6-umumiy o'rta talim maktabida o'tgan malakaviy amaliyot to'g'risidagi Xisoboti
Download 25.5 Kb.
|
Xisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotchi talaba: Bektoshev.F
Fargʻona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 21.20-guruh talabasi Bektoshev F tomonidan Fargʻona viloyati Fargʻona shahar 6-umumiy o'rta talim maktabida o'tgan malakaviy amaliyot to'g'risidagi Xisoboti Malakaviy amaliyot 2023-yilning 15-febraldan 20-maygacha har kuni, Fargʻona viloyati, Fargʻona shahar 6- umumiy o`rta ta`lim maktabida Bektoshev Farrux malakaviy amaliyot o'tash dasturi va ish reja asosida olib bordim. Unga ko'ra Fargʻona viloyati Fargʻona shahar 6-umumiy o'rta ta'lim maktabida malakaviy amaliyot davomida u yerdagi o'quv muassasa jamoasi va pedagog, psixologlari bilan tanishildi, shuningdek umumiy kuzatish ishlari olib bordim. Psixologning xizmat tashkil etish xonasi va jihozlanishi, psixologning ish yuritish hujjatlari, psixologning ish faoliyatini tashkil etishi, oylik va yillik ish rejalarini o`rgandim, shuningdek, rejalardan namunalar oldim. Kuzatish kundaligi tayyorladim, shaxslararo munosabat, psixologik muhitni kuzatishlar natijalari kundalikka qayd etib bordim. Shaxsni psixologik o'rganish uchun psixodiagnostika metodlari tayyorladim va sinf o'quvchilarining psixologik hususiyatlari, holatlarini o'rgandim. Amaliyot davomida maktabda o'tkazilgan ma'nviy-ma'rifiy tadbirlarda amalliy yordam berdim, dars kuzatuv tahlil jarayonlari olib bordim, ochiq darslar tashkil qildim. Amaliyot davomida sinfda olib borilgan kuzatishlar asosida jamoaga psixologik tavsifnoma yozdim. Malakaviy amaliyot davomida olib borilgan ishlar bo`yicha tayyorlangan hujjatlar tartibga solindi va amaliyot rahbariga taqdim etildi. Amaliyotchi talaba: Bektoshev.F Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling