6-variant Talaba F. I. Sh: Ergashov Aminjon Behbutovich


Download 88.54 Kb.
bet1/12
Sana02.12.2023
Hajmi88.54 Kb.
#1780341
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Investitsiya


6-variant
Talaba F.I.SH: Ergashov Aminjon Behbutovich
Guruh-93-guruh(sirtqi). 3-kurs
1-TOPSHIRIQ
1. Moliyalashtirish usullari va ularga tavsif bering.
Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi); qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar; xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi.
Moliyalashtirishning ichki usulidan foydalanishda moliyaviy resurslar tashkil topish manbalari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: foyda, oborotdan tashqari aktivlarni sotish, mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlar, debitorlik qarzlarining kamayishi, amortizatsiya ajratmalari, tadbirkorlarning jamg’armalari va boshqalar. Ayrim holatlarda muhim moliyalashtirish manbai sifatida mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlardan foydalanish mumkin, biroq, bunda mol etkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar saqlanishi va ta’minotning barqarorligi buzilmasligi lozim.




  1. Moliyaviy lizing” va “Operativ lizing” o’rtasidagi farqni izohlang.

Moliyaviy lizing - lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan belgilangan mulkni sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan toʻlov va lizing predmeti toʻliq amortizatsiya muddatiga teng boʻlgan muddatga maʻlum bir shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishdir. Qaytariluvchi lizing - moliyaviy lizing turi boʻlib, bunda lizing predmeti sotuvchisi bir vaqtning oʻzida lizing oluvchi sifatida namoyon boʻladi.
Operativ lizing- lizing 
beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti sifatida belgilangan toʻlov hisobiga, shartnomada belgilangan maʻlum bir muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni lizingga oluvchiga beradi. Operativ lizingda lizing predmeti uni toʻliq amortizatsiya muddati oʻtib boʻlgunga qadar bir necha marotaba lizingga berilishi mumkin.


  1. Download 88.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling