniqlanadi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi. Download 66.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling